bo‘yoqlash, ogohlantiruvchi belgilar va markalovchi shchitoklar” GOST 14202 talablariga
muvofiq bo‘yalishi va ularda aniq yozilgan yozuvlar bo‘lishi kerak,
724. Agressiv va zaharli moddalarni uzatuvchi armaturalar, quvurlar va nasoslar
ta’mirlashni boshlashdan oldin bo‘shatilishi va yuvilishi kerak; yuvish mahsulotlari
buning uchun maxsus mo‘ljallangan joylarga drenaj qilingan bo‘lishi kerak.
Quvurlar va ularning armaturalarini uzish va ta’mirlash mazkur Qoidalarning III bobi
10-paragrafiga rioya qilib o‘tkazilishi kerak.
Quvurlarning flanetsli birikmalarining oldindan tayyorlanib qo‘yilgan chelakka yoki
to‘rtburchakli tunuka tovaga qolgan suyuqlikni quyish uchun birinchi navbatda pastki
qismlari bo‘shatilishi kerak.
Flanetsli birikmalar ochilayotganda iloji boricha qismlarga ajratilayotgan birikmalardan
chetroqda turish kerak. Flanetsli brikmalarning tortib qo‘yilgan boltlarini gaykalarni
ikki-uchta aylantirish yo‘li bilan bo‘shatish kerak. Barcha boltlarni bo‘shatish va
demontaj qilish faqat suyuqlik to‘la oqib tushirilgandan keyin ruxsat beriladi. Demontaj
qilingan armaturalarni tashishdan oldin, ichida qolib ketgan suyuqlikni to‘kib tashlash
uchun, oldin bir tomonini so‘ng ikkinchi tomonini ehtiyotlik bilan pastga qaratish kerak.
725. Zaharli va agressiv moddalarni haydash uchun mo‘ljallangan nasos-dozatorlarni,
ushbu ishni bajarish uchun biriktirilgan maxsus o‘qitilgan doimiy xodimlar
ta’mirlashlari kerak.
726. Sig‘imlarda va rezervuarlardagi ishlar mazkur Qoidalarning III bobi 9-paragrafiga
talablariga rioya qilib naryad bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.
Filtrlarning drenaj qurilmalarini ta’mirlanishi va ko‘rib chiqilishi filtrlovchi
materiallarni gidravlik usulda maxsus sig‘imlarga tushirilgandan keyin o‘tkazilishi
kerak.
Qayta gidroyuklanish baklari, mexanik va ionit filtrlari ko‘rib chiqish yoki ta’mirlash
uchun ochilishidan kamida 3 soat oldin suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi va undan keyin
vozdushniklar ochilgan holda va havo almashtirilishi bilan drenaj qilinishi kerak.
Lyuklarni ochishda iloji boricha ulardan chetroqda turish kerak, dastlab tortilgan
boltlarni lyukning pastki qismlarini asta-sekin bo‘shatish kerak. Lyuk qopqog‘ini faqat
bak yoki filtrda suv yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan keyin ochish mumkin.
Filtrda ishni boshlashdan oldin uni shamollatish, uning ichidagi havoda zararli
moddalar yo‘qligiga va filtrda kislorod yetarliligiga (hajmi bo‘yicha 0 =20%) tekshirish
o‘tkazilishi kerak.
Rezervuarlardagi lyuklarni ochish va ularda ishlash ish rahbarining bevosita nazorati
ostida bajarilishi kerak.
Zararli moddalarni saqlash baklarini reviziyasi va ta’mirlanishi faqat ular suv bilan
yuvilgandan keyin va yuvish suvlarining sifati tahlil bilan tekshirilgan-dan keyin
bajarilishi kerak. Ushbu sig‘imlarga odamlar tushishiga ular shamollatilgandan keyin,
ichidagi havoda zararli moddalar va portlash xavfi bo‘lgan moddalar yo‘qligiga, hamda
kislorod yetarligiga (hajmi bo‘yicha 0 =20 %) tekshirilgandan keyin ijozat beriladi.
Ichida kislota saqlangan sisternalar va baklarning lyuklarini ochishda uchqun
bermaydigan asboblardan foydalanish zarur.
Baklar va sisternalar ta’mirlanayotganda va ko‘rib chiqilayotganda ochiq olovni qo‘llash
man etiladi.
727. Baklar va boshqa sig‘imlarning yopmalari ustida ishlar bajarilishi zarur bo‘lsa,
unda taxtalardan yasalgan to‘shamalar yoki traplar qo‘llanilishi kerak.
728. Reagent xo‘jaligi va suvga gidrozinli ishlov berish qurilmasiga xizmat ko‘rsatish
mazkur Qoidalarning 17-ilovasi
Do'stlaringiz bilan baham: