main funksiya int, double va string qiymatlardagi massivlarni saralash uchun sort funksiyasini chaqiradi (45, 49-, 53-qatorlar) va bu massivlartni chop etish uchun printArray funksiyasini chaqiradi (46-, 50-, 54-qatorlar).
Maslahat. Umumiy funksiyani aniqlaganingizdan avval, unga mos bo`lgan oddiy funksiyani yozishdan boshlab, keyin uni umumiy funksiyaga o`tkazsangiz yaxshiroq bo`ladi.
Funksiya shablonlari (function template).
Shablonlar yordamida umumiy funksiyalar va umumiy classlar yaratish imkoniyati mavjud. Umumiy funksiya va umumiy classlar har xil ma'lumot toifalaridan ularni overload qilmasdan (ko'p kod yozmasdan) foydalanish imkoniyatini beradi. Ya'ni bunda biz har bir toifa uchun alohida funksiya yozishimiz shart bo’lmaydi.
Shablonlar ikki xil bo'ladi:
• Funksiya shabloni (function template)
• Sinf shabloni (class template)
Do'stlaringiz bilan baham: |