Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gap. Bunday gapdagi sodda gap o`zaro goh...goh, yo...yo, yoki...yoki, ba’zan…-ba’zan…, dam.,.dam, yoxud...yoxud ayiruv bog`lovchisi yordamida bog`lanadi. Ayiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gap voqea-hodisaning galma-gal bo`lishini yoki undan biri bo`lishini ifodalaydi: Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. Ayiruv bog`lovchisi, odatda, gapning boshida keladi. Takrorlanib qo`llangan ayiruv bog`lovchisining keyingisidan oldin vergul qo`yiladi, bunday bog`lovchi yakka qo`llansa, tinish belgisi ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |