Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§ 1. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 1. Qoidalarni qo‘llash sohasi va tartibi
2. Mazkur Qoidalar ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr stansiyalar,
shuningdek issiqlik tarmoqlari, issiqlik punktlari va issiqlashtirish qozonlarining
ularning qaysi idoraga qarashligi va mulkka egalik shaklidan qat’iy nazar ularning
issiqlik quvvatli, mexanik va suvni tayyorlash uskunalarini, yoqilg‘i-transport, qozon-
turbina va kimyo sexlarining issiqlik avtomatikasi va o‘lchash qurilmalarini
ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va sinash bilan band bo‘lgan xodimlar uchun
majburiydir.
Issiqlik avtomatika va issiqlik texnik o‘lchash va himoya qurilmalarining elektr
qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek “Elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining” mos bo‘limlariga rioya
qilishlari shart (2006-yil 18-avgust, ro‘yxat raqami 1614 — O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 33-son, 331-modda).
3. Issiqlik mexanika uskunalari uchun asosiy va yordamchi uskunalarni
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini loyihalash, qurish va
ekspluatatsiya qilishni tashkil etilishi “Qurilish me’yorlari va qoidalari” (bundan keyin
— QMQ) va “Shaharsozlik me’yorlari va qoidalari” (bundan keyin — ShMQ), “Elektr
stansiyalarining yoqilg‘ini berishda portlash-yong‘in xavfsizligi qoidalari”, “Changsimon
holatdagi yoqilg‘ini tayyorlash va yoqish uchun qurilmalarning portlash xavfsizligi
qoidalari”, “Qozon qurilmalarida mazutdan va tabiiy gazdan foydalanishda portlash
xavfsizligi qoidalari”, “Issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarini loyihalashning
sanitariya me’yorlari”, “Texnologik jarayonlarni tashkil etish bo‘yicha sanitariya
qoidalari va ishlab chiqarish uskunalariga sanitariya-gigiyena talablari”, “Sanoat
korxonalari va aholi turar joylarini qurish loyihalarining yong‘inga qarshi me’yorlari”,
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi qoidalari, mehnat xavfsizligi standartlari
tizimi talablari, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik
ekspluatatsiya qilish qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi
O‘RQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi
qonun va mazkur Qoidalarga muvofiq bo‘lishi shart.
4. Elektr uskunalari “Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga” muvofiq bo‘lishi va
elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq
ekspluatatsiya qilinishi shart.


5. Issiqlik avtomatika, issiqlik texnik o‘lchovlari va himoya qurilmalari mazkur
Qoidalarga va “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga” muvofiq bo‘lishi va ularga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
6. Ishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, moslamalar va
asboblar 
sinalgan 
bo‘lishi 
va 
mehnat 
xavfsizligi 
standartlari 
tizimi,
“Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasining qoidalari, hamda “Asboblar va moslamalar
bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari”, shuningdek ishlab chiqaruvchi zavod
yo‘riqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi kerak.
7. Mazkur Qoidalar majburiydir va ishlab turgan, hamda ishga yangi kiritilayotgan
uskunalarda xizmat ko‘rsatilayotganda ulardan chetlashishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan
mehnatni muhofaza qilish va uskunalarni texnikaviy ekspluatatsiya qilish bo‘yicha
yangi normativlar amalga kiritilishi holatlari istisno. Ishlashda yonuvchi, portlash xavfi
bo‘lgan va zararli moddalardan foydalanilganda “Energetika korxonalari uchun yong‘in
xavfsizligi qoidalari” (2004-yil 22-aprel, ro‘yxat raqami 1341 —O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 16-son, 194-modda), GOST 12.1.004 — 91 “SSBT.
Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST12.1.0Yu — 76 “SSBT. Portlash xavfsizligi.
Umumiy talablar” va GOST 12.1.007 — 76 “SSBT. Zararli moddalar. Tasnifi va
xavfsizlikning umumiy talablari”ga, va shuningdek ro‘yxati mazkur Qoidalarning 1-
ilovasida havola etilgan GOST larga rioya qilish kerak.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha Nizom”ga (2000-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 870
— Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqilishi shart.
8. Korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishchilar va
xizmatchilar (bundan keyin “ishchilar va xizmatchilar” so‘zlari o‘rniga qisqa ifodalash
uchun “xodimlar” so‘zidan foydalaniladi) uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak; “Energetika ishlab chiqarish
korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga” (2002-yil 4-oktabr,
ro‘yxat raqami 1178 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 19- son) muvofiq
xodimlar bilan ishlashni tashkil etishi kerak; uskunalar xavfsizlik talablariga
muvofiqligi, xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi, saqlagich
moslamalari, maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalarni qo‘llashi ustidan muntazam
nazoratni ta’minlashi kerak.
9. Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlari, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-sozlash
tashkilotlarining rahbar xodimlari, sex boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, ta’mirlash
uchastkalarining rahbarlari zarur tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish
yo‘li bilan xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga majburdirlar.
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, zarur bo‘lganda, ishlar xavfsizligini
oshiruvchi va mazkur Qoidalarga zid bo‘lmagan qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda
tutilishi kerak.
10. Har bir xodim mazkur Qoidalarni talablarini qat’iy bajarishi lozim va o‘zining
bevosita rahbariga, agar u yo‘q bo‘lsa yuqori turgan rahbarga sodir bo‘lgan baxtsiz
hodisa to‘g‘risida va o‘zi ko‘rib qolgan Qoidalar buzilishi, shuningdek inshootlar,
uskunalar va himoya qurilmalaridagi nosozliklar to‘g‘risida zudlik bilan xabar berishi
shart. Mazkur Qoidalarga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man
qilinadi.
11. Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasbiy zaharlanish uchun
xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishni
ta’minlamagan va baxtsiz hodisalarni va kasbiy zaharlanish
12. Har qaysi xodim tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalarining buzilishi mehnat intizomini buzish deb qaralishi kerak va
ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan albatta tekshirilishi shart.
13. Mazkur Qoidalar talablarini bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslar
intizomiy jazolanadi yoki qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda ma’muriy va


jinoiy javobgarlikka tortiladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga va “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni
tashkil qilish to‘g‘risida Nizomga” (1999-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273 — Me’yoriy
hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil) muvofiq, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikka
rioya qilish va mehnat muhofazasi bo‘yicha talablar buzilgani uchun, shu hisobda uning
xavfsizligi uchun ham korxona rahbari (ish beruvchi) javobgardir.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish