Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o’zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAIM qiymatini faqat narx o’zgarmagan taqdirda o’zaro taqqoslash mumkin bo’ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o’sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o’rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
N arx darajasi indeks shaklida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |