Metod: Aktiv, amaliy. O'qitish shakllari: ommaviy, guruhli.
Vosita: Darslik, daftar, doska, rasmlar.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O'zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Yangi dars mavzusi ustida ishlash.
Fundamentalizm nima va nima uchun uning xavfi dunyo jamoatchilipj. ni cho'chitmoqda?
Fundamentalizmning vujudga kelmasligi mumkin edimi?
Ekstremizm haqida nimalarni bilib oldingiz?
Vahhobiylik haqida so'zlab bering.
«Hizbut tahrir»ning maqsadi va uning vahhobiylikka o'xshash hamda farqi nimalardan iborat?
Nima uchun islom xalifaligini qayta tiklash mumkin emas?
III.Yangi mavzu ba`yoni.
Aqidaparastchilarning o'z mash'um niyatlariniamalga oshirishga urinishlari.Aqidaparastlar keyingi yillarda O'zbekistonda qator mash'um ishlarni amalga oshirdilar. Bu mash'um ishlar yurtboshimiz Islom Karimovning
aqidaparastlik tahdidi haqida ogohlikka qilgan da'vatining qanchalik asosli ekanligini isbotladi.
Aqidaparastlar o'zlarining amaliy harakatlarini qanday mash'um ishdan boshladilar?
Aqidaparastlar dastlab Namangan viloyatida o'z faoliyatini yo'lga qo'ydilar. Tez orada ularning «Adolat», «Islom lashkarlari», «Tavba», «0'zbekiston Islom harakati» kabi tashkilotlari vujudga keldi.
Ayrim vatanfurushlar vahhobiy aqidaparastlarning yo'lboshchilari bo'lib maydonga chiqishdi. Ularo'qitish bahonasida yigitlarni chet ellarga yubora boshladilar. U yerga yuborilganlardan aslida jangarilar va qo'poruvchilar tayyorlandi.
O'zbekiston vahhobiylarining asl maqsadi chet el yordamida O'zbekistonni Islom davlatiga aylantirish edi. Biroq ular maqsadlariga erisha olmadilar. 1992- yilda vahhobiy tashkilotlar faoliyati taqiqlandi. Shu tariqa, hech bo'lmaganda, dastlab Namangan shahrini «Musulmonobod» shahriga aylantirmoqchi bo'lgan aqidaparastlarning niyati puchga chiqdi. Ularning rahbarlari chet elga qochib ketdilar. Ular o'z jangari guruhlari bilan Tojikistondagi fuqarolar urushida qonuniy hukumatga qarshi kurashgan Tojikiston aqidaparastlari tomonida turib urush harakatlarida qatnashdilar.
Chet elga ketolmay qolgan guruhlar pinhona kurash yo'liga o'tdilar. Vahhobiylar 1997-yilda Namanganda yana bosh ko'tardilar. 1997- yilning dekabr oyida qurolli vahhobiy jinoyatchilar keskin harakat boshladilar. Chunonchi, ular bir qancha kishilarni vahshiylarcha o'ldirdilar.
Bu endi, ochiqdan-ochiq terrorchilik edi. Aholini qo'rquvda va vahimada tutishga urinish edi. Biroq O'zbekiston hukumatining ko'rgan qat'iy choralari tufayli aqidaparastlar jinoyati fosh etildi. Jinoyatchilar ustidan o'tkazilgan ochiq sud ularga qilmishlariga yarasha jazo belgiladi.
1999- yil fevral voqealari. 1999- yil fevral oyida chet davlatlarda joylashgan va O'zbekistonni o'z ta'sir doirasiga olmoqchi bo'lgan markazlar madadiga tayangan O'zbekistondagi aqidaparast kuchlar yurtboshimiz Islom Karimovga suiqasd uyushtirdilar.
Ular Prezident Islom Karimovni jismonan yo'q qilish yo'li bilan davlat parokandaligini yuzaga keltirmoqchi va shu orqali davlat hokimiyatini qo'lga olmoqchi bo'ldilar.
1999-yilning 16-fevral kuni Respublika hukumati binosida Islom Karimov rahbarligida hukumatning navbatdagi maj-lisini o'tkazish mo'ljallangan edi.
Qalbingizga aqidaparastlikni emas, ma'rifat-axloqli islomni jo eting. Islom, umuman, dinlar dunyoviy bilimlarni inkor etmasligini unutmang. Kelajak, dunyoviy davlatingizning taqdiri yuksak dunyoviy bilimlarni egallagan Siz kabi yoshlar qo'lida ekanligini doimo esingizda tuting!
Do'stlaringiz bilan baham: |