Dinshunoslik” fanidan


-mavzu. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA BUGUN, TARG‘IBOT USULLARI



Download 0,55 Mb.
bet43/64
Sana23.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#404536
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64
Bog'liq
Dinshunoslik

7-mavzu. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA BUGUN, TARG‘IBOT USULLARI

Reja:

  1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati.

  2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi.

  3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari.

  4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari.


Tayanch tushunchalar: Missionerlik, prozelitizm, sekta, diniy sektalar, diniy tashkilotlar, iyegovo shohidlari, yettinchi kun adventistlari, missiya, Bibliya jamiyati.

Mavzu o‘quv maqsadi: missionerlik va prozelitizmning asl maqsadlarini tushuntirish, missionerlik tashkilotlarining vazifalarini ko‘rsatish, ularning salbiy oqibatlarini bayon qilish.
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so‘zi asli lotincha bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi.

Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan prozelitizm esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi. Dastlabki xalqaro xristian missiyalari, 1910 yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida paydo bo‘lgan edi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko‘ngilli homiylarni topishda missionerlik bazalarining ahamiyati beqiyosdir. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo‘lgan sektalar borligini ham ta’kidlash zarur. Sekta bufaqat o‘zini haq din, insonlarni najotga yetkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydigan guruh hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar.

Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda missionerlik faoliyati bilan asosan turli sektalar shug‘ullanadi. Hozirgi kunda taxminan 5000 ta sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarda «Bogorodichiy tsentr», «Serkov obedineniya», «Serkov Iisusa», «Serkov Novogo Zaveta», «Beloye bratstvo», «Bojestvenniy orden Pervogo Angela», «Farxat ata», «Dianetika» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo‘shni respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning Rossiyada 100 ming, yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor.

Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo‘rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo‘lganlar ichida tashviqot olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish