MASHQLAR BAJARISH
378-mashq. Quyidagi so'zlarning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling. Ular o'rtasida qanday farqlar borligini ayting.
Shamba- shanba, maxsat - maqsad, taxsim-taqsim, Samarqan - Samarqand, kitop-kitob, tambur-tanbur, o'm besh-o'n besh.
379-mashq. O'zingiz yashayotgan joy tilida (shevada) ishlatiladigan, adabiy tildan farq qiladigan so'zlarga misollar keltiring. Ularni adabiy tildagi shakliga solishtiring va o'rtadagi farqlarni ayting.
Namuna: galdi-keldi (Xorazmda), ko'ddim-ko'rdim (Namanganda), bag'da-bu yerda (Farg'onada), kevotti-kelyapti (Toshkentda).
Do'stlaringiz bilan baham: |