1. 3. Biologiya o‘quv fanidan ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy majmualar
Davlat ta’lim standartlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan darsliklar chop etilmoqda. Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan “Biologiya (botanika)” darsligi O‘.Pratov va boshqalar
muallifligida yaratilgan, 2017 yil “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan bo‘lib,
144 sahifadan iborat, undan 5 ta bobga oid 59 ta paragraf o‘rin olgan: I bob.
O‘simliklar dunyosi bilan umumiy tanishuv; II bob. Hujayra – hayotning asosi; III
bob. Gulli o‘simliklarning vegetativ va generativ organlari; IV bob. Gulli
o‘simliklarning hayotiy faoliyati; V bob. O‘simliklar sistematikasi.
Darslikning birinchi bobida botanikaning asosiy bo‘limlari, botanikaning
rivojlanish tarixi, o‘simliklarning tirik organizm sifatida tabiatda, inson hayotidagi
ahamiyati, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish usullari, o‘simliklarning
hayotiy shakllari haqida so‘z boradi. Ikkinchi bobda o‘simlik hujayrasining
tuzilishi, hujayralarning hayotiy faoliyati, va o‘simlik to‘qimalari bilan
tanishtiriladi. Darslikning uchinchi bobida gulli o‘simliklarning vegetativ va
generativ organlari, ularning tuzilishi va vazifalari yoritilgan. To‘rtinchi bobda
gulli o‘simliklarning hayotiy faoliyati: oziqlanishi, nafas olishi, o‘sishi,
rivojlanishi, ko‘payishi haqida so‘z yuritiladi. O‘simliklar kelib chiqishi,
o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab ma’lum bir tartibga – sistemaga
keltiriladi. Bu haqdagi bilimlar darslikning beshinchi bobidan o‘rin olgan.
Har bir mavzudan keyin o‘quvchilarning egallagan bilimlarini tekshirib
ko‘rish uchun mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar keltirilgan. Darslikdan o‘rin
olgan amaliy ishlar, laboratoriya mashg‘ulotlari va qo‘shimcha ma’lumotlar
o‘quvchilarning o‘simliklar haqidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan “Biologiya (zoologiya)” darsligi
O.Mavlonov
muallifligida
yaratilgan,
2017
yil
“O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan bo‘lib, 208 ta sahifadan
iborat. Darslikdagi mavzular 8 ta bob, 59 ta paragrafdan iborat: I bob. Hayvonlar
to‘g‘risida umumiy ma’lumot; II bob. Bir hujayraliliar, ya’ni sodda hayvonlar; III
bob. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tipi; IV bob. YAssi va to‘garak
chuvalchanglar tiplari; V bob. Halqali chuvalchanglar tipi; VI bob. Mollyuskalar
tipi; VII bob. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi; VIII bob. Xordalilar tipi. Darslikdagi har bir
mavzuda biologik ob’ektlarning rangli rasmlari, atamalar, ularning izohi, mavzu
matnidan o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish uchun savollar, tasdiqlovchi
34
javoblarni aniqlash, juftlab yozish uchun topshiriqlar, jumboqni echish,
topishmoqni topish kelitirilgan. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarning fanga
qiziqishini orttiradi. Darslikka ettita laboratoriya mashg‘uloti kiritildi.
O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining o‘quvchilari uchun kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan
“Biologiya” (mualliflar: A.G‘afurov, A.Abdukarimov, J.Tolipova, O.Ishankulov,
M.Umaralieva, I.Abduraxmonova) darsligi 2017 yil “SHarq” nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasida chop etilgan. Darslikdagi mavzular 5 ta bob, 58 ta
paragrafdan o‘rin olgan. Boblar hayotning tuzilish darajalari va ularda kechadigan
biologik jarayonlar asosida ketma-ketlikda joylashtirilgan. Har bir mavzuda rangli
rasmlar, jadvallar, sxemalar, mavzudan keyin tayanch so‘zlar, o‘quvchilar darsda
bajarishi uchun savol va topshiriqlar, o‘quvchilarning mustaqil bajarishi uchun
topshiriqlar berilgan. Darslik oxirida atamalar lug‘ati keltirilgan. Mazkur lug‘at
o‘quvchilarning
darslikdagi
tushunchalarni
to‘liq
anglab
olishlariga
ko‘maklashadi. O‘quv dasturidan o‘rin olgan to‘rtta laboratoriya mashg‘uloti
darslikda o‘z aksini topgan, laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi, laboratoriya
jihozlari, ishning borishi, biologik ob’ektlarning rangli rasmlari va jadvallar,
o‘quvchilar to‘ldirishi uchun jadvallar o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi uchun “Biologiya” darsligi (1-nashr)
2018 yilda mualliflar: G‘afurov A., Abdukarimov A., Tolipova J., Ishankulov O.,
Umaralieva M., Abduraxmonova I. tomonidan yaratildi.
Darslikda: I bob. Ekologiya va hayot; II bob. Hayotning ekosistema
darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari, III bob. Hayotning biosfera darajasining
umumbiologik qonuniyatlari, IV bob. Organik olam filogenezi deb nomlangan.
Darslikdan 44 ta paragraf, 5 ta laboratoriya mashg‘uloti, atamalar lug‘ati o‘rin
olgan. Har bir mavzu o‘quvchilarning “tayanch bilimlaringizni qo‘llang” jumlasi
bilan boshlanib, ularning bilish faoliyatini faollashtirishga yo‘naltiradi. O‘quv
dasturida keltirilgan har bir mavzu mazmuni darslikda matn va rangli rasmlar,
jadval, chizmalar yordamida ochib berilgan. Darslikda mavzu matnidan pastda
“Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling”, “Bilimlaringizni qo‘llang”,
“Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar”, “O‘z fikringizni bildiring” ruknlarida
keltirilgan topshiriqlar xilma-xil bo‘lib, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini zerikarli,
bir xil bo‘lishining oldini oladi, bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Umuman olganda, umumta’lim fanlari bo‘yicha yaratilgan kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan darsliklar mazmuni amaliy, hayotiy topshiriqlar bilan
boyitilgan, darsliklar dizayni qayta ko‘rib chiqilgan va ko‘rgazmalikka katta
e’tibor berilgan.
35
SHuni qayd etish kerakki, hozirgi kunda biologiya fanidan o‘quv-uslubiy
majmualar to‘liq emas, sababi, uning tarkibiga kiradigan mashq daftari, o‘qituvchi
uchun
metodik
qo‘llanmalar,
darsliklarning
mulьtimediali
ilovalari
kompetensiyaviy yondashuv asosida to‘liq shakllantirilmagan. Bu muammoni hal
etishda olimlar, metodistlar, ilg‘or o‘qituvchilar hamkorlikda ishlashlari,
to‘plangan ilg‘or tajribalar, ma’lumotlarni tizimlashtirish, umumlashtirish orqali
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv-uslubiy majmuaning tarkibiy
qismlarini to‘liqligicha shakllantirish dolzarb vazifa sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |