Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

 

    Akkumulatorning   sig‘imi 

 

   Akkumulatorning    asosiy  parametrlaridan  biri  sig‘imdir.  Sig‘imning  ikki turi  bor:  nominal  va  razryad 



sig‘im.  

   Akkumulatorlarni  bir-biri  bilan  taqqoslash  uchun  nominal  sig‘im  -  C



20

    nomli  shartli  tushuncha 

kiritilgan. Nominal sig‘im deb, qat’iy  belgilangan shart - sharoitda akkumulator to‘plashi va berishi mumkin 

bo‘lgan elektr miqdoriga aytiladi va u A



soat da  o‘lchanadi .Davlat standarti bo‘yicha nominal sig‘im  C

20

  

elektrolitning  temperaturasi  25



0

C,  razryad vaqti  20  soat,  razryad  toki I

r

 = 0,05 C



20

 bo‘lganda aniq-lanadi. 

Razryad          6  V  li  batareyalar  uchun  kuchlanish  5,25  V  gacha,  12  V  li  batareyalar  uchun  10,5  V  gacha 

kamayganda to‘xtalishi kerak.  

   Razryad  sig‘imi  deb,  to‘la  zaryadlangan  akkumulator  ma’lum  cheklangan  kuchlanishgacha  (U

chek

qiymati o‘zgarmas tok bilan razryad  qilinganda, tashqi zanjirga bergan maksimal elektr miqdoriga aytiladi. 



   Sig‘im quyidagi formula bilan ifodalanadi: 

                                      C  =  I

r

 



 t . 

   Bunda  I

r

 - razryad toki, A; t - razryad davom etgan vaqt, soat. 

 

   Akkumulatorning  razryad sig‘imi o‘zgaruvchan bo‘ladi va asosan quyidagi omillarga bog‘liq : 



   - manfiy  va  musbat plastinalardagi aktiv massaning miqdori va g‘ovakligi; 

   - razryad tokining qiymati; 

   - elektrolit temperaturasi; 

   - elektrolit zichligi va kimyoviy tozaligi. 

     Plastinalar  qalinligini  kamaytirish,  sonini  ko‘paytirish  va  aktiv  massaning  g‘ovakligini  oshirish  - 

elektrolitning  ta’sir  yuzasini  kengaytiradi,  aktiv  massaning  ichki  qatlamlarga  o‘tishini  engillashtirib, 

kimyoviy  reaktsiyada  ishtirok  qilayotgan  moddalarning  miqdorini  oshiradi  va,  natijada,    akkumulatorning 

sig‘imi ortadi. Lekin plastinalar qalinligini me’yoridan ortiq kamaytirish, ularning mexanik mustahkamligiga 

ta’sir  qilishi  mumkin.  Shuning  uchun,  zamonaviy  avtomobillaridagi  akkumulator  plastinalarining  qalinligi 

1,4-2,4 mm oralig‘ida belgilangan. 

    Razryad tokining qiymati akkumulatorning sig‘imiga katta ta’sir ko‘rsatadi. U

  

 qanchalik kichik bo‘lsa, 



akkumulatorning    sig‘imi,  ya’ni  undan  olish  mumkin  bo‘lgan  elektr  mikdori  shunchalik  katta  bo‘ladi. 

Chunki,  razryad  toki  kichik  bo‘lganda,    akkumulatorda      sodir  bo‘layotgan  kimyoviy  jarayonlar  sekinlik 

bilan  davom  etadi,  elektrolit  aktiv  massaning  eng  ichki    qatlamlarigacha    singib  boradi  va,  natijada, 

reaktsiyada ishtirok qilayotgan moddalar miqdori ortadi, demak sig‘im ham ortadi. 

   Aksincha, razryad tokining qiymati qanchalik katta bo‘lsa, akkumulatorning  sig‘imi shunchalik kichik 

bo‘ladi.  Chunki,  razryad  toki  katta  bo‘lsa,  (ayniqsa  startyor  ulanganda)  akkumulatorda  sodir  bo‘ladigan 

kimyoviy jarayonlar jadallashadi, elektrolit asosan aktiv massaning ustki qatlami bilan reaktsiyaga kirishadi 

va  katta  tezlik  bilan  hosil  bo‘layotgan  qo‘rg‘oshin  sulfat    (PbSO





)    tuzining    kristallari,    plastinalardagi  


 

30 


mayda  g‘ovak  teshikchalarni  yopib  qo‘yadi  va  kislota  aktiv  massaning  ichki  qatlamlariga  o‘tib,  u  yerdagi 

moddalar  bilan  reaktsiyaga  kirishishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  elektrolitning  plastinalar  yuzasiga  yaqin 

qatlamlaridagi zichligi keskin pasayadi va unga mos ravishda akkumulatorning  EYUKi   va kuchlanishi U  

ham kamayadi.  

    Razryad sig‘imiga elektrolitning temperaturasi ham katta  ta’sir ko‘rsatadi. Temperaturaning pasayishi 

uning  qovushqoqligini  oshiradi,    natijada  akkumulatordagi  kimyoviy    jarayonlar  sekinlashadi,    elektrolit 

plastinalarning mayda g‘ovak teshikchalaridan ichki qatlamlariga o‘tishini qiyinlashtiradi.  Bundan tashqari, 

oldingi  bo‘limlarda  qayd  qilingandek,  elektrolit  temperaturasining  pasayishi  akkumulatorning    aktiv  va  

qutblanish  qarshiliklarini  oshiradi.  YUqorida  aytilgan  sabablarga  ko‘ra  elektrolit  temperaturasi  pasayishi 

bilan akkumulatorning sig‘imi  kamayadi.  Razryad  toki  qanchalik  katta bo‘lsa, elektrolit temperaturasining 

pasayishi  sig‘imga  shunchalik  kuchli    ta’sir  qiladi  .  elektrolit  temperaturasi  +25

0

C  dan  +45 

0

C  gacha 

ortganda akkumulatorning sig‘imi 10-15% gacha ortadi. Lekin bunda  plastinalar qattiq qayishib, aktiv massa 

to‘kilib, musbat plastina panjaralari yemirilib ketish havfi bor. 


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish