2020 yilning 1-yarim yilligida Davlat byudjeti qanday sarflangani haqida hisobot .
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning 1-yarim yilida o‘tkazilgan 2 584 ta nazorat tadbirlaridan 2 021 tasida (78 %) 1 trln 298 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan
2020 yil 11 sentyabr
“Koronavirus pandemiyasi dunyodagi barcha davlatlar qatori mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Buning natijasida, hisobot davrida Davlat byudjetining daromadlari 58trln. 157 mlrd so‘mni, xarajatlari esa 64trln. 879 mlrd.so‘mni tashkil etib, davlat byudjeti 6 trln. 722mlrd so‘m yoki YaIM ga nisbatan 2,6 foiz miqdorida taqchillik bilan ijro etildi.
Shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari 12,9 trln. so‘mni tashkil etdi yoki 14 foiz ortig‘i bilan ijro etildi.
Joriy yil 1 - yarim yilligida barcha hududlar uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarildi.
Natijada mahalliy byudjetlarda prognozni oshirib bajarish hisobiga 1 trln. 416 mlrd so‘m qo‘shimcha manba shakllantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |