Energetik audit



Download 1,57 Mb.
bet55/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

Ish bo’yicha hisobotning mazmuni

      1. Ishning qisqacha tasvirlanishi;

      2. Asbobning ishlashining prinsipial sxemasi;

      3. Bajarilgan ish bo’yicha tahlil o’tkazish.




    1. Nazorat savollari

      1. Yonish mahsulotlari tarkibini aniqlashdan maqsad nima?

      2. Gaz analizatori o’zida nimani taqdim qiladi va nima uchun qo’llaniladi?

      3. Gaz analizatorining ishlash prinsipini tushuntiring.

      4. Asbobga ma’lumotlarni kiritish qanday amalga oshiriladi?

      5. Asbobda yangi papkani yaratish qanday amalga oshiriladi?

2 LABORATORIYa IShI


TESTO – 340 GAZ ANALIZATORI BILAN TUTUN GAZLARINING TARKIBINI O’LChASh



    1. Ishning maqsadi

  1. Yoqilg’ini yoqish qurilmalaridan chiqib ketayotgan is gazlarining tarkibini o’lchash uchun testo 340 portativ gaz analizatori bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish;

  2. Yonishning to’liqligini tahlil qilish.


    1. Umumiy ma’lumotlar

Yonish – yoqilg’ining yonuvchi moddalarining havodagi kislorod bilan kimyoviy birikishidir, ungv haroratning keskin ko’tarilishi va katta miqdordagi issiqlik ajralib chiqishi hamrohlik qiladi.
Bu jarayonni batafsil ko’rib chiqamiz. Gazsimon yoqilg’ining yonishi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: gazning havo bilan aralashishi (yonuvchi aralashma hosil bo’lishi), aralashmaning alangalanish haroratsiga qadar qizishi va yonish. Yonish to’liq yonish va to’liq bo’lmagan yonishga bo’linadi. Yoqilg’ining to’liq yonishida uglerod kislorod bilan birikish bilan CO2 uglerod dioksidini (uglekislota gazi), vodorod – kislorod bilan birikish bilan N2O suv bug’larini, oltingugurt esa - SO2 oltingugurt dioksidini (oltingugurt gazi) hosil qiladi. Bunda pechdan chiqib ketayotgan gazlar o’z tarkibida yonuvchi elementlarga ega bo’lmaydi. Pechning yonish rejimi noto’g’ri bo’lganda yoqilg’ining to’liq yonmasligi vujudga keladi, bunda yoqilg’ining kimyoviy energiyasi issiqlikka to’liq aylanmasdan, qisman chiqib ketayotgan gazlarda qoladi va tutun chiqish trubasi orqali atmosferaga chiqib ketadi. CO. SO, N2, SN4, O2 to’liq yonmaslik mahsulotlari bo’lib hisoblanadi. Bunda yonishning kimyoviy to’liq bo’lmasligi natijasida yoqilg’i isrofi vujudga keladi.
Bundan tashqari yoqilg’ining to’liq yonmasligi mahsulotlari havoni ifloslantiruvchilar bo’lib hisoblanadi. Yonmay qolgan yoqilg’ining gaz bilan birgalikda chiqib ketadigan kichik zarrachalari ham atmosferani ifloslantiruvchilardan biri bo’lib hisoblanadi (yonishning mexanik to’liq bo’lmasligi natijasidagi yo’qotishlar, shuningdek kul va qurumning atmosferaga chiqib ketishi).
O’zbekiston Respublikasining yoqilg’i balansida tabiiy gaz muhim o’rin egallaydi, u o’zida uglevodorodlar, oltingugurt vodorodi va inert gazlar: azot va uglekislota aralashmasini taqdim qiladi. Tabiiy gazlarning asosiy yoqilg’i tarkib toptiruvchisi metan hisoblanadi (80 dan 98% gacha), bu ularning yuqori yonish issiqligini ta’minlaydi.
Quruq tabiiy gazning yonish issiqligi Qsn=33,52—35,61 MDj/m3 (8000—8500 kkal/m3).
O’zida oddiy aralashmalarni taqdim qiladigan gazsimon yoqilg’ilarning kimyoviy tarkibi to’liq gaz tahlili bilan aniqlanadi va ularning hajmiga nisbatan foyizlarda ifodalanadi.
Atmosfera havosi o’zida turli gazlarning aralashmasini taqdim qiladi. Uning tarkibida atmosferaning doimiy tarkibiy qismlari (kislorod, azot, uglekislota gazi), inert gazlar (argon, geliy, neon, kripton, vodorod, ksenon, radon), unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda ozon gazi, azot, metan
yodning kislorodli birikmalari, suv bug’lari, shuningdek o’zgaruvchan miqdorlarda tabiiy kelib chiqishli turli xil aralashmalar mavjud bo’ladi.
Tutun gazlarini tahlil qilishning maqsadi tutun gazlarining tarkibini monitoring qilish, yoqilg’ining yonishining to’liqligini, ularning atrof-muhitga ta’sir darajasini baholash va gorelka(yoqgich)larning ishlashini optimallashtirish bo’lib hisoblanadi. Pechlar va qozonlarni aniq rostlash yonishning optimal sharoitlarini, yoqiladigan yoqilg’ining tejalishini va atrof muhitning himoyasini ta’minlaydi.
Testo 340 gaz analizatori qozonlar va pechlardan ajralib chiqayotgan ajratmalarning tarkibini nazorat qilish, qozonlarning ishlashini tashxislash va to’g’ri yo’lga qo’yish, yonish rejimini korrektirovka qilish, issiqlik isrofi va foydali ish koeffisiyentini o’lchash, yoqilg’ining solishtirma sarfini aniqlash uchun mo’ljallangan.
Asbobning ishlash prinsipi quyidagicha. Kiritilgan nasos yordamida asbob gaz to’suvchi zond orqali unchalik katta bo’lmagan miqdordagi (0,8 l/min atrofida) is gazini so’rib oladi. Quritilgandan va tozalangandan keyin gaz CO va O2 elektrokimyoviy yacheykalarga kirib keladi, bu yacheykalar vibrasiyada (qaltirash) va harorat o’zgarishida sensorlar ko’rsatishining barqarorligi, boshqa gazlarga nisbatan past sezuvchanlik, o’lchashlarning optik tizimlardan qolishmaydigan yuqori aniqligi bilan ajralib turadi. Qo’shimcha ravishda NO yoki SO2 o’lchash yacheykalari o’rnatilishi mumkin.


    1. Download 1,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish