E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari


vazifasi infiltratsiyani so'riltirishdir. Buning uchun oltingugurt (33 %-5,0), naftalan (20 % —10,0)



Download 421 Kb.
bet50/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

87

vazifasi infiltratsiyani so'riltirishdir. Buning uchun oltingugurt (33 %-5,0), naftalan (20 % —10,0), dyogot (10 %-2,0) malhamlari tavsiya etiladi.

Bolalar ekzemasi. Bolalar ekzemasiga, asosan, ekssudativ diatez yoki irsiy omillar, shuningdek, organizm immunologik re-aktivligining o'zgarishi sabab bo'ladi. Ekzema bilan og'rigan bolaning ota-onasi yoki yaqin qarindoshlarida turli allergik kasalliklar bor-yo'qligi aniqlanadi^Agar bolaning otasi yoki onasi allergik kasallik­lar bilan og'rigan bo'lsa, u holda bolaning ekzema bilan kasalla-nishi 40 %, mabodo ularning har ikkalasi ham allergik kasallik bilan og'rigan bo'lsa, u holda kasallanish 60—70 % ni tashkil qiladi. Bemorda turli xil surunkali infeksiya o'choqlari, konyunktivit, me'da-ichak kasalliklari aniqlanadi. Benior organizmining immunobiologik xususiyati pasayganligi tufayli ular kimyoviy moddalar, oziq-ovqatlar va dori-darmonlarga nisbatan juda se-zuvchan bo'lib qoladilar. -

(Kasallik bolalar hayotining dastlabki kunlaridayoq boshlanishi mumkin. Patologik jarayon yuz, bo'yin, boshning sochli qismidan boshlanib, asta-sekin tananing boshqa sohalariga tarqaladi, ba-danning shu joyi qizarib, qichishadi va mayda-mayda ekssudativ tugunchalar hamda pufakchalar paydo bo'ladi. Pufakchalar yorilib, tagi pilchirab turadi, so'ngra ustki qismi sarg'ish-jigarrang po'stloq-lar, qora-qo'tir bilan qoplanadi, ba'zan bemorlarda eritematoz-skvamozli seboreidlarni uchratish mumkin. Kasallikning klinik kechishida mikrobli, chin va seboreyali ekzemaning belgilari na-moyon bo'ladi/jtolalardagi ekzema hamisha qattiq qichishish bilan davom etadi va terining tirnalishiga, ishtaha yo'qolishiga, uyqusizlikka olib boradi. Kasallik ko'pincha xomsemiz, asabi zaifroq bolalarda uchraydi.



Davosi. Bolalar ekzemasini davolashda ovqatlanish rejimini tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Ovqat bilan birga iste'mol qilinayotgan uglevod, osh tuzi hamda suyuqlik miqdorini cheklash zarur, chunki ular terida yallig'lanish jarayonini kuchaytiradi-) Bolalar ekzemasini davolashda ishlatiladigan dorilar ekzemaning boshqa turlarini davolash vositalaridan deyarli farq qilmaydi. Ular­ning farqi faqat berilayotgan dorining miqdorida, xolos.

88

TERI QICHISHISH1 (PRURITUS CUTANEUS)



Teri qichishishi uzoq vaqt davom etib, qichish va teri shili-nishlari bilan kechadi. Hozirgi vaqtda qichishni qabul qiluvchi o'ziga xos retseptorlar haqida aniq fikr yo'q. Ba'zi olimlar og'riqni qabul qiluvchi retseptorlar qichishishni ham qabul qiladi; qichishish im-pulslari asab tolalari orqali subkortikal va kortikal markazlarga borib, subyektiv sezishga aylanadi, fikrini bildirishdi. Teri qichishishida qon, modda almashinuvi, jigar, buyrak, me'da osti bezi kasal-liklarida ham uchraydi. Shu sababli dastlab bemorning ichki a'zolarini sinchiklab tekshirish zarur.

Teri qichishishining obyektiv belgilari terida birlamchi mor-fologik elementlar bo'lmasligi va ikkilamchi elementlardan shili-nishlar hamda gemorragik po'stloqlar borligi bilan ifodalanadi. Demak, teri qichishishi subyektiv sezuvchanlikning buzilishi oqibatidir. Uzoq vaqt teri qichiyverishi natijasida bemorning tirnog'i «yaltiragan» ko'rinishda bo'ladi. Qichishish kunning ik-kinchi yarmida yoki kechqurun kuchayadi, ba'zan shu darajada kuchli bo'ladiki, hatto bemorning mehnat qobiliyatiga ta'sir etib, ruhiy tushkunlikka olib keladi. Teri qichishishi uzoq davom et-ganda lixenifikatsiya avj oladi, bora-bora neyrodermitga aylani-

shi mumkin.

Teri qichishishining tarqoq yoki cheklangan xillari ajratiladi. Cheklangan xili ko'pincha jinsiy a'zolarda (yorg'oq, vulva va orqa teshik sohasida) kuzatiladi, bunga — gijja, jinsiy a'zolar yallig'-lanishi, vegetonevroz natijasida kelib chiqqan mahalliy terlash, endokrin kasalliklar va boshqalar sabab boMadi.



Davosi. Birinchi navbatda yuqorida keltirilgan etiologik sabab-larni o'z vaqtida aniqlab, uni bartaraf etish kerak. Asosan simpto-matik davo qilinadi, antigistamin, giposensibilizatsiyalovchi dorilar, shuningdek, tinchlantiruvchi dorilar — tazepam, elenium, seduk-sen, aminazin va boshqalar buyuriladi.

Mahalliy davo timol (1—2 %), karbol (2 %) hamda mentol eritmalari; tarkibida mentol va anestezin bo'lgan sovituvchi qorish-malar (boltushka) tavsiya etiladi. Kortikosteroidli malhamlar yaxshi naf beradi.

89

NEYRODERMIT

Neyrodermit — terining surunkali, tez-tez qaytalab turuvchi yallig'lanishi bollib, badanning qattiq qichishishi, keyinchalik tu-gunchali toshmalar — papulalar toshib, teri qalinlashishi, lixeniflkatsiya avj olishi bilan kechadi. Kasallikning klinik ko'rini-shiga qarab diffuz (tarqoq) va chegaralangan xillari farq qilinadi. Etiologiyasi va patogenezi. Neyrodermitga asosan endogen omil-lar sabab bo'ladi, asab tizimining funksional o'zgarishlari, me'-da-ichak yo'li, jigar, endokrin tizimining kasalliklari, modda al-mashinuvi faoliyatlarining buzilishi neyrodermitning vujudga ke-lishida katta rol o'ynaydi. Asab tizimi tomonidan nevrotik buzi-lishlar: kuchli qo'zg'alish, darmonsizlik, asteniya, emotsional o'zgaruvchanlik, uyqusizlik va boshqalar kuzatiladi.




Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish