Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

xalqni taraqqkyotdan, maktabdan, rus hayoti va madaniyatida 50 yil chetda tutdik, degan 
so’zlarini eslash kifoyadir. 
Turkistonda  chor  hukumati  mustamlakachiligi  siyosati  tufayli  ro’y  bergan  fojiali 
voqea-xodisalarga  qarama-qarshi  ravishda  ma’rifatparvarlik  –  jadidchilik  harakati 
dunyoga  keldi  Ma’rifatparvarlarning  ijtimoiy-siyosiy,  falsafiy,  ma’naviy-axloqiy 
g’oyalar, fikr-muloxazalari o’sha murakkab tarixiy sharoitlarda shakllandi va rivojlandi. 
Ma’rifatparvarlar  xalqimizning donishmand  farzandlari  sifatida mustamlakachilik 
davrida  Turkistonda  hukmron  bo’lgan  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni,  xalqning  ma’naviy 
holati  darajasini  yaxshi  bilganlar.  Mustaqillikka  erishish  uchun  xalqning  umumiy 
madaniy saviyasini davr talablari  va imkoniyatlari darajasida rivojlantirish, xalqni yangi 
madaniyat,  ma’rifatga  chorlash  zarurligini  chuqur  anglab  etganlar.  Xalqni  Evropa 
mamlakatlari  madaniyati,  fan-texnika  yutuqlari,  ilg’or  tajribalari  bilan  tanishishga 
tinimsiz  ravishda  da’vat  etganlar.  Bilimli,  madaniyatli,  ma’naviyatli  millat  va  xalq  juda 
katta  ijtimoiy  kuchga  aylanishini  ma’rifatparvarlar  birinchilardan  bo’lib  tushunib 
etganlar.  "Asta-sekin  ma’rifatchilikdan  jadidchilik  o’sib  chiqdi  va  u  ma’lum  darajada 
siyosiy  masalalarni  olg’a  sura  boshladi.  Yangi  talim-tarbiya,  yangi  maktab,  yangi 
maorif,  uni  boshqarish,  madaniy  targ’ibot,  tashkilotchilik,  masalalari  asosiy  o’ringa 
ko’tarildi.  Yangiliklarga  asoslangan  holda  rus  va  eski  maorifdan  farq  qiluvchi  fikr-
g’oyalar oldinga surildi, ular mahalliy matbuot, turli kitoblar orqali keng targ’ib qilindi. 


109 
 
Bu  madaniyatdagi  mustamlakachilikka  qarshi  mustaqillikka  xalq  ongini  oshirish,  o’z 
ahvolini  yaxshilashga  intilishning  ko’rinishlaridan  edi".
56
  Jadidchilikning  asosiy 
mohiyati millatni koloqlik, xurofot botqog’idan chiqarishga qaratilgan. 
Qoloqlik  va  turmushdagi  konservatizm  bilan  kurash,  milliylikni  saqlagan  holda, 
kundalik  turmushdan  tortib  xamma-sohalarda-maorif,  ta’lim-tarbiya,  meditsina, 
madaniyat  va  sanat,  fan-texnikaning  yangi  turlarini  joriy  etish,  aholiga  tarixiy  ongni, 
milliylik  va  milliy  faxr-iftixorni  kuchliroq  singdirish  jadidchilik  harakati  asosiy 
maqsadining  muhim  tamoyillaridan  bo’lib  hisoblanadi.  Jadidlar  milliy-g’oyasining 
asosini Turkiston xalqlarini mustaqillikka erishish uchun birlashtirish tashkil etganligini 
alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi
Jadidlar,    ma’rifatparvarlar   millat   so’zini   xalq   ma’nosida qo’llaganlar. Ular 
mustamlakachilik  zulmi  ostida  ezilib  kelayotgan  xalq  ommasining      ijtimoiy      axvoli   
nochorligini,   erli   aholining    g’aflatda  kolganligini tushunib, uni  ma’rifatga, bilimga, 
undadilar.
57
 
Mustamlakachilik  zulmidan  qutilmoq,  qo’lni  kishandan  ozod  qilmok,  bo’yin  egib, 
tobe  bo’lib  yashashdan  xolos  bo’lib,  hur  va  erkin  yashamoq  uchun  birinchi  navbatda 
milliy ruh milliy e’tiqod, ko’p asrlik milliy an’analar va kadriyatlar, milliy hamkorlik va 
hamjihatlik  zarurligini  qayta-qayta  uqtirdilar.  Behbudiyning  ta’kidlashicha,  "Agarda  biz 
Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga, 
ittifoqqa   qadam   qo’ysak,   ziyoli   va  taraqqiyparvarlarimiz,   boy   va ulamolarimiz 
birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga karam 
bo’lmaymiz".  Jamiyat  va  millatning  taqdiri,  milliy  ahillik,  hamkorlik  va  hamjihatlikda 
ekanligi  haqidagi  g’oya  ma’rifataparvar  jadidlarning  falsafiy  karashlarida  muhim  o’rin 
tutgan. 
XX  asr  boshidagi  ma’rifatparvarlar  boylik  uchun,  shon-shuhrat  orttirish  uchun 
maydonga  chiqishgan  emas.  Ular  istibdodga  qarshi  kurashdilar,  mustaqillik  yo’lida 
fidoiylik  ko’rsatdilar.  Turkiston  xalqlarining  haq-huquqlarini  himoya  qildilar.  O’z 
hisoblaridan  sarf-xarajat  qilib  maktablar,  kutubxonalar,  qiroatxonalar,  teatrlar,  gazetalar 
tashkil  etdilar,  ko’llanmalar  nashr  etdilar,  xalqlarning  daqqat-e’tiborini  ilm-ma’rifatga, 
Sharq va G’arb olamidagi yangiliklarga jalb etdilar. 
Ularning asarlari millat dardi  va xasrati, Vatan ishqi, Vatan taqdiri, Vatan ozodligi 
va  mustaqilligi  tuyg’ulari  bilan  chuqur  sug’orilgan.  Jadidlar  taraqqiyotga  fakat  tinchlik 
yo’li  bilan,  parlament  orqali  erishishni  lozim  topganlar.  O’zbek  xalqining  tinch-
totuvlikka intilishi va o’ziga xos milliy mentaliteti, xususiyatini xisobga olgan holda, ular 
tinch yo’l bilan petitsiyalar, namoyishlar uyushtirishar, davlat Dumasida ochiq chiqishlar, 
turli-tuman  ruxsat  etilgan  vosita  va  imkoniyatlardan  foydalanib,  chor  xukumatidan  o’z 
xalqi  manfaati  uchun  siyosiy  huquqlarni  talab  qilishga,  Turkiston  milliy  taraqqiyoti 
uchun  ob’ektiv  hayotiy  talablarga  javob  beruvchi  imkoniyatni  yaratishga  harakat 
kilganlar  Bu  ham  milliy  g’oyaning  bir  xususiyati  edi  deyish  mumkin.  Qon  to’kilishlar, 
harbiy  qurolli  to’qnashuvlarga  qarshi  bo’lsalar  xam,  jadidlarning  shiori  "Haq  olinur, 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish