Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, turli ma’naviy yo‘nalishdagi xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ehtiyojlardan iborat bo‘ladi.
Ehtiyojlarni iste’mol qilish tavsifiga ko‘ra shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |