Rivojlantiruvchi: Vatanparvarlik, xavfsizlik, hamjihatlik, bag’rikenglik, do`stlik tuyg’ularini rivojlantirish.
Pedagogik texnologiyalar: savol-javob, suhbat.
Dars jihozlari:
texnik jihoz: komp’yuter.
didaktik jihoz: Islom Karimovning «O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida», «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch» asarlari, mavzuga oid plakat, o`quv qo`llanma va boshqalar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism .O`quvchilarni faollashtirish.Davomatni aniqlash.
2.O`tilgan mavzular bo`yicha savol-javob o`tkazish
1) Ma`naviyatning muhim shartlarini ayting?
2) Moddiy va ma`naviy olamni bog`liq deb o`ylaysizmi?
3.Yangi mavzu bayoni:
Buyuk shoir va mutafakkir, kuragi yerga tegmagan mpohir kurashchi Pahlavon Mahmudning dovrug`i Xorazmdan Hindiston zaminigacha yetib boribdi.Uni hindlarning eng kuchli polvonlari bilan kurashga chorlashibdi.Pahlavon Mahmud bobomiz birin-ketin ularning barchasini mag`lub etibdi.
Xorazmlik bahodirning kuchi va mahoratiga qoyil qolgan hind podshosi uni huzuriga taklif etib, hurmat- ehtirom ko`rsatibdi va tila tilagingni, debdi. Pahlavon Mahmud bunday debdi: Janobi oliylari, urush paytida sizlarga asir tushgan vatandoshlarimni ozod qilsangiz, bas, mening yakka-yu yagona tilagim shu! ,,
Hind podshosi Pahlavon Mahmud nafaqat jismonan, balki ma`naviy jihatdan ham mard va oliyjanob ekaniga tan berib, asir olingan barcha xorazmliklarni ozod qilgan ekan.
Bir insonning ma`naviy fazilati, ya`ni oliyjanobligi tufayli yuzlab odamlar tutqinlik azobidan xalos bo`lgan. Bu tarixiy rivoyat Prezidentimiz tomonidan aytilgan,mashhur kitobning nomi sifatida barchamizga ma`lum bo`lgan ,,Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”degan so`zlar chuqur hayotiy asosga ega ekanini yaqqol tasdiqlaydi.Chindan ham, ma`naviyati kuchli insonni, xalq va jamiyatni yengib bo`lmaydi.Oz o`rnida ma`naviy fazilatlar bir-biri bilan bevosita bog`liqdir.Shunung uchun oliyjanob, muruvvatli va saxovatli inson albatta halol, pok hamda adolatli bo`ladi.
Mustaqillik yillarida ei-yurtimizning bunday fazilatlari yangitdan qadr-qimmat topib bormoqda.Prezidentimiz tomonidan aytilgan ,,Savob ishni har kun qilish kerak, savob ishni har kim qilishi kerak”degan da`vat asosida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni bugungi kunda har qadamda ko`rishimiz mumkin.
Ibratli fazilatlar egasi bo`lgan xalqning farzandi sifatida biz doimo yaxshilik qilishga intilib yashashimiz lozim.Shundagina buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar bo`lib, bu hayotda biz ham o`zimizdan munosib nom qoldirishga erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |