Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 1,2 Mb.
bet25/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Korxonada marketingni tashkil etish jarayoni qanday kamalga oshiriladi?
3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat?
4. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz?
5. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?
7. Makro va mikro marketing nima?
8. Marketingni boshqarish jarayonini takomillashtirish yo’llari nimalardan iborat?
7-MAVZU. ISTE`MOLCHI XULQ - ATVORINI O`RGANISH
7.1.Iste`molchi xulqi nima?
7.2.Iste`molchi xulqini o`rganish sabablari.
7.3.Xaridorlarning axloq modellari.

7.1. Iste`molchi xulqi nima?
Ertalab 7:00. Birdan “Samsung” telefonidan taralayotgan “uzhits.net” saytidan yozib olingan uyg’otgichning jarangdor ovozi sokinlikni buzdi. Shu ondayoq ovozi o`chirilgan telefonning o`rnini “LG” televizori egalladi. Televizordan borayotgan “Assalom, O`zbekiston” ko`rsatuvidan “Janob Rasul” ning yangi qo`shig’i baralla yangray boshladi. Ovozni pasaytirish maqsadida, boshga yuqoriroq tortilgan “Delux” korxonasida ishlab chiqarilgan oq gulli jilddagi ko`rpa kimnidir “yengil” qo`li bilan olib tashlandi va “turgin, bo`lmasa o`qishga kech qolasan” degan yoqimsiz ibora eshitildi. Bu Fayziev Samadning onasi edi. 18 yoshli talaba Fayziev Samadning hayotida yana bir yangi kun boshlandi. Yuvinishga kirgan Samad hammomda o`zining kichik ukasi Akbarni uchratdi va uni boshqa “Oriflame” katalogi bo`yicha sotib olgan “Glacier” odekoloniga tegmasligini talab qildi. So`ng “Duru” firmasining “Dengiz minerallari” sovuni bilan yuvindi hamda tishlarini “Colgate” pastasi bilan tozaladi. Kiyimini tanlayotganda dekan muovini Aziz Xayrullayevichning tanbehi yodiga tushdi: “Clicks” kulrang ko`ylagi va “Boss” qora jinsi shimini tez tanladi, ammo galstukni ko`ylakka moslab tanlashda qiynaldi. Oxir oqibatda bo`yinbog’lar ichida “Festind” firmasining qizil rangli galstugini tanladi: «Ko`zga tez tashlanib, gap-so`zlardan xalos qiladi», -deb o`yladi Samad. Nonushtaga o`tirganda yana bir bor “Yoshlar” kanalidan Janob Rasulning “Yomonsan” nomli yangi qo`shig’ini eshitib, shu kuniyoq bu ohangni rington sifatida telefoniga olishga ahd qildi. Samad “Dilkusho” bozoridan onasi sotib olgan “To`xtaniyozota” kolbasasidan qalin qilib kesdi hamda “Ko`k saroy”da pishirilgan va yuziga “Ona” sariyog’i surtilgan bulochkaning ustiga uni qo`yib, mazza qilib ovqatlanib oldi. Eganini ichkariroq itarish maqsadida “Nescafe” qahvasidan ichib, kerakli daftarlarni oldi va yo`lga chiqdi. Bugun Samad birinchi paraga kech qolmasligi zarurligini yaxshi tushunardi, chunki «Marketing” fanidan berilgan vazifaning bajarilmagani bir tomon, u yana kech ham qolsa, unda domlosi Nigora Nematovna uni darsga qo`ymasligi aniq. Bu esa oraliq nazoratga o`z ta`sirini ko`rsatmay o`tmaydi. Samad ikki parani ham minimal “talofotlar” bilan o`tkazib, katta tanaffus paytida qaerda, kam xarajat qilib ovqatlanib olish mumkinligini o`ylardi. Shunda do`stlari Madina va Behzod uni “Pasquale” ga taklif qilishdi. Qimmat bo`lsa ham, mazali tayyorlashadi,- deb o`yladi Samad va rozi bo`ldi. Darslari tugagandan keyin Samad internet kafega kirib, “Marketing” fanidan berilgan vazifani bajarish uchun ma`lumot to`pladi va telefoniga “Yomonsan” xitining ringtonini o`rnatdi. Qilingan ishlardan qoniqqan holda uyga qaytishni o`ylayotgan Samadning qo`l telefonida “Onajoning rozi qil” qo`shig’i yangray boshladi. Bu uning onasi ekanligini Samad ringtondan darrov angladi. Onasi bozordan kir yuvish poroshogi va salat uchun mayonez olib kelishni iltimos qildi. Samad oxirgi bekatdan tushib, bozordan onasi doim oladigan “Tide” poroshogidan va assortiment kengligi tufayli uzoq o`ylab «Moya sem’ya” mayonezidan sotib oldi. Do`konga kirib, diskda yangi “Mendirman Jaloliddin” nomli fil’mni sotib oldi. Uyga kelib “Samsung” DVD pleyeri orqali fil’mni miriqib tomosha qildi. Katta ta`surotlar ostida Samad onasi tayyorlagan mayonezli salatdan to`yib edi. Kech tushdi. Osmonda oy ko`rindi. “Xayriyatki, ertaga “Marketing” fanidan darsimiz yo`q”, - deb o`ylaganicha Samad shirin uyquga ketdi.
Samadning hikoyasi - bu shu yoshga to`g’ri keladigan oddiy bir o`zbek iste`molchisining hayotidan bir kunning tavsifi hisoblanadi.
Inson yurishni va gapirishni o`rganishi bilanoq uning hayoti iste`molchilik xulqi bilan bog’liq bo`ladi. Do`konlarga qatnaymizmi yoki katalog va Internet orqali xarid qilamizmi, uyda yoki restoranda ovqatlanamizmi, har qanday holatda ham biz iste`molchi sifatida namoyon bo`lamiz. Fayziev Samaddek, biz ham qandaydir qarorlarni qabul qilamiz – qaysi markani tanlash, qaerdan sotib olish, qanday ishlatish.
Eslab ko`ring, kun davomida siz necha bor mahsulotlar, savdo markalari va reklama xabarlari bilan uchrashasiz, tanlov oldida turishingiz va qancha vaqt sarflaganingiz-chi? Bularning hammasi iste`molchi xulqining naqadar murakkabligini ko`rsatadi. Iste`molchi xulqi marketingning bir bo`limigina emas, balki inson hayotining barcha sohalariga kirib borgan tushuncha deb ta`kidlash mumkin.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish