Moliyaviy rentalar.
Hamma to’lov a’zolari ijobiy miqdorlardan tashkil topgan, ikki to’lov orasidagi vaqt intervali teng bo’lgan to’lovlar qatori (potogi) moliyaviy renta yoki annuitet deyiladi.
Renta tarkibiga kiruvchi har bir to’langan to’lov (pul) renta a’zosi, to’lovlar orasidagi vaqt – renta davri, to’lovlarning umumiy vaqti – renta muddati deb ataladi.
Rentalar to’lov soni va ustama yozish bo’yicha yillik (1 yilda bir marta to’lanadi) va R – muddatli (R – yil ichidagi to’lovlar soni) rentalarga bo’linadi. Bularni, umumiy ko’rinishda, diskret rentalar deyiladi. Moliyaviy amaliyotda shunday to’lovlarni uchratish mumkinki, ular juda tez-tez amalga oshiriladi, shu munosabat ularni uzluksiz rentalar deb nomlashgan.
A’zolarining miqdori bo’yicha rentalar doimiy (renta a’zolarining razmeri bir xil) va o’zgaruvchan turlarga bo’linadi (ularda a’zolar miqdori vaqt bo’yicha o’zgarib boradi).
To’lash ehtimoli bo’yicha rentalar to’g’ri va shartli turlarga bo’linadi. To’g’ri rentalar hech qanday shartsiz to’lanadi, misol uchun kreditni qoplashda. To’g’ri renta a’zolari soni oldindan aniq bo’ladi. Shartli rentalarda to’lov hodisa ro’y bergandan so’ng to’lanadi. Bunga, sug’urta to’lovlari yorqin misol bo’lishi mumkin.
Ma’lumki, sug’urta mkofoti oldindan to’lanmaydi va ularning soni ham aniq emas. Bir yilda necha marta suv toshqini bo’ladi va u bo’yicha qancha zarar ko’riladi degan savolga faqat ma’lum bir ehtimol bilan javob berish mumkin
Rentaning oshgan va keltirilgan qiymati.
Rentaning oshgan summasi va hozirgi (keltirilgan)1 miqdori moliyaviy rentalarning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Rentaning oshgan summasi deganda biz renta a’zolarini (foizlar qo’shilgan holda) renta muddati oxiriga bo’lgan yig’indisini tushunamiz. Bu ko’rsatkich yillik doimiy rentalar uchun qo’yidagi formula bilan aniqlanadi:
bu erda: R-badal (vznos) miqdori.
Uzoq muddatli kreditlarni qoplash rejasini tuzish usullari.
Uzoq muddatli kreditlarni qoplash bir qancha usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Shulardan biri – qoplash rejasini tuzishdir. Qoplash rejasini tuzishdan oldin, muddatli to’lovlar summasi aniqlanadi. Ular teng badallarda va teng bo’lmagan to’lovlardan tashkil topishi mumkin. Shartnomada qarzni qoplash teng bo’lmagan muddatli to’lovlarda ko’zda tutilgan bo’lsa, muddatli to’lovlar summasi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu erda: D – umumiy qarz miqdori; R – yillik badallar; K – hisoblanadigan yilning tartib nomeri.
Do'stlaringiz bilan baham: |