Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 
Bozorni tashkil qilish: 
iqtisodiy sektorning samaradorlik darajasiga 
qonunchilikda ruxsat berilgan darajada ta’sir ko‘rsatish. Masalan: 
-boshqaruv organlarining yordamidan foydalangan holda tegishli tarmoqdagi 
raqobatchilik kurashi qoidalarini o‘rnatish; 
-professional tashkilotlar tashkil qilish (masalan bozor haqidagi ma’lumotlarni 
yig‘ish uchun);
 
-ishlab chiqarishni qisqartirish yoki barqarorlashtirish to‘g‘risida bitim tuzish. 
Bu so‘nggi uch strategiya ko‘proq mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, ularning 
maqsadi bozorga kirib borish darajasini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 
Integratsion o‘sish tegishli firmaning faoliyat doirasi egallab turgan tarmoqda 
etarlicha mustahkam bo‘lganda, aynan o‘sha tarmoq miqyosida rivojlanish yo‘llarini 
nazarda tutadi. 
Xususan, regressiv integratsiya - firmaning ta’minotchilarini turli uslublar bilan 
nazoratga olishi yoki ularga nisbatan mustahkamroq mavqe’ga ega bo‘lishi uchun 
qiladigan urinishlar tushuniladi. Masalan, poligrafiya kompaniyasining sellyuloza 
ishlab chiqaruvchi ta’minotchi kompaniyaning 50 % aksiyalarini sotib olishi va uning 
ustidan moliyaviy nazoratni o‘natishi. 
Progressiv integratsiya esa tegishli firmaning taqsimot tizimi ustidan mustahkam 
mavqega ega bo‘lishi, nazorat etishi tushuniladi. Masalan, qandolatlar ishlab 
chiqaruvchi kompaniyaning barcha mintaqalarda o‘zining ulgurji kompaniyalarini 
barpo etishi yoki qandolatlar bilan savdo qiluvchi maxsus chakana savdo 
shahobchalarini ochishi. 
Gorizontal integratsiya - tegishli firmani raqobatchi korxonalar ustidan yuqori 
mavqega ega bo‘lishi, nazorat etishi borasidagi urinishlari tushuniladi. Masalan, bir 
bozorda tayinli tovar guruhi bo‘yicha raqobatlashayotgan A firmaning tur raqobatchisi 
bo‘lgan V firmaning sotuvga qo‘yilgan ortiqcha quvvatlarini sotib olishi va unga 
nisbatan o‘z mavqeini mustahkamlashi. 
Diversifikatsion o‘sish - tegishli firmani o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq 


357 
imkoniyatlariga nisbatan boshqa tarmoq yo‘nalishida rivojlanishi samarali yoki 
maqsadga muvofiq bo‘lgan holda belgilanadi. Lekin, buning uchun tegishli firma o‘zga 
tarmoqda rivojlanishi uchun to‘plagan tajribasi, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar asosida 
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, dastlabki tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuvini 
o‘zgartirish yo‘llari va imkoniyatlarini baholagan bo‘lishi shart. O‘z navbatida 
diversifikatsion o‘sish quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 
a) konsentrik diversifikatsiya - firmaning o‘z mahsulotlari ko‘lamini marketing 
nuqtai nazaridan safdosh, to‘ldiruvchi mahsulolar bilan boyitishi borasidagi 
urinishlarini anglatadi: masalan, faqat kitoblarni chop etish bilan shug‘ullanuvchi 
kompaniyaning jurnallarini chop etishni ham yo‘lga qo‘yishdi. 
b) gorizontal diversifikatsiya - tegishli firma mahsulotlari assortimentini iste’mol 
nuqtai nazaridan o‘xshash bo‘lmagan, ammo o‘zaro bog‘liq bo‘lgan mahsulotlar bilan 
boyitish borasidagi urinishlari tushuniladi; masalan: musiqa asboblari ishlab 
chiqaruvchi kompaniyaning bolalar uchun musiqa maktabini tashkil etishi. 
v) konglomerat diversifikatsiya - firmaning mahsulot ko‘lamini texnologik, 
iste’mol, jihatdan umuman bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarishga, 
sotishiga taalluqli bo‘lgan urinishlar tushuniladi. masalan, farmatsevtik 
kompaniyaning kompyuter dasturlari ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanish 
hatti-harakatlari. 
Firmalar o‘sish yo‘nalishlari aynan bir yo‘nalishda amaliyotda namoyon 
bo‘lmaydi, ayrim SXZ uchun turlicha tarzda va ko‘lamda belgilanadi. Masalan, 
Germaniyaning BASF kompaniyasi nafaqat kino va fotografiya uchun maxsulotlar 
ishlab chiqaradi, balki qishloq xo‘jaligi uchun mineral moddalar xam ishlab chiqaradi 
va ularning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha izlanishlarni tashkil etadi. Bunga yana 
yorqin misol bo‘lib yirik yapon firmalarini keltirish mumkin. Jumladan, Mitsubisi, 
Toyota, Nissan firmalari bir-biriga texnologik va iste’mol jihatidan xam umuman 
bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotish va ilmiy izlanish ishlarini 
amalga oshiradilar. Bunga asosiy sabablardan biri ushbu firmalarning tegishli sohalar 
va yo‘nalishlar bo‘yicha etarli tajriba to‘plaganligi, firma salohiyatining barcha 
yo‘nalishlari bo‘yicha yuksak ahamiyat berganidir. Demak, istiqbolni yanada keng 


358 
imkoniyatli faoliyat masshtabiga aylantirish uchun mumkin qadar diversifikatsiya 
yo‘nalishida rivojlanishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish