Mavzu: Yaponiya XX asr ikkinchi yarmida
Ko‘rib chiqiladigan masalalar:
-
Urush oqibatlari
-
Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi
-
Tinchlik shartnomasining imzolanishi
4. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
5. Yaponiya — O'zbekiston munosabatlari
Darsning maqsadi.
Yapon hukumatining tashqi siyosati. 50-60 yillarda Yaponiyaning ichki va tashqi siyosati. 70-80 yillarda Yaponiya. 90-yillardagi Yaponiyaning siyosiy, madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishi. Yaponiya va jahon hamjamiyati.
1. Urush oqibatlari
Urush Yaponiyani vayronaga aylantirdi. Ishlab chiqarish urushdan oldingi darajaning 30 foiziga tushib qoldi. 10 min kishi ishsiz qoldi. Yaponiya taslim boiganidan (1945-yil 2-sentabr) ikki haftadan so'ng uning hududi AQSH armiyasi tomonidan okkupatsiya qilindi. Bu armiyaga general D. Makartur rahbarlik qildi. U Yaponiyada cheklanmagan hokimiyatga ega edi.
Yaponiya qurolsizlantirilishi va mamlakatda demokratik tartib o'rnatilishi kerak edi. Bu vazifaning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Tokio shahrida ittifoqchi davlatlar (AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Xitoy) vakillaridan iborat Ittifoq Kengashi tuzildi.
Amerikaliklar Iosudani Bosh vazir qilib qo'ydilar. U 1944-yildan qurol - yarog' vaziri bo'lib ishlagan va amerikaliklarga «kommersiya xabarini» yetkazishda ayblanib, 1945-yil boshida qamoqqa olingan edi. Iosida ozgina tanaffus bilan (1947—1948) mamlakatni 1954-yil dekabrigacha boshqardi.
Mamlakat armiyasi demobilizatsiya qilindi. Harbiy muassasalar tarqatib yuborildi. Militaristik tashkilotlar taqiqlandi. Harbiy va siyosiy jinoyatchilar sudga tortildi. Davlat apparati jinoyatchi unsurlardan tozalandi. Yashirin politsiya tugatildi. Kasaba uyushmalari faoliyati tiklandi. Demokratik siyosiy partiyalar tuzildi. Bular taraqqiyparvar, libiral va sotsialistik partiyalar edi. Mamlakat demokratik yo'ldan taraqqiy etishi uchun barcha zarur choralar ko'rildi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning mag'lubiyatga uchrashi yapon xalqi va mamlakat kelajagi uchun katta ijobiy ahamiyatga ham ega bo'ldi. Chunki mag'lubiyat tufayli Yaponiyada militarizm tugatildi.
Bu esa Yaponiyani Osiyo va Tinch okeani havzasida yangi bosqinchilik urushlari olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bu hol Yaponiya hukumatiga butun imkoniyatni tinch bunyodkorlik ishlariga qaratishga sharoit yaratdi. Ayni paytda AQSHning Yaponiyani ishg'ol etishi oxir-oqibatda bu mamlakatning kelgusi taqdiri uchun katta ijobiy hodisa bo'ldi.
Chunki aynan AQSHning okkupatsiyachi ma'muriyati Yaponiyada chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazilishining kafolati vazifasini bajardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |