Curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy termiz -2020


Darslarni kuzatish va tahlil qilishning maqsadi  va  vazifalari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/105
Sana02.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#88663
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
Bog'liq
3.2.Biologiya-fanini-oqitish-metodikasi

Darslarni kuzatish va tahlil qilishning maqsadi  va  vazifalari 
Darsni  tahlil  qilish  maqsadlari  shartli  ravishda  5  turga  bo‘linadi:  ilmiy 
tahlil,  metodik  tahlil,  didaktik  tahlil,  umumpedagogik  tahlil,  umumpsixologik 
tahlil. 
 Darsni  ilmiy  tahlil  qilishda  o‘qituvchi  darsni  ilmiy  asoslangan  holda  olib 
borayotganligi  kuzatiladi.  O‘qituvchining  har  bir  so‘ziga  e’tibor  qilinadi, 
o‘qituvchi  tomonidan  ilmiy  asoslanmagan,  noto‘g‘ri  iboralar  ishlatilmayotganligi 
o‘rganiladi.  SHu  bilan  birgalikda  o‘quvchilarning  o‘zlashtirishi  va  darsning 
maqsadga erishuvi hisobga olinadi. 
Darsni  metodik  jihatdan  tahlil  qilishda  yangi  mavzuni  bayon  qilish  va 
tushuntirishda qo‘llaniladigan metodlarning dars mavzusiga va mazmuniga mosligi 
o‘rganiladi. O‘qituvchining pedagogik mahoratiga baho beriladi.  SHu boisdan har 
bir dars kuzatuvchi dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi kerak.  
Darsni  didaktik  jihatdan  tahlil  qilishda  o‘qituvchining  darsni  olib  borish 
uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘rsatmali  vositalar,  tarqatma  materiallar,  texnika 
vositalaridan to‘g‘ri foydalanilayotganligi o‘rganiladi.   
Darsni  didaktik  jihatdan  tahlil  qilishda  quyidagilarga  e’tibor  berish  o‘rinli 
bo‘ladi:  o‘qituvchi  bayonining  g‘oyaviy  jihatdan  ta’lim-tarbiya  talabiga  mosligi, 
o‘qituvchi  fikrining  sinf  o‘quvchilari  jamoasiga  to‘la  tushunarli  bo‘lishi  va  bu 
bayonning  izchil  ravishda  o‘quvchi  ongiga  etib  borishi,  barcha  o‘quvchilarning 
o‘qituvchi  berayotgan  materialni  ongli  ravishda  o‘zlashtirishlari,  o‘qituvchi 


114 
 
 
bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi, o‘qituvchi fikrining 
izchilligi,  dars  jarayonida  ko‘rgazmali  qurollardan,  tarqatma  materiallardan  va 
texnika 
vositalaridan 
foydalanishning 
qanchalik 
maqsadga 
muvofiqligi, 
ekskursiya,  tajriba, laboratoriya  va  amaliy  ishlarda  maqsadga  erishganligi, darslik 
bilan  ishlashning  to‘g‘riligi,  misollarning  ta’lim-tarbiya  birligi  asosida  yo‘nalishi, 
darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi.  
Darsni  umumpedagogik  jihatdan  tahlil  qilishda  darsning  hamma  jihatlari 
hisobga  olinadi.  O‘qituvchining  qiyinishi,  nutqi,  bolalar  bilan  munosabatlari, 
muomalasi,  shu  mavzuni  bilish  darajasi,  dars  berish  usullarining  to‘g‘ri 
tanlanganligi,  o‘quvchilarni  yangi  mavzuni  o‘zlashtirganlik  darajasi,  dars 
maqsadiga  erishganligi  va  shu  bilan  birgalikda  sinf  xonasining  tozaligi  va 
sanitariya-gigiena 
talablariga 
rioya 
qilinganligi 
o‘rganiladi. 
Darsni 
umumpedagogik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish o‘rinli bo‘ladi: 
o‘quv  yoki  dars  xonasining  dars  o‘tishga  tayyorgarlik  holati  (dars 
jihozlari); 
o‘quv xonasining sanitariya-gigiena holati; 
o‘qituvchining  dars  mavzusi  bo‘yicha  ta’limiy,  tarbiyaviy  va 
rivojlantiruvchi maqsadi; 
o‘qituvchining  mazkur  darsga  ilmiy-metodik  va  umumiy  pedagogik 
jihatdan qanchalik tayyorlanganlik darajasi; 
o‘qituvchining dars bosqichlaridan to‘g‘ri foydalanganligi; 
o‘qituvchining  o‘quvchilarga  ta’lim-tarbiya  berishda  pedagogik  jihatdan 
namunalilik darajasi;  
o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan bahoning adolatli va izohli bo‘lishi;  
o‘quvchilarning  darsdagi  faolligi,  intizomi,  mustaqil  fikr  yuritishi  hamda 
mazkur fan asoslarini o‘zlashtirib olganlik darajasi;            
o‘quvchilarning o‘qituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashi; 
o‘qituvchining  darsdagi  rahbarlik  roli  va  ish  uslubi,  ta’limni  tarbiyaga 
bog‘lashi;  
dars  jarayonida  o‘lkashunoslik,  ekologiya  va  tabiatni  muhofaza  qilish 
materiallaridan foydalanishi;  
o‘qituvchining darsda asosiy maqsadiga erisha olganligi;  
o‘qituvchining  ilmiy,  metodik  va  umumpedagogik  jihatdan  yordamga 
muhtojligi kabilar.  
 
 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish