124
SMART mezon
“SMART” so‘zi specific, measurable, relevant, time bound
so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, dars maqsadlarini shu mezonlar
(o‘lchamli, aniq, real, baholasa bo‘ladigan, aniq vaqtga mo‘ljallangan)
asosida belgilashni ifodalaydi
bilim
narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va
ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar haqida fan tomonidan aniqlangan
tushunchalar tizimi
verbal
ifodali, og‘zaki
Davlat ta’lim standartlari
uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs (mutaxassis)ning
tayyorgarlik darajasi va mazmuniga qo‘yiladigan minimum talablar
didaktika
ta’lim va o‘qitish nazariyasi hamda o‘qitish jarayonida tarbiyalash
mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi
individuallik
shaxsning betakror bioijtimoiy xususiyatlari
kasbiy tayyorgarlik
bo‘lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy
hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi
kognitiv
bilish jarayoni
kommunikativ faoliyat
pedagogning tarbiyalanuvchilar, boshqa pedagoglar, jamoatchilik
vakillari, ota-onalar bilan maqsadga muvofiq o‘rnatgan
munosabatlari
kommunikativ ko‘nikma
muomala qila olish ko‘nikmasi
kommunikasiya
kishilarning o‘zaro muloqotlarida axborotlar almashish tavsifi
kreativlik
betakror qadriyatlar yaratuvchi, nostandart echimlar qabul qiluvchi
individning botiniy qobiliyati
laboratoriya ishi
asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan
holda tajribalar o‘tkazish, biologik jarayonlarni maxsus jihozlar
yordamida o‘rganish
maqsad
faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash
malaka
ko‘nikmalarning avtomatlashgan ko‘rinishi, shaxsning o‘zi
egallagan bilimlari asosida ularning yangi sharoitdagi yangiliklar
bilan birga, ma’lum bir faoliyatni samarali bajarish qobiliyati
metod
1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli;
2) harakat qilish usuli,
tarzi
metodologiya
1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot;
2) biror fanda, shu jumladan, pedagogikada qo‘llaniladigan
metodlar
modulli ta’lim texnolo-giyasi o‘rganiladigan o‘quv materialini mantiqiy tugallangan fikrli
modullarga ajratilgan holda o‘rganishga asoslangan texnologiya
motivasiya
shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar to‘plami
bo‘lib, u ayni zamonda kishi hulqini fiziologik va psixologik
boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi, faoliyatning
yo‘nalishi,
faolligi, uyg‘unligi hamda turg‘unligini belgilaydi
munozara
1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama qilish,
bahs; 2) o‘quv munozarasi muayyan muammo bo‘yicha fikr
almashishga asoslangan o‘qitish metodi
125
pedagogik qonuniyatlar
o‘qitishning maqsadi va istiqboldagi ko‘zlangan natijasi bo‘lgani
kabi o‘qitish qonunlari, jarayonning ob’ektiv, tashqi, ichki, muayyan
va nisbiy bog‘lanishlarini aks ettirib, ta’lim-tarbiya jarayonining
mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini, mazkur
jarayonning ilmiy asosda tashkil etilishi va boshqarilishi, olinajak
natijalar va samaradorlikni orttirish yo‘llarini belgilaydi
pedagogik jarayon
ta’lim-tarbiya masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan,
maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli
o‘zaro munosabatlari
pedagogika
yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan
refleksiya
takrorlash,
aks etish, o‘z harakatlari va holatlarini tahlil qilish
tarbiya
shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga
muvofiq ta’sir etish;
2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshirish uchun
pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati
test
1) standart shakldagi topshiriqlar bo‘lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat,
bilim va malakani aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sinovdir;
2) aniq ijtimoiy tadqiqotlarda foydalaniladigan tarqatma material,
savolnoma;
3) shaxs ruhiyati va hulqining aniq miqdoriy va ma’lum qiyosiy
o‘rganishga mo‘ljallangan psixologik tadqiqotlarning
standartlashtirilgan metodi
tushuncha
atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim xususiyatlarini,
ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish
o‘z-o‘zini baholash
shaxsning o‘z psixologik sifatlari, hulqi, yutuqlari va
muvaffaqiyatsizliklari,
qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi
o‘quv faoliyati
insoniyat tomonidan to‘plangan madaniy boylikni egallash bilan
bog‘liq faoliyat
shaxs
1) kishilarning ijtimoiy hulqi, insonlar orasida o‘zini tutishini aks
ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha;
2) turli-tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy, ma’naviy
mohiyati;
3) ijtimoiy mohiyat kasb etgan va o‘z-o‘zini anglash qobiliyatiga
ega bo‘lgan kishi
Do'stlaringiz bilan baham: