Ta’lim muassasalari
Milliy boyliklarimiz, urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizdan darslarda о‘rinli, maqsadli foydalanish, atrof-muhitning toza va musaffoligi nafaqat mamlakatimiz, balki sayyoramiz uchun hayotiy zarurat ekanligini tushunib yetishga yordam beradi. Milliy qadriyatlarga suyangan holda ekologik ta’lim-tarbiya elementlarini о‘quvchilarga singdirib borish zarur. Ta’lim muassasalarida ekologik bilimlarni targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida ularda “Ekologik markaz”, “Ekologiya klubi” tashkil etish, muntazam ravishda ekofestivallar hamda tanlovlar о‘tkazib turish ijobiy samaralar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |