Y erga tutashuv tokiga ta’sirchan uskunalar. O’chirovchi ishlashi uchun signal beruvchi datchik sifatida yerga ulovchi (nollashtiruvchi) simga kesma to’g’ri ulangan (yoki transformator toki orqali) maksimal tok relasi KA xizmat qiladi (2.4 rasm). Bu kabi sxema yerga (korpusga) yopiq tutashuvdan himoyani bajaradi va istalgan kuchlanishdagi izolyatsiyalangan ham yerga ulangan neytralli tarmoqlarda qo’llanilishi mumkin. O’rnatgich yerga tutashuv toki bilan aniqlanadi.
Bu uskunaning ustunliklari – soddaligi va yordamchi yerga ulashning yo’qligi. Kamchiligi – o’z-o’zini nazorat qilishning mavjud emasligi. Yerga ulanish zanjirida relening paydo bo’lishi rele zanjirining uzilishiga olib keladi va qurilma himoyaviy yerga ulanish va himoyaviy o’chirishsiz qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |