YANGI DARSNING BAYONI
Dars boshlangach, o'qituvchi qish manzarasi aks ettirilgan rasmga o'quvchilar diqqatini tortadi. Ularga tasviriy ifodalash uchun so'zlar topish buyuriladi. O'quvchilar quyidagicha so'zlarni aytishi mumkin: qish, go'zal, oppoq qor, quvonch, bolalar va boshqalar. Shundan so'ng ularga kichik matn tuzish topshiriladi. Birinchilardan bo'lib topshiriqni bajarib bo'lgan 2-3 o'quvchining matni o'qittiriladi va baholanadi.
O'quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar beriladi:
Matningizda belgi bildiruvchi so'zlar bormi?
Ular qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
Rang bildiruvchi so'zlarga misol keltiring.
Hajm-o'lchov bildiruvchi so'zlardan ayting.
Maza-ta'm bildiruvchi so'zlarga misol keltiring.
Qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so'zlarga sifat deyiladi. Belgi
deganda rang-tus, maza-ta'm, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi. Sifat gapda aniqlovchi yoki kesim bo'lib keladi.
O'quvchilar javobidan so'ng nazariy ma'lumotlar berilishi mumkin. 246-mashqda berilgan matn o'qitiladi. Unda qatnashgan sifat so'z
turkumiga oid so'zlarni ko'rsatib o'tadilar. So'ngra 1-va 2-topshiriqlar ham bajartiriladi. O'quvchilar sifatning nutqdagi ahamiyati haqidagi o'z mulohazalarini aytib o'tadilar.
246-mashq. Matnni o'qing.
Ey hurmatli qizlar! Ey izzatli qarindoshlar! Sizlarga ma'lumdirki, go'zal xulqli qiz bola butun oila uchun ulug' boylik va saodatdir.
O'qimishli, xulqini tarbiya qilgan qiz bola oltindan qimmatli, injudan qadrli bir boylikdirki, bu kabi qizlarning ismlari eng yiroq qarindosh-u tanishlarga qadar yetadi.
1-topshiriq. Matnga sarlavha qo'ying. Go'zal xulq deganda nimani tushunishingizni so'zlab bering.
2-topshiriq. Sifatlarni tushirib, matnni o'qib ko'ring. Qanday farqni sezyapsiz? Shundan kelib chiqib, sifatlarning nutqdagi ahamiyati haqida gapiring.
247-mashq. Sifatlarga misollar toping va ularni quyidagi jadvalga joylashtiring.
rang-tus maza-ta'm shakl-hajm xil-xususiyat
Namuna:
rang-tus
|
maza-ta'm
|
shakl-hajm
|
xil-xususiyat
|
qizil
|
shirin
|
Mayda
|
silliq
|
248-mashq. Sifatlarni ular bog'lanib kelgan so'zlar bilan ko'chiring.
Hotamning tim qora, uchqur oti bor ekan. Ana shu otning dong'i Rum podshohining qulog'iga borib yetibdi. Podshoh bilimli, dono bir odamga o'n kishini qo'shib, Hotamning uyiga yuboribdi.
Sifat gapda otga bog'lansa aniqlovchi, gapning oxirida kelsa kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Bu ko'rkam bino- kasb-hunar kolleji. Bu gullar xushbo'y.
Do'stlaringiz bilan baham: |