Е tallarining kontakt mustahkamligi. Mashina d е tallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari


Detal - mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan  qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar).  Uzel



Download 460,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana02.03.2022
Hajmi460,64 Kb.
#478749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Еtallarining kontakt mustahkamligi. Mashina d еtallarining ishch

Detal
- mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan 
qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar). 
Uzel
- mashinaning ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan va bir nechta 
detaldan tuzilgan qismidir (reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar). 
Mashinalar quyidagicha tasniflanadi: 
1. Mehnat vositalarining rasmini, xossalarini, holatini va joylanishini o’zgartiruvchi 
ishchi mashinalar. 
2. Har qanday turdagi quvvatni mexanik ishga aylantiruvchi harakatlantiruvchi 
mashinalar (ichki yonuv dvigatellari, gaz turbinalari, reaktiv va elektr dvigatellar, bug’ 
mashinalari). 
3. Mexanik ishni boshqa turdaga quvvatga aylantiradigan mashiialar - geeneratorlar 
deyiladi (dinamomashinalar, sovutgichlar). 
4. Nazorat qiluvchi va boshqaruvchi mashinalar. 
5. Axborotni to’plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo’llash uchun ishlatiladigan 
mashinalar kibernetik mashinalar deyiladi. 
Hozirgi zamon texnikasini elektron hisoblash mashinalari, avtomatik boshqarish 
tizimlarisiz tasavvur qilish qiyindir. 
Demak, mashina uzellardan, uzellar esa detallardan tuzilgan bo’lar ekan. Boltlar, 
gaykalar, tishli uzatmalar, tasmali uzatmalar, podshipniklar, vallar va ьoshqalar shular 
jumlasidandir. Bunday detal va uzellar mashinalarda umumiy vazifalarni bajaradi. Ularning 
tuzilishi hamda loyihalanish usullari «Mashina detallari» fanida o’rganiladi. 
Shunday qilib, «Mashina detallari» fani muhandislik amaliyotida ko’plab uchraydigan, 
deyarli barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo’lgan detal va uzellarning tuzilishini hamda 


ularni iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblash va loyihalash usullarini o’rganuvchi fandir. Shu 
bilan birga, u mashinasozlik ixtisosliklarini o’rganuvchi maxsus fanlarning asosi hisoblanadi.
«Mashina detallari» fanida o’rganiladigan asosiy detal va uzellar quyidagilardan iborat: 
1. Detallardan uzellar, uzellardan mashina hosil qilish uchun ularni o’zaro qandaydir 
vosita bilan bir-biriga biriktirish zarur. Anna shunday vazifani o’taydigan birikmalar va ularni 
tashkil qiluvchi qismlar guruhi mazkur fanda o’rganiladigan detallarning birinchi turkumini 
tashkil etadi. 
2. Mashinaning energiya manbai bilan ish bajaruvchi qismlari orasida joylashib, harakat 
tezligini talab qilinganicha boshqarishga imkon beradigan vosita har turli uzatmalardir. Bunday 
uzatmalar va ularni hosil qiluvchi detallar «Mashina detallari» kursining yana bir qismini tashkil 
qiladi. 
3. Ma’lumki, aylanadigan har qanday detalning harakatini ta’minlash va ularni o’rnatish 
uchun val va o’qlar deb ataladigan detallardan foydalaniladi. Val va o’qlar o’zlarining 
tayanchlariga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, harakatlanadigan bir uzel ikkinchi uzel bilan 
o’zining vallari orqali ulanadi. Vallarni ulash uchun esa har turli muftalardan foydalaniladi. 
Binobarin, talab qilingan aylanma harakatni ta’minlaydigan vallar, o’qlar va ularning tayanchlari 
hamda vallarni bir-biri bilan ulaydigan muftalar mashina detallarining navbatdagi turkumini 
tashkil qiladi. 
4. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, turli prujinalar, moylash tizimini tashkil qiluvchi 
qismlar, korpus detallar va shu kabilar ham deyarli barcha mashinalarda uchraydi va mazkur 
fanda o’rganiladi. 
Buyuk olimlardan Aflotun (yangi eradan 3,5 asr ilgari) va Leonardo-da Vinchi (1452-
1519 yillar) o’z asarlarida podshipnik, tishli g’ildirak, zanjirli uzatma va turli mashinalar haqida 
ba’zi ma’lumotlarni yoritgan bo’lsalar-da, mashinalarni hisoblash va loyihalash faniga faqat XIX 
asarda asos solindi. 
Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim «Mashinalar haqida ommaviy 
leksiyalar» (1859 y) va «
К
o’tarish mashinalari kursi» (1872 y) nomli asarlar muallifi prof. I.A. 
Vishnegradskiydir. 
«Mashina detallari» deb atalgan birinchi kitobni prof. V.L. 
К
irpichev 1881 yilda 
Peterburg shahrida nashr ettirdi. O’sha vaqtdan rivojlana boshlangan bu fanni boyitishda 
vatanimiz olimlaridan P.
К
. Xudyakov, A.I. Sidorov, M.A. Saverin, N.S. Acherkan, N.I. 
К
olchin, 
V.A. Dobrovolskiy, A.I. Petrusevich, N.B. 
К
udryavsev, L.D. Chasovnikov, D.N. Reshetov va 
M.N. Ivanov asarlari muhim rol o’ynaydi. Chet el olimlaridan 
К
. Bax, F. Retsher, O. Reynolds, 
A. Zammerfeld, V. Lyus, E. Bakingem va D. Shigleyning «Mashina detallari» faniga oid asarlari 
ham diqqatga sazovordir.

Download 460,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish