1. Reekstraksiya – ekstraksion ajratilgan aniqlanadigan moddani qayta suv muhitiga o‘tkazish. Buning uchun ekstrakt kislota, ishqor yoki boshqa biror tegishli reaktiv bilan ishlanadi. Suv muhitiga o‘tgan modda biror usul yordamida aniqlanadi.
2. Ekstraksion – fotometrik usulda organik fazaga ekstraksiya tufayli o‘tgan modda rangli bo‘lsa, u shu rangning intensivligi asosida aniqlanadi. Agar ekstrakt rangsiz bo‘lsa, uni rangli ko‘rinishga o‘tkazish uchun fotometrik reaktiv qo‘shiladi.
3. Ekstraksion – atom-absorbsion usulda ekstrakt alangaga purkaladi, alangada tekshiriladigan moddaning atomlari hosil bo‘lib, aniqlash atomlarning yutishi asosida o‘tkaziladi.
4. Ekstraksion – neytron-aktivatsion usulda ekstraktda bo‘lgan element neytronlar dastasi bilan nurlantirilib, hosil bo‘lgan radioaktiv nurlanishning intensivligi o‘lchanadi.
5. Ekstraksion – spektral usulda ekstrakt alangaga purkaladi yoki qo‘zg‘atish manbasiga o‘rnatilib, undagi elementning spektri o‘rganiladi.
6. Ektraksion – polyarografik usulda ekstrakt elektrolitik bo‘g‘inga joylanib, uning tarkibidagi moddaning polyarogrammasi tushiriladi va tushirilgan polyarogramma o‘rganiladi.
7.4. Ekstraksiyalanuvchi moddalarning turlari
Ekstraksiyalanuvchi moddalar turli xil bo‘lib, ular o‘z kimyoviy tuzulishi, hosil bo‘lish, organik qavatga o‘tish mexanizmlari bilan farqlanadi. Ayrim ektraksiyalanuvchi moddalar oldin suvda hosil bo‘lsa, ayrimlari ekstraksiya jarayonida hosil bo‘ladi. Suvda hosil bo‘luvchi guruhiga kovalent bog‘lanishli oddiy moddalar kiradi. Ikkinchi tur moddalarga xelatlar (bir necha halqali ichki kompleks birikmalar) kiradi. Bulardan tashqari elektroneytral, oson salvatlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ion assotsiatlari ham yaxshi ekstraksiyalanadi. Salvatlanish energiyasi qanchalik katta bo‘lib, gidratlanish energiyasi qancha kichik bo‘lsa, ekstraksiyalanish shuncha to‘liq bo‘ladi. Erituvchilarning solvatlar hosil qilish qobiliyati vodorod bog‘lanish hosil qilishi bilan bog‘liq. Masalan kovalent bog‘lanishli oddiy birikmalar: J2, GeCl4, SbCl3, AsCl3, HgCl2, HgJ2 va boshqalar benzolda, HCl, HBr, HJ, HNO3, HClO4, H2SO4 singari kislotalar, spirtlar, ketonlar va efirlarda, HFeCl4, HZnJ4, HSbCl6 singari kompleks (birikmalar) kislotalar-kislorodli erituvchilar bilan dietil efirda yaxshi ekstraksiyalanadi.
7.1-jadval
Ayrim metall ionlarini xelat komplekslar shaklida ekstraksiyalash
Agar ajratiladigan modda zaryadli bo‘lsa, uning zaryadini neytrallash maqsadga muvofiq. Kichik zaryadli ionlar osonroq ekstraksiyalanadi. Ekstraksiya tufayli ajratiladigan modda tarkibida gidrofil guruhlar (-SO3H, -COOH, -OH va boshqa) bo‘lsa, ularning gidrofobligini oshirish kerak bo‘ladi. Barqaror komplekslar va katta o‘lchamli zarralar yengil ekstraksiyalandi. Yomon ekstraksiyalanadigan moddalarni ajratish uchun ularni komplekslarga bog‘lash maqsadga muvofiq. Ekstraksiyalash eritmaning pH iga ko‘p jihatdan bog‘liq (7.1-jadval). Bu hosil bo‘ladigan komplekslar va boshqa birikmalar barqarorligining pH ga bog‘liqligi bilan tushuntirilishi mumkin. Moddalarni ekstraksiyalash uchun qulay va selektiv erituvchilarga ekstragentlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |