54
nomi bilan bog`liq bwlgan. Rus olimlarining fikricha, avstraliyaliklarning fratrial sistemasi
urug`chilik tuzumining dastlabki shaklidir.
Nikoh va oila munosabatlarida fratriat va urug` cheklanishlaridan tashqari sektsiya yoki
“nikoh sinflar” bwlinish muhim ahamiyat kashf etgan. Masalan, qabila I va II fratriyaga bwlingan
bwlib, I fratriya A va V sektsiyalari, II fratriyada esa V va G sektsiyalari mavjud. A sektsiyasidagi
erkak faqat V sektsiyasidagi ayolga wylanishi mumkin, ularning bolalari G sektsiyasi (ona urug`i
hisobi)ga tegishli; V sektsiyasidagi erkak faqat G sektsiyasidagi ayolga uylanishi mumkin, ularning
farzandlari V sektsiyasiga tegishli. Shunday qilib, nabiralar ota tomondan bobo sektsiyasiga, ona
tomondan buvi (momo) sektsiyasiga tegishli hisoblangan. Avstraliyalik aborigen rassom Dik rafsi
wz biografiyasida yozadi: «Meni dadamning aka-ukasi mening tog`am emas; ular ham menga dada.
Ularning bolalari ham menga qarindosh, aka-uka va opa-singillarim hisoblanadi. Dadamning opa-
singlisini men amma deyman, uning bolalari esa ammavachcha bwladi. Ayimning opa-singillarini
men oyi deyman, ularning bolalarini aka-uka va opa-singil, deb hisoblayman. Oyimning aka-ukalari
menga amaki bwlib, meni erkaklar qatoriga wtkazish (initsiatsiya) marosimiga tayyorlash va
tarbiya qilishga javob beredi. Uning bolalari menga amakivachcha singillarimga uylanish mumkin,
ayniqsa, ona urug`idan, ammavachchalarga». Shimoliy avstraliyada U.Cherlingning ta`rificha, yigit
ona tomonidan aka-ukasining qiziga uylanishi mumkin, ammo dadasining singlisi qiziga uylanishi
qat`yan taqiqlangan. Mazkur nikoh tartiblarini buzish juda katta gunoh hisoblangan va kim uni
buzsa yo qatl qilingan, yo urug`dan haydalgan.
Voyaga yetgan wspirinlarni kattalar guruhiga wtkazishda maxsus initsiatsiya marosimi
amalga oshirilgan. Iqtisodiy yoki sotsial tabaqalanish bwlmaganligi tufayli avstraliyaliklar jinsiga
qarab bwlingan. Shuning uchun ham, masalan, wg`il bolalarni ovchilar guruhiga wtkazish uchun
bolaning yoshligidan tarbiyalashgan. Dastlab, ular voyaga yetgach boshqalardan ajratib qwyilgan
va ba`zi taomlarni iste`mol qilish man qilingan, tishlarini urub sindirish, badanini jarohatlash, wtda
tutatish kabi jismoniy sinovlardan wtkazilgan. Bir necha ywlga chwzilgan initsiatsiya
marosimlarida yoshlarni qabila urf odatlari, afsona va rivoyatlari bilan tanishtirganlar, qariyalarni
hurmatlash va tartib-qoidalarga qattiq rioya qilishni, ovchilik va boshqa kasb sirlarini egallash
mahoratini wrgatganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: