1.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich yoyevning tadbirkorlarni rivojlantirishga yo'naltirgan islohotlari
Davlat byudjeti ijrosini taminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha imkoniyatlar aniqlash. Toshkent. 07.11.2019
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yana-da rivojlantirish uchun qo’shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo’yicha ko’rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’i-lishi o’tkazdi.
Hozirgi kunda tadbirkorlar, o’rta va kichik biznes jahon mamlakatlarida iqtisodiyotning bar-qaror rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik sub’ektlari umumiy korxonalar sonining 90 foizdan ziyodini tashkil etadi va mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ortig’ini ish bilan ta’minlaydi. 2018-yilgi holatga ko’ra, O’zbekistonda mehnat bilan band aholining 76,3 foizi shu sohada ishlaydi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’ektlari taraqqiy etgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsu-loti tarkibida ham salmoqli o’ringa ega. O’zbekiston yalpi ichki mahsulotida mazkur soha ulushi 59,4 foizdir.
Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosa-tining eng ustuvor yo’nalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so’zlari bilan aytgan-da, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.
Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash bo’yicha amalga oshirilayot-gan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining “Biznes yuritish – 2020” hisobotida O’zbekiston 7 pog’onaga ko’tarilib, 69-o’rinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona ochish qulayligi bo’yicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi o’ringa ko’tarildi.
Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning o’tgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-yilgiga nis-batan 2 barobar ko’p yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi.
Lekin hali soha rivoji yo’lida qilinadigan ishlar ham ko‘p.
“Biznes yuritish – 2020” hisobotida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni ro‘yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak.
Shu bois bugungi videoselektor yig’ilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali be-rish, mulkni ro’yxatdan o’tkazish bo’[yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini ta’min-lash zarurligi ta’kidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulk huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazishni takomillashtirish taklifi bildirildi.
Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etish va ish-layotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini ta’kid-lab, juda ko’p rahbarlar bunga befarqlik va ma’suliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi.
Buni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qa-bulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin bo’lsa-da, muammolar joyida yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur bo’layotgani ham yaqqol ko’rsatib turibdi.
Bunday holatlar Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ancha yuqori.
Shuning uchun, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ikki kun muddatda Tadbirkorlarga murojaat qabul qilishi bo’yicha ko’rsatma berildi.
Murojaatda tadbirkorlar oldida bundan keyin hech qanday to’siqlar bo’lmasligi, hududdagi barcha rahbarlar ularga yaqindan ko’makchi bo’lishi, har kuni doimiy ravishda tadbirkorlar ma-salalari bilan shug’ullanishi to’g’risida hokimlar shaxsan kafolat beradi.
Murojaatning bosh mazmuni hamma narsa tadbirkor uchun ekanligini xalqimizga yetka-zishdan iborat. Shuning uchun Murojaatni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va aholi gavjum joylardagi bannerlarda e’lon qilib, unda hokimlar, sektorlar va mutasaddi idoralar rahbarlarining telefon raqamlari ham ko’rsatilishi shartligi belgilandi.
Bundan tashqari 2019-yilda ishga tushgan ba'zi korxonalarni ham yangi bosqich ko'lamiga kiritishimiz mumkin. O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi 2019 yilda oziq-ovqat sohasi bo’yicha ishga tushgan yirik korxonalar o’ntaligi quyidagilardan iborat:
1. “Namangan Agro Logistic”Logistika markazi
116 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan logistika markazi meva-sabzavotni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 20 ming tonnaga teng. 75 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona Namangan viloyati Poptumanida faoliyat ko‘rsatmoqda.
2. "Melek Best Milk Agro" masuliyati cheklangan jamiyati
26,9 milliard so‘mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 20 ming tonnaga teng. 26 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Toshkent viloyatining Zangiota tumanida faoliyat ko’rsatmoqda.
3. "BIO AGRO" masuliyati cheklangan jamiyati
273,9 milliard so’mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgankorxona organik mahsu-lotlarni yetishtirish va qayta ishlashgaga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 15 ming tonnaga teng. 80 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidafaoliyat ko’rsat-moqda.
4. “TopOil” masuliyaticheklangan jamiyati
107,3milliard so’mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona aholi iste’moli uchun yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 11 ming tonnaga teng. 100 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Toshkent viloyatining Angren shahrida faoliyat ko’rsat-moqda.
5. "ParmisMuller" masuliyati cheklangan jamiyati
33,4 milliard so’mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona meva-sabzavot-larni etishtirish, quritish va qadoqlashga ixtisos lashgan. Zamonaviy issiqxonaga ega. Yillik quvvati 11 mingtonnaga teng. 100 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Buxoro viloyatining Jondor tumanida faoliyat ko’rsatmoqda.
6. "Ashraf Ramazon" qo’shma korxonasi.
9,6 milliard so’mlik investitsiya loyiha asosida ishga tushirilgan korxona makaron va non max-sulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 8 ming tonnaga teng. 40 ta ish o’rni yara-tilgan. KorxonaToshkent viloyati Chinoztumanida faoliyat ko’rsatmoqda.
7. "Yangi Asr" fermer xo’jaligi
10,3 milliard so’mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona sutni pasterizatsiya qilib, qadoqlarda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillikquvvati 6 mingtonnagateng. 15 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida faoliyat ko’rsatmoqda.
8. "PanelSav" qo’shma korxonasi
16,9 milliard so’mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona logistika markazlari va sovutilgan omborlar uchun sendvich panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 6 ming kv.mga teng. 10 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat ko’rsatmoqda.
9. "BaxtImkonRivoj" fermer xo’jaligi
10,2 milliard so’mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona sutni qayta ishlab, pishloq, brinza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 6 ming tonnaga teng. 12 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Andijon viloyati Oltinko’l tumanida faoliyat ko’rsatmoqda.
10. "Agro Soy Plast" masuliyati cheklangan jamiyati
38,6 milliard so’mlik investitsiya loyihasi asosida tashkil etilgan korxona meva-sabzavotni saqlashga ixtisoslashgan. Yillik quvvati 5 ming tonnaga teng. 7 ta ish o’rni yaratilgan. Korxona Samarqand viloyati Samarqand tumanida faoliyat ko’rsatmoqda.
2020-yil 1-fevral holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi hududida MDH davlatlarining kapitali ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni oshib borayotganini inobatga olgan-da ularning asosiy ulushi (jami xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga nisbatan) Rossiya Federatsiyasi 17,6 %, Qozog'iston Respublikasi 7,8 %, Ozarbayjon Respublikasi 1,7 %, Qirg'iz Respublikasi 1,5 % va Tojikiston Respublikalarida 1,5 % ga to'g'ri kelmoqda.
Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahrida 6 253 ta (jamidagi ulushi 59,0 %), Toshkent 1 170 ta (11,0 %), Samarqand 516 tani (4,9 %) viloyatlarida. Nisbatan kamlari Xorazm 145 ta (1,4 %), Sirdaryo 158 ta (1,5 %), Qashqadaryo viloyatlarida 197 ta (1,9 %) hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 160 tani (1,5 %) tashkil etadi.
2020-yil 1-fevral holatiga ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlar hududlar kesimida taqsimlanganda Toshkent shahri (20,8 %), Toshkent (10,5 %), Farg’ona (8,5 %), Andijon (8,1 %), Samarqand (8,0 %), Buxoro (5,8 %), Qashqadaryo (6,2 %), Namangan (6,3 %), Sirdaryo (3,4 %), Navoiy (3,3 %), Surxondaryo (4,7 %), Xorazm (4,7 %), Jizzax (4,3 %) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi (4,5 %) hissalariga to’g’ri keladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezedenti 2020-yil Oliy majlisga murojatnomasida shunday degan edi:"Joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarur. Shu maqsadda aholi va tadbirkorlarga, mikromoliya xizmatlari va moliyaviy resurslarga, dav-lat xaridlariga keng yo’l ochib beriladi. Bunday choralar orqali odamlarimizda tadbirkor bo’lishga ishtiyoq va ishonch ortadi, ular ko’proq daromad olishga intiladigan bo’ladi.
Shu bilan birga, hamma ham tadbirkor bo’la olmaydi. Shu sababli bunday odamlar bilan tizimli ish olib borib, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali ularni munosib ish joyi bilan ta’-minlash lozim. Ushbu maqsadlar uchun 700 million dollar jalb qilinadi.
Biz yangi ish o’rinlarini yaratadigan tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularni yelkamizda ko’tarishimiz kerak’’.
Bu kabi islohotlar yangi korxonalarni tashkel etish 2020-yil pandemiya sharoitida ham amalga oshirilgani bizni quvontiradi.
‘’2020-2021-yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida’’ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurlaridagi Koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta’sirining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining investitsiyaviy va tashqi iqtisodiy faolligini tiklash, shuningdek, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida o’tkazilgan majlisdagi topshiriqlardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsi-yalarini rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqa va-zirliklar, idoralar va xo’jalik birlashmalari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohala-rida tarkibiy o’zgarishlarni tiklash va davom ettirish bo’yicha quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
2020-yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2021-yildan boshlab barqaror iqtisodiy o’sishni 5,0 — 5,5 foiz darajasida ta’minlashga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish;
Birinchi navbatda, inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bank tizimini yanada isloh qilish;
-aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni rag’batlantirish va kambag’allikni qisqartirish;
-sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni rag’batlantirish, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish;
-investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda, mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va qo’shilgan qiymatning ishlab chiqarish “zanjirlari”ni yaratish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini rag’batlantirish uchun ichki manbalarni kengaytirish yo’li bilan faollashtirish;
-eksport qiluvchi korxonalarni qo’shimcha moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali, shu jumladan savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mahalliy mah-sulotlarni yangi eksport bozorlariga yetkazib berishni kengaytirishda savdo-vositachilik tashkilo-tlarini rag’batlantirish hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish va eksport qiluvchi kor-xonalarni qo’llab-quvvatlash;
-davlat xaridlari tizimida xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish, hudud-lardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infratuzilmasi obyektlarini o’tkazish uchun qo’shimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilar-monlik va raqobat muhitining qulayligini oshirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
-hududlarda aholiga kompleks xizmatlar ko’rsatadigan savdo tashkilotlari tarmog’ini rivoj-lantirish, mahalliy mobil aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish va qishloq joylarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2021-yilda barcha ijtimoiy muassasalar, qishloq aholi punktlari va mahalla-larni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog’iga ulashni yakunlash hisobiga xizmatlar sohasi korxonalarini qo’llab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish.
2020-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sishni tiklash va tizimli tarkibiy o’zgarishlarni davom ettirish bo’yicha amaliy harakatlar rejasi (keyingi o’rinlarda — Harakatlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo’yicha “yo’l xaritasi” (keyingi o’rinlarda — “Yo’l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |