Landshaftlarni baholash sinfi
|
Landshaftlar
|
Landshaftlarning sifati
|
1
|
2
|
3
|
Juda past sifatli
|
I. Glyastial-nival landshaftlar
|
Tuproq qoplamining yo’qligi va tik yonbag`irli (300 dan katta), relefning juda notekisligi tufayli dehqonchilikda yaroqsiz.
|
II. Baland tog`-cho’l va cho’l-dasht landshaftlari. Baland tog` o’tloq-dasht va cho’l landshaftlari
|
Toshloq tuproqli va qoyali tik yonbag`irli (300 dan katta), notekis relef sababli dehqonchilikda yaroqsiz.
|
III. O’rtacha balandlikdagi tog` o’rmon-o’tloq-cho’l landshaftlari
|
Tuproq qoplamining yuvilganligi va tik yonbag`irli (200 dan katta), parchalangan, o’yiq relef sababli dehqonchilikka yaroqsiz.
|
IV. Past tog`lar, adir va tog` etagi landshaftlari
|
Yonbag`irlari juda parchalangan, qiyaligi 8-120 dan 400 gacha bo’lgan relef va toshloq tuproq bo’lganligidan dehqonchilikda juda kam imkoniyatga ega.
|
|
V. Sho’rxok erlar va qadimda dengiz qoplagan tekisliklar landshaftlari
|
Tuproqda tuz miqdori yuqori bo’lganligidan dexqonchilikka deyarli yaroqsiz.
|
VI. Shamol keltirgan qumli tekislik landshaftlari
|
Qumli mikrorelef shakllari va qumlarning deflyastiya hamda akkumlyastiya jarayoni keng tarqalganligi uchun dehqonchilikda yaroqsiz.
|
Past sifatli
|
VII. Shamol faoliyati ta’sirida kuchli o’zgargan delta tekisligi landshaftlari
|
Dehqonchilikda oralatib, tanlab foydalaniladi. Qumlarni fitome liorastiyalash talab etiladi.
|
O’rtachadan past sifatli
|
VIII. Arid denudastiyali tekislik landshaftlari
|
Tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning yupqaligi va tuproq qoplamining gipsli bo’lganligidan dehqonchilikda chegaralangan imkoniyatga ega.
|
O’rtacha sifatli
|
IX. Tog` vodiylarining tag qismi, tog` etagi tekisliklari, tog` oldidagi parchalangan tekisliklar landshaftlari
|
Tuproqning toshloqligi va tekislikning notekis mikrorelefli ekanligi sababli dehqonchilikda qisman chegaralangan imkoniyatga ega.
|
O’rtachadan yuqori sifatli
|
X. Qayir, ko’l, delta va terassa tekisliklari landshaftlari
|
Dehqonchilikda yaroqli. Yaxob suvi berish, zovurlar qazish, qisman nivelirlash (tekislash) zarur.
|
|
XI. Tog`oldi prolyuvial va prolyuvial-allyuvial tekisliklar landshaftlari
|
Dehqonchilikda eng yaxshi (juda qulay) sharoitga ega.
|
Yuqori sifatli
|
XII. Vohalar landshaftlari
|
Antropogen o’zgartirilgan madaniy vohalar, juda qulay.
|
Tekislikdagi cho’l zonasidan to baland tog`larning glyastial-nival zonalarigacha bo’lgan hududlardagi past sifatli landshaftlar dehqonchilikka yaroqsiz bo’lsa-da, yaylov chorvachiligi uchun yaroqli landshaftlardir. Allyuvial, allyuvial-delta, prolyuvial-allyuvial tekisliklarning tabiiy komplekslari o’rtachadan yuqori sifatli landshaft sifatini tashkil etib, qishloq xo’jaligida o’zlashtirish uchun eng qulay sharoitga ega. Landshaft komplekslarini o’rganishda va ularni sinf va kichik sinflarga, guruhlarga ajratishda qiyosiy tabiiy geografik asos bo’lgan bunday yondoshuv o’z mohiyatiga ko’ra komplekslik xususiyatiga ega.
O’zbekistonning tabiiy geografik regionlarida turli sifatga ega bo’lgan landshaftlarni ajratish katta amaliy ahamiyatga molik. Shuningdek, respublikamizning ma’muriy birliklari-viloyat va tumanlarida ham landshaftlarni qishloq xo’jalik nuqtai nazaridan guruhlarga ajratish mumkin.