Papka va disklar bilan asoslari Get started
Open in app
Fayllar ilan ishlaganda, odatda ularning nomi, manzili, saqlanayotgan diski nomi kabi operatsion tizim bilan bogʻliq ma’lumotlarga ehtiyoj paydo boʻladi. Quyida ularning eng muhimlari haqidagi ma’lumotlar bayon etiladi.
1. Joriy (ishchi) papkani aniqlash. Joriy (ishchi) papkani aniqlash uchun os modulidagi getcwd() metodidan foydalanish mumkin:
import os
print("Joriy papka manzili va nomi :", os.getcwd())
Xuddi shu amalni pathlib modulidagi cwd() metodi yordamida ham tashkil qilish mumkin:
from pathlib import Path
print("Joriy papka manzili va nomi :", Path.cwd())
Ushbu kod joriy manzilni aniqlashda pathlib modulidan foydalanish mumkinligini namoyish qilmoqda. Bu usul birinchisidan afzalroq hisoblanadi. Python tilining “eski” versiyalarida esa os modulidan foydalanishga toʻgʻri keladi.
2. Yangi papka hosil qilish. Yangi papkalarni hosil qilish uchun os modulidagi mkdir() funktsiyasidan foydalaniladi. Bunda yangi papka koʻrsatilgan manzilda, manzil koʻrsatilmaganda esa joriy papkada yaratiladi.
import os
os.mkdir("Namuna")
print("Papka yaratildimi? :", os.path.exists("Namuna"))
Quyidagi kod yangi papkani koʻrsatilgan manzilda yaratadi:
import os
os.mkdir("Namuna")
print("Papka yaratildimi? :", os.path.exists("Namuna"))
Agar koʻrsatilgan fayl manzilda mavjud boʻlsa, istisnoli vaziyat yuzaga kelib, dastur hatolik haqida tegishli axborotni ekranga uzatadi. Bu hatolikni oldini olish uchun, agar dasturchi haqiqatdan ham papkani qayta yaratishga qaror qilgan boʻlsa, buyruqni qoʻshimcha “exist_ok=True” koʻrsatmasi bilan oʻzgartirishi mumkin:
import os
os.makedirs('C:\Yangi_papka', exist_ok=True)
print("Yangi papka yaratildimi? :", os.path.exists("C:\ Yangi_papka"))
Shuni unutmaslik kerakki, papka qayta yaratilganda “eski” papka va undagi ma’lumotlar diskdan oʻchirib tashlanadi.
Agar bir nechta ichma-ich joylashgan papkalarni yaratishga zarurat paydo boʻlsa, makedirs() funktsiyasidan foydalanish lozim.
import os
os.makedirs('C:\Yangi\Yangi\Yangi_papka')
print("Yangi papka yaratildimi? :", os.path.exists("C:\Yangi\Yangi\ Yangi_papka"))
Kod bajargan amalni operatsion tizim orqali ham tekshirish mumkin:
Shu masalada pathlib modulidan ham foydalanish mumkin. Modulning afzalligi shundaki, u koʻrsatilgan manzilda mavjud boʻlmagan ostpapkalar bilan ham ishlay oladi. Quyidagi namunaga e`tibor bering:
from pathlib import Path
path("C:\Yangi\Yangi\Yangi_papka").mkdir(parents=True, exist_ok=True)
Shuni yodda tutish kerakkki, yuqoridagi kodni takroran qoʻllash hatolikka olib keadi, chunki bu papka yaratilgan boʻladi. Bu muammo exist_ok oʻzgaruvchisi argumentiga True qiymatini berish orqali hal qilinishi mumkin. Bu oʻzgaruvchiga False qiymatini berish mavjud papkani takroran ochishga ruhsat bermaydi va hatolikka olib keladi.
from pathlib import Path
Path("test_folder").mkdir(parents=True, exist_ok=False)
Do'stlaringiz bilan baham: |