Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Leksemalarning sintaktik tasnifi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/37
Sana10.07.2021
Hajmi0,85 Mb.
#114963
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti filologiya fakultet2i

Leksemalarning sintaktik tasnifi. Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan, 

ularning  nutqda  boshqa  leksemalar  bilan  bog‗lana  olish-olmasligi,  gap  bo‗lagi 

bo‗lib kela olish-olmaslik xususiyati o‗z aksini topadi: 

1)  gap bo‗lagi bo‗lishga xoslanmagan so‗z: undov, modal, so‗z-gap; 

2)  gap  bo‗lagi  bo‗lishga  xoslangan  so‗z:  fe‘l,  ot,  sifat,  son,  ravish,  taqlid, 

olmosh; 


3)  sintaktik  aloqa  vositasi  bo‗lishga  xoslangan  so‗z:  ko‗makchi,  bog‗lovchi, 

yuklama. 

So‗z-gap  boshqa  so‗z  bilan  sintaktik  aloqaga  kirishmaydi,  o‗zi  mustaqil  gap 

bo‗lib kelish qobiliyatiga, ya‘ni ajralganlik xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi 

so‗z esa bog‗lanish xususiyatiga ega bo‗lib, bulardan yordamchilar gapda alohida 

bo‗lak  bo‗lib  kela  olmaydi,  balki  sintaktik  jihatdan  bog‗lash  vazifasini  bajaradi. 

Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gap bo‗lagi bo‗lib kela oladi. 

O‗zbek tili leksemalarining semantik-morfologik-sintaktik belgilar majmuidan 

iborat serqirra mohiyati jadvalda quyidagicha berilgan (4-jadval): 

4-jadval 

№  Lek-


sema 

turla-ri 

Ma‘noviy 

belgilari 

Morfologik 

belgilari 

Sintaktik 

 belgilari 

Ajralishning 

asosiy belgisi 

Fe‘l 


 

Harakat-holatni 

atash  mustaqil 

leksemalari 

Nisbatlanuvchi, 

o‗zgalanuvchi, 

tarzlanuvchi  

Cheklan-


magan  gap 

bo‗lagi 


bo‗lib  kela 

olish 


Morfologik 

va  


ma‘noviy 

Ot 



Predmet 

va 


predmetlikni 

 atash  mustaqil 

leksemalari 

Sonlanuvchi  

Cheklanma-

gan 


gap 

bo‗lagi 


bo‗lib  kela 

olish 


Morfologik 

va 


ma‘noviy 

Sifat 



Belgini 

atash  Darajalanuvchi 

Cheklanma-

Morfologik 




 

21 


mustaqil 

leksemalari 

gan 

gap 


bo‗lagi 

bo‗lib  kela 

olish 

va  


ma‘noviy 

Son  



Miqdorni  atash 

mustaqil 

leksemalari  

Tartiblanuvchi  

Cheklanma-

gan gap bo‗-

lagi  bo‗lib 

kela olish 

Morfologik 

va  


ma‘noviy 

Ravish 



O‗rin-payt, 

tarz-tusni atash 

mustaqil 

leksemalari 

O‗zgarmaslik  

Cheklanma-

gan 

gap 


bo‗lagi 

bo‗lib  kela 

olish 

Morfologik 



va 

sintaktik 

Taqlid 


Tovush 

yoki 


ko‗rinishga  

taqlid  mustaqil 

leksemalari 

 O‗zgaruvchi  

Cheklanma-

gan 


gap 

bo‗lagi 


bo‗lib  kela 

olish 


Ma‘noviy  

Olmosh  Ishora qiluvchi 



mustaqil 

leksemalar 

O‗zgaruvchi 

Cheklanma-

gan 

gap 


bo‗lagi 

bo‗lib  kela 

olish 

Ma‘noviy  



Кo‗-


makchi 

 

O‗zgarmaslik  



So‗zni 

so‗zga 


bog‗lovchi, 

gap  bo‗lagi 

vazifasida 

kela 


olmaydigan 

Ma‘noviy  va 

cintaktik  

jadvalning davomi 



 

22 


so‗zlar 

Bog‗-



lovchi 

 

O‗zgarmaslik  



So‗zni 

va 


gapni 

bog‗lovchi, 

gap  bo‗lagi 

vazifasida 

kela 

olmaydigan 



so‗z 

Sintaktik  

10  Yuk-

lama  


 

O‗zgarmaslik  

Gap  bo‗lagi 

vazifasida  

kela  olmay-

digan so‗z 

Ma‘noviy  

11 


So

‗z

-g



ap

lar


 

Mod


al  

Munosaba


tni atash  

leksemala

ri 

O‗zgarm


aslik  

Ajraluvchili

(gap 


bo‗laklari  

bilan 


munosa-

batga kirisha  

olmaslik) 

Ma‘noviy va  

sintaktik  

Un-


dov  

His-


hayajonni 

tasvirlash 

leksemala

ri 


O‗zgarm

aslik  


Ajraluvchili

(gap 



bo‗laklari  

bilan 


munosa- 

batga kirisha  

olmaslik) 

Ma‘noviy va  

sintaktik 

Tas-


diq 

va 


Tasdiq-

inkor 


ma‘noli 

O‗zgarm


aslik  

Ajraluvchili

(gap 


bo‗laklari 

Ma‘noviy va  

sintaktik 



 

23 


inko

so‗z



lar 

leksemala

bilan 


munosa-

batga  kirisha 

olmaslik) 

Takl


if 

so‗z


lar  

Taklif 


ma‘noli 

leksemala

O‗zgarm


aslik  

Ajraluvchili

(gap 


bo‗laklari 

bilan 


munosa-

batga  kirisha 

olmaslik) 

Ma‘noviy va  

sintaktik 

 

O‗zbek  tilida  so‗z  turkumlari  mazkur  belgilari  asosida  quyidagi  ko‗rinishda 



tartiblanadi: 

I.  Mustaqil so„zlar 

1.  Fe‘l. 

2.  Ot. 

3.  Sifat. 

4.  Son. 

5.  Ravish. 

6.  Taqlid. 

7.  Olmosh. 



II. Yordamchi so„zlar 

8.  Кo‗makchi. 

9.  Bog‗lovchi. 

10.Yuklama. 



III. Oraliq so„zlar 

1. So‗z-gaplar.  



 


 

24 


 

 

 

 

Bob bo‟yicha xulosa 

 

       Tarixiy  tilshunoslikda  so`z  turkumlarini  aniqlashning    semantik  kriteriy  - 

berilgan so`zni  keng ma`noli kategoriyaga belgilash;  morfologik kriteriy - moddiy 

jihatdan  ifodalangan  morfologik  kategoriyalarning  mavjudligi;  sintaktik  kriteriy  -

so`zlashuv  zanjirida  berilgan  so`zning  vazifasi;  moslashuv  kriteriysi  -  bir  so`z 

turkumidagi so`zlarning boshqa so`z turkumlaridagi so`zlar bilan moslasha olishi;  

so`z  yasovchi  kriteriy    -  bir  so`z  turkumidagi  so`zlarning  ma`lum  tur  bo‘yicha 

yangi so`z  yasay olishi qobiliyatlari xususida qimmatli fikrlar bildirilgan. 

Leksema  serqirra mohiyatli lisoniy birlik, uning tasnifida bu jihat asosiy diqqat 

markazida  turishi  lozim.  Chunki  leksemaning  har  bir  qirrasi  alohida  bir  tasnifga 

asos bo‗ladi. Uning har biri o‗z o‗rnida ahamiyatli.  

       So‗z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo‗lgani kabi, 

o‗zbek  tilshunosligida  ham,  so‗zlarning  semantik,  morfologik  va  sintaktik 

xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan va tasnifning  o‘zbekona hamda  milliy 

guruhlanishi  amalga oshirilgan.  O‗zbek  tili  leksemalarining semantik-morfologik-

sintaktik belgilar majmuidan iborat serqirra mohiyatini ifodalovchi tasniflar o‘quv 

darsliklaridan o‗rin olgan. 

 

 



 

 

 

 

 

 


 

25 


 

 

 

 

2- bob. O`zbek tilida   so`z turkumlarining lizoniy tabiati. 

1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo‟lgan  grammatik belgilar. 

 

       Milliy  istiqlol  sharofati  bilan  o'zbek  tilshunosligi  fani  mustaqil  taraqqiyot 

yo'liga  o'tdi.  Milliy  tilshunosligimizda    mustaqil  ilmiy  yo'nalish  —  formal- 

funksional (shakl-vazifaviy) tahlil usuli shakllandi va oliy ta'limdan umumiy o'rta 

ta'limgacha filologiya yo'nalishlarida tadbiq etildi. Bugungi 

kunda 


o'zbek 

tilshunosligida shaxdam qadamlar bilan uch yo'nalish rivojlanmoqda:                                                     

  formal tahlil yo'nalishi  



  formal - funksional  tahlil yonalishi 

  semantik - sintaktik tahlil yonalishi.  



 Har  uchala  yo'nalish  ham  sistemaviy,  ya'ni  tilni  sistemada  deb  tushunadi.  Lekin 

har bir yo'nalish bu sistemani o'zicha tushunadi va tayanch birliklari o'ziga xosdir. 

Har bir yo'nalish tilga, ya'ni til tizimiyligiga turli tomondan yondashadi va ma'lum 

bir qirrasini ochishga, tavsiflashga xizmat qiladi. Alisher Navoiy ma'rifat deganda 

xuddi  mana  shuni—bir  ma'noga,  maqsadga  turli  yo'llar  bilan  yondashish 

mumkinligini tushunadilar  va "Lisonut  tayr"da yozadilar: 

 

…Yuz tuman rahrav ko'rarsan beqaror   



               Har biri bir yo'lni aylab ixtiyor… 

 

    O'z borur yolida har kim muftaxir,  



              Yo'lni aylab o'z  yo'liga munhasir.  

 Darhaqiqat, formal (an'anaviy) yo'nalish fanimizda eng rivojlangan va keng 

ommalashgan  tahlil  usuli    bo'lib,  u    tilimizning  barcha  sath  birliklarini  o'rganish 

jarayonida  ommaviy  amaliyotdadir.  Zakiy  tilshunos  professor  A.G`ulomov 

maktabining  tilshunosligini  formal  tilshunoslik  deb  atashimiz  maqsadga 

muvofiqdir.  Chunki  Moskva  tilshunoslik  maktabi  namoyondalari  N.Dmitriyev, 




 

26 


A.Borovkov  va  ularning  shogirdi  bo`lgan  ustoz  A.  G'ulomov  lisoniy  va  nutqiy 

hodisalarni  keskin  ajratmaganlar.  Bu  tahlil  yo'nalishi  tadqiq  va  tahlilning  ilk 

bosqichida falsafiy  mohiyatga ega bo'lgan shakl (forma), ya'ni tadqiq manbaining 

tashqi,  moddiy,  formal  tomoniga  tayanib,  undan  shaklning  mazmun  va  vazifasi 

tahliliga  o'tganlar.  Ustoz  va  izdoshlari    lisoniy  (UMIS

1

  tabiatli)  va  nutqiy 



(YAHVO

2

 



tabiatli) 

hodisalarni 

bir-biridan 

ajratib, 

o'zaro 

bog'lanishda 

ko'rmaganlar,    xolos.  Chunki  o'sha  davrda  taraqqiyot  o'zbek  tili  hodisalarini 

Evropa  grammatik  talqinlari  asosida  sistemalashtirishni  talab  qilar  edi.  Fanimiz 

ham  shu  vazifaga  xizmat  qildi.  Tilimizning  sistemaviy  tabiatini  tavsivlash  va 

ochishda fanimizda yana bir ilmiy yo'nalish mavjud va bu yo'nalish N.Mahmudov, 

A.Nurmonov,  A.Berdialiyev,  M.Boshmonov,  A.Mamajonov  kabi  olimlar 

tomonidan rivojlantirilayotgan  semantik - sintaktik tahlil yonalishidir.   

 

Formal-funksional  yo'nalish  (asoschisi  S.Ivanov)  oldingi  (formal) 



yo'nalishning  bevosita  davomi  bo'lib,  uning  tahlil  va  tavsif  materiallariga  tayanib 

ish  ko'radi.  Formal-funksional  atamasi  tarkibidagi  birinchi  qism  mana  shunga 

ishora  qiladi.  Bu  yo'nalishning  maqsadi  sistemalashtirish  emas,  balki  sistemani 

yechish,    munosabatlarni  sharhlashdir.  Bu  yo'nalish  lison  va  nutq  hodisalarini 

izchil farqlovchi Praga strukturalizmi bilan yaqinlashadi, lekin lisoniy hodisalarga 

dialektikaning  umumiylik,  mohiyat,  imkoniyat,  sabab,  nutqiy  hodisalarga  esa 

yakkalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat  kategoriyalari  me'yorlari  bilan  yondashishi 

jihatidan  undan  farq  qiladi.  Qisqasi,  formal  tilshunoslik  tomonidan  qo'lga  

kiritilgan  yutuqlar  formal-funksional  tilshunoslik  uchun  poydevor  vazifasini 

o'taydi. 

       Ma‘lumki,  nazariy  yondashuvda  leksemaning  atash  (denotativ)  semasi 

deganda  borliqdagi  harakat/holat,  narsa-predmet,  miqdor,  belgi  –  xususiyatini 

atovchi,  nomlovchi  sema  tushuniladi.  Bu  semaning  har  birini  mustaqil  so‗z 

turkumi  –  fe‘l  «harakat/holatni  atash»  semasi,  ot  «narsa-predmetni  atash»,  son 

«miqdorni  atash»,  sifat  va  ravish  «belgini  atash»  semasi  sifatida  bevosita 

                                                 

1

  UMIS-umumiylik,  mohiyat, imkoniyat, sabab  



2

 YAHVO-yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat 




 

27 


xususiylashtiradi.  Atash  semasi  obyektiv  borliq  parchasiga  muvofiq  kelgani  bois 

leksema  sememasi  tarkibidagi  boshqa  semalar  (vazifa,  ifoda)dan  muhimroq 

ahamiyatga  ega.  Har  bir  so‗z  turkumining  muayyan  atash  semasi  mutlaq  va 

doimiymi  yoki  mustaqil  so‗z  turkumlari  orasidagi  so‗z  turkumlarining  bir-biriga 

ko‗chish hodisasi (transpozitsiya)ning bunga daxli bormi?  

So‗z  turkumining  ko‗chishi  –  transpozitsiya  deganda,  ma‘lum  bir  turkumga 

mansub so‗zning o‗ziga xos bo‗lgan atash, vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa 

so‗z turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega bo‗lishi tushuniladi. Turkiy 

tillarda  so‗z  turkumi  bir-biridan  qat‘iy  chegaralanmaydi,  ular  uzviy  aloqada,  bir 

butun  sistemani  tashkil  etadi.  Bu  sistema  qismlari  dialektik  mantiqdagi  «oraliq 

uchinchi»  qonuniyatidan  kelib  chiqqan  holda        g  i  b  r  i  d    so‗z  sifatida 

baholanadigan,  har  ikki  siraga  xos  semantik-grammatik  belgini  o‗zida  saqlovchi, 

bir turkumdan ikkinchi turkumga ko‗chish bosqichida turuvchi so‗zlar bilan uzviy 

bog‗lanadi. 

Mustaqil  so‗zlar  orasidagi  o‗zaro  munosabat  va  ularning  bir-biriga  ko‗chishi 

leksema sememasidagi taraqqiyot natijasida yuzaga kelib, ko‗chishning nutqiy va 

lisoniylashgan  ko‗rinishi  farqlanadi.  Nutqiy  ko‗chishda  nutqiy  ko‗chma  ma‘no 

ifodalanadi.  Masalan,  Birni  ko‘rib  fikr  qil,  birni  ko‘rib  shukr  qil  gapida  son 

turkumiga  mansub  (bir)  so‗zi  vaqtincha  ot  turkumi  vazifasida  kelmoqda  va  bu 

o‗tkinchi, nutqiy hodisa. Lisoniy ko‗chishda so‗z bir turkumdan boshqa turkumga 

butunlay  o‗tib  ketadi,  transpozitsiya  hodisasi  yuz  beradi.  Transpozitsiya  deyarli 

barcha mustaqil so‗z, hatto mustaqil va yordamchi so‗zlar orasida ham kuzatiladi: 

1)  [odam],  [kishi],  [inson]  otlari  (zerikib  ketdi  odam  (men),  hayron  qolasan 

kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi), [bir] soni (bir kishi 

(kimdir)),  [ba’zi]  sifati  (ba’zilar  (allakimlar)  unday  deydi,  ba’zilar  bunday

olmoshga;   

2)  [yigit],  [qiz],  [o‘g‘il],  [qari],  [yer],  [xotin],  [ko‘r],  [issiq-sovuq]  (issiq-



sovug‘idan  xabar  olmoq)  sifatlari,  [bordi-keldi],  [keldi-ketdi],  [oldi-berdi],  [ur-

yiqit]  juft  fe‘llari,  [o‘qish],  [yozish],  [o‘tmish],  [qilmish],  [qidiruv]  harakat  nomi 


 

28 


shakllari,  [o‘qituvchi],  [bog‘lovchi],  [kuzatuvchi]  sifatdoshlari,    [uch],  [yetti]

[yigirma][qirq] sonlari otga; 

3)  [kelajak],  [bo‘lajak]  sifatdoshlari,  [tilla],  [kumush],  [taxta]  (tilla  uzuk,  asal 

bola) otlari sifatga; 

4)  [charchamasdan]  (ishlaysan),  [o‘ylamasdan]  (gapirdi),  [indamasdan]

[bilinar-bilinmas] sifatdoshlari, [osha][o‘ta][ura][qayta][qo‘yarda-qo‘ymay]

[ura-sura]  ravishdoshlari,  [erta],  [indin],  [kecha],  [kech],  [kechqurun],  [savat-



savat][navbatma-navbat] otlari ravishga; 

5) [bir] soni, [yakka][yolg‘iz] sifatlari yuklamaga; 

6)  [haqiqatdan],  [chamasi],  [mazmuni]  otlari,  [yaxshi],  [so‘zsiz],  [tuzuk]

[to‘g‘ri][tabiiy] sifatlari, [qani][qalay] olmoshlari modal so‗zga; 

7)  [bir]  soni,  [ba’zan]  ravishi,  [ham]  yuklamasi,  [bilan]  ko‗makchisi 

bog‗lovchiga; 

8)  [ost],  [ust],  [old],  [orqa],  [tomon],  [tag],  [tepa],  [ich],  [ora],  [qosh],  [lab]

[yoqa],  [og‘iz]  otlari,  [qarab],  [boshlab],  [ko‘ra],  [deya],  [deb],  [o‘xshab

ravishdoshlari,  [boshqa],  [bo‘lak],  [o‘zga]  sifatlari,  [avval],  [oldin],  [ilgari]

[keyin],  [so‘ng]  ravishlari  ko‗makchiga  ko‗chganligi  tegishli  adabiyotlarda  qayd 

etilgan.  Sanalganlarning  ayrimi  bugungi  kunda  lisoniylashgan,  ayrimi  hali  o‗tish 

bosqichida – nutqiy hodisa sifatida qaralmoqda. Masalan, mavjud grammatikalarda 

son  turkumining  tasnifiy  belgilari  sanalar  ekan,  predmetning  sanog‗i,  tartibini 

bildirishi,  (qancha),  (nechta),  (nechanchi)  so‗rog‗idan  biriga  javob  bo‗lishi,  ot 

turkumiga mansub so‗z bilan erkin aloqada bo‗lishi va gapda, asosan, sifatlovchi-

aniqlovchi vazifasida kelishi ta‘kidlanadi. Son lug‗aviy mazmun guruhiga kiruvchi 

jamlovchi son shaklida son umumiy grammatik ma‘nosidan chetlashish kuzatiladi.  

Ayni  paytda  jamlovchi  sonning  [-ov],  [-ala],  [-ovlon],  [-ovlab],  [-ovlashib

shakllari  ajratiladi.  Qayd  etilganlardan  [-ovlab],        [-ovlashib]  shakllari  jamlovchi 

son  shakli  emas,  balki  jamlovchi  son  o‗zagidan  yasalgan  ravishdosh  shakli: 



ikki+ov+lash+ib sifatida qaralmoqda. 

Demak, so‗nggi ikki shakl jamlovchi son shakllari sirasidan chiqariladi. Asosiy 

shakl  sifatida  [-ov],  [-ala],  [-ovlon]  ko‗rsatkichi  ajratilishi  mumkin.  Ma‘lumki, 



 

29 


bundan  [-ov],  [-ala]  shakli  boshqa  son  ma‘no  turidan  farqlanib,  deyarli  har  doim 

egalik shakli bilan qo‗llanadi. [-ovlon] shaklli jamlovchi son atash semasi bugungi 

kunda  miqdor  emas,  balki  «qanchadir  miqdordagi  shaxs»  deb  qaraladi:  Oltovlon 

ola  bo‘lsa,  og‘zidagin  oldirar.  [-ov],  [-ovlon]  shaklli  son  ot  bilan  birikmaydi, 

gapda  sifatlovchi  aniqlovchi  vazifasida  kelmaydi,  sonning  so‗roqlariga  javob 

bo‗lmaydi,  hatto  mazkur  shakl  hosil  bo‗ladigan  qolip  ham  nihoyatda  unumsiz 

bo‗lib,  barcha  son  o‗zaklaridan  jamlovchi  son  shakli  hosil  qilinmaydi.  Ular 

ko‗proq otga xos tasnifiy belgini o‗ziga qabul qilmoqda.  [-ala] shakli esa sonlik 

belgicini  ham  o‗zida  birmuncha  saqlab  turibdi:  Uchala  bola  ham  qo‘shni 



qishloqdan  ekan.  Jamlovchi  son  shakllaridagi  semik  taraqqiyotni  chizmada 

quyidagicha aks ettiramiz:   

[-ala]  -  [-ov]  -  [-ovlon

Кo‗rib  o‗tilganidek,  ushbu  shakllar  orasida  [-ala]  shaklida  sonlik  belgilari 

birmuncha saqlangan, [-ovlon] shaklida otlik belgisi yaqqol, [-ov] shaklida har ikki 

jihat uyg‗un bo‗lib, mazkur shakllarga gibrid birlik sifatida qarash mumkin.  [-ov] 

shakli jamlovchi son shakli orasida,  jamlovchi son shaklli so‗z esa ot va son so‗z 

turkumi orasida «oraliq uchinchi» maqomiga ega bo‗ladi. 

Demak,  aytish  mumkinki,  so‗z  turkumi  orasida  muntazam  aloqa  mavjud,  bu 

aloqa  til  tizimining  doimiy  o‗zgarish,  taraqqiyotdagi  jonli  jarayon  ekanligidan 

dalolat beradi. Shu boisdan ayrim so‗zlarning qaysi turkumga mansubligi ularning 

semantik,  morfologik  va  sintaktik  xususiyatlarini  tegishli  tadqiq  usullari  bilan 

tadqiq qilish asosida belgilanishi lozim. Bu tilshunosligimiz oldida turgan dolzarb 

vazifalardan hisoblanadi. 




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish