Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» kafedrasi



Download 12,43 Mb.
bet25/91
Sana25.03.2022
Hajmi12,43 Mb.
#509483
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
Bog'liq
majmua kkt

Nazorat savollari
1.Hind erkaklari elka kiyimlari nomi nima.?
2.Hind ayollari kiyimlari nomi nima?
3.Hind kiyimlarida o’zgarishlar asosan qachondan boshlab shakllana boshladi ?
4.Hind ayollari sarisi qachondan shakllandi?
Testlar:



1

Qadimgi Hind erkaklar kostyumi?

a

Dxoti, shervani, kurta, poyjoma, churidara,syurtuk,charm yoki yog’och shippak

b

Ko’ylak,ishton

c

Kuylak ,shim

d

Xalat va ko’ylak

2

Qadimgi Hind ayollar kostyumi?

a

“Sari”,”nivi”,”dupatta”,”sutxni”, "churidara"

b

“kurta”,”lozim”

c

“sarafan”, “kamiz”

d

Ko’ylak va lozim

3

Hind kostyumi matolari?

a

Paxta,jun,ipak,ҳarir

b

Zig’ir,shoyi,mar-mar

c

Ip,shoy,sherst

d

Sun’iy ipak,marlya


10 – Ma’ruza
Mavzu: Xitoy kostyumi kompozitsiyasi va tarixini o’rganish.
Reja:
1.Xitoy ta’limotiga ko’ra “In-Yan”
2.Konfutsiylik nima
3.Xitoyda rang ramzlari
4.Qadimiy Xitoy kostyumining oddiy shaklining paydo bo’lish sabalari
5.Xitoy erkaklari kostyumlari
6. Xitoy erkaklari kostyumlari
Tayanch iboralar:
Metall-"Szin", Daraxt-"My", Suv-"Shuy", Olov-"Xo" va Er-"Tu"nya, Yan, — In, "peyyuy", "shou","pgokau"
Adabiyotlar :
1.G.K. Xasanboeva, V.A Chursina «Kostyum tarixi» 1992 y.
2. Д.Rahmatullayeva, U.Xodjayeva, F.Аtaxonova “Libos tarixi” 2015y.
Xitoy madaniyati 4000 yil ilgari vujudga kelgan. Uning madaniyati Misr madaniyati bilan raqiblik qilishi mumkin. Agar Misr madaniyatidan faqat yodgorliklar qolgan bo’lsa (ehromlar, ibodatxonalar va san’at asarlari), Xitoy madaniyatining vasiyatlari esa hozirgi zamongacha o’zgarmasdan qoldi (til, yozuv, musiqa va boshqalar).
Xitoyda feodal tuzumi miloddan avvalgi V—III (ay rim ma’lumotlar bo’yicha XI—VIII) asrlarda tashkil etil- gandan to XIX asrning yarmigacha o’zgarmasdan qolgan edi. Xitoy madaniyati rivojlanishida qo’shni mamlakatlar stivilizastiyasining ta’siri deyarli bo’lmagan edi. Xitoyning mayda viloyatlari Bogdixanning hukmdorligiga sig’inishardi. U o’zini Osmon o’li, mamlakatni esa — Dunyoviy (Djungo)deb hisoblardi.
Xitoyda davlat xizmati, saroy qoidalari, hayot, kiyinish odati davlat tomonidan qat’iy qonunlashtiril- gandi.
Xitoyliklarning dunyoqarashiga va tafakkuriga bir necha falsafiy oqimlar va dinlar ta’sir etgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda mavjud bo’lgan falsafiy oqimlardan biri "daosizm" (dao stzya) edi. Uning asoschisi Lao-Szi bo’lgandi. Uning asosiy fikri — dao (yo’l) ta’limoti bo’lib, bu ta’limotga ko’ra Koinotning o’z-o’zidan vujudga kelishi, rivojlanishi va barbod bo’lishining azaliy, tabiiy va umumiy qonuni bor (112-rasm).
Konfustianlik (ju dzya) — etik-siyosiy ta’limot. Uning asosida ajdodlarni hurmat qilish turardi. Bu falsafiy oqim keyin dinga aylandi.
Keyin O’rta Osiyo orqali Xitoyga asosiy din bo’lib buddizm kirib keldi.
Qadimiy Xitoy falsafalari tabiatning qarama-qarshiligini (Yan — yorulik, In — qoronulik) kurashda emas, balki muvozanatda, osoyishtalikda, qo’shilishda tan olgan edi. Ularning tasavvurida dunyo tuzilishining asosida erkak — Yan va ayol — In omillarning ijodiy o’zaro aloqasi bo’lgan.
"I stzin" (o’zgarishlar kitobi) qadimiy xitoyliklarning dunyo tushunishida ma’no so’z bilan emas, ramziy ishoralar bilan ifodalanardi.
1. Dunyo tuzilishi dialektikasining grafik ramzlari:
uzluksiz chiziqerkak kuchi — Yanni aks ettiradi;
uzlukli chiziqayol kuchi — Inni aks ettiradi.
Yan o’z mohiyatini birlikda, In — ko’plikda ko’rsatadi.
Barcha dunyo voqealari erkak va ayollar kuchlarining o’zaro aloqasi natijasida bo’lgani uchun, ularning hammasi oddiy belgili chiziqlarning birikmalari bilan ifodalanishi mumkin:
= = erkak kuchining mutlaqo hukmronligini bar- bod bo’lish chegarasida, ulu Yan, Yoz;
= = ayollar kuchining mutlaqo hukmronligini bar- bod bo’lish chegarasida, ulu In, Qish;
= = erkaklar kuchining o’sish ramzi, yosh Yan, Bahor;
= = ayollar kuchining o’sish ramzi, yosh In, Kuz.
Qoronulik va yorulik — bu bir-biriga intilayotgan kuchlar, ular bir-birining o’rniga keladi. Er bilan Osmon ijodiy harakatda ko’shilganda, shu stikl avjiga et- gan deb hisoblanadi. Ayni shu voqea qadimiy Xitoyning belgi ramzlari va naqshlarning asosi bo’lgan. Shu sababdan bulut tasmalar, to’lqinli jingalaklar, momaqaldiroq spirallar, bulut va chaqmoqni tudiradigan aj- daholar xitoy kostyumining bezagining doimiy element- lari bo’lgan. Ular qadim-qadim o’tmishdan o’rta asrlarga kelgan va hozirgi zamongacha saqlanib qolgan.



Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish