MA’NO KO’CHISH USULLARI
(Leksikologiya)
1.Metafora – “ko’chirish”, “ko’chirma” – biror predmet, belgi yoki harakatning boshqasiga tashqi o’xshashligi asosida ma’no ko’chish hodisasi.
Bunda predmetning rangi, shakli, harakat-holati, xususiyati, o’rni va paytga munosabati jihatidan o’xshashligiga asoslaniladi; Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
Narsa va hodisa orasidagi o`xshashlik quyidagicha bo`lishi mumkin:
1) shakliy o`xshashlik: odamning qulog`i – qozonning qulog`i, qush uchdi – odam uchdi;
2) joylashish o`xshashligi: itning dumi – samolyotning dumi, qo`shni odam – qo`shni dala;
3) mazmuniy o`xshashlik: tomdan yiqilmoq – imtihondan yiqilmoq, sovuq havo – sovuq xabar, qaynoq suv – qaynoq liniya, achchiq o`t – achchiq sovuq, tomdan tushmoq – mansabdan tushmoq, odam o`tirdi – fabrika o`tirdi, akkumulyator o`tirdi.
Metaforaga juda yaqin bir vosita o`xshatish, ular yordamida shaxspredmet birbiriga yaqinlashtiriladi, qiyos qilinadi. Unda dek, day, go`yo, yanglig`, singari, xuddi kabi o`xshatish vositasidan foydalaniladi: Bahor kelinchakdek yasanib keldi. Ulug`bek – misoli oftob.
2. Metonimiya – («yangi nom qo`yish», «nomni o`zgartirish», «qayta nomlash») –bir narsa va hodisaning nomini makon va zamondagi o`zaro bog`liqligi asosida ikkinchisiga ko`chirish usuli. Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqeahodisaning nomini aytganda shunga o`zaro bog`liq bo`lgan ikkinchisi anglashiladi.
Bunda ikkita birbiriga bog`liq predmet, belgi, holatdan birining nomi tejamkorlik natijasida tushiriladi. Mas., Fuzuliyni oldim qo`limga, Majnun bo`lib yig`lab qichqirdi (H.Olim.) gapida Fuzuliy va asar (Fuzuliyning kitobini oldim qo`limga) bir-biriga bog`liq, tejash uchun kitob so`zi tushirib qoldirilgan. Natijada Fuzuliy so`zi shaxs ma’nosini emas, kitob so`ziga xos ma’noni ifodalagan.
Metonimiya turli ko`rinishda bo`ladi:
1) o`ringa munosabatiga ko`ra: bir stakan (suv) ichdim, bir tarelka (ovqat) yedim, qishloq uyquda;
2) vaqtga ko`ra: o`nga (yosh) kirdim, yarim yillik (imtihon) topshirildi;
3) muallif va asar orasidagi munosabatga ko`ra: Pushkinni (asar) o`qidim va hokazo. Metonimiya asosidagi ko`chma ma’no – fikrni lo`nda va ta’sirchan bayon qilish vositasidir.
4) o’lchov birligi nomi shu o’lchov birligi bilan bog’liq bo’lgan narsa nomiga ko’chiriladi: to’qson besh – o’lchov birligi = to’qson besh choy – choy navi.
3. Sinekdoha – yun. “birga anglash”, “nazarda tutish” – qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko’chirish usuli. 2 xil bo’ladi:
Butun orqali qism anglashiladi: Besh qo’l barobar emas
Qism orqali butun anglashiladi: Tuyoqlar soni ko’paymoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |