Mavzu bayoni:
Jigar katta qismi o`ng qovurga yoyi ostida yotgan va kichik qismi
korinning Yuqori qismida hamda chap qovurga ostida yotadigan parenximatoz organ. Jigar
gipersteniklarda Yuqorida, asteniklarda pastda va normosteniklarda o`rta vaziyatni
egallaydi. Jigarning Yuqori Yuzasi diafragmaga tegib turadi, pastki Yuzasi qorin bushligiga
qaragan. Jigarning asosiy vazifasi: o`t ishlash va chiqarish, zararsizlantirish, oqsil
almashinuvida katnashish, suv, mineral tuz, vitaminlar, yog, moddalar almashinuvida ishtirok
etish. U organizmning ichki muxitini bir xilda saklashda xam muxim axamiyatga ega. Jigar
gistologik jixatdan jigir Bo`lakchalaridan tuzilgan. Tashki tomondan glisson kapsulasi bilan
uralgan. Jigar Bo`lakchalari epiteliy xujayralaridan tashkil topgan bulib taekchalar singari
qator yotadi. Bu tayoqchalarning bir tomonidan ut kil tomirlari utadi, ikkinchi tomonidan
esa endoteliy xujayralaridan tuzilgan o`ziga xos qon tomirlari yotadi. Ular Yulduzsimon
tuzilgan bo`lib Kupfer xujayralari deyiladi. Bu hujayralar ba‘zan epiteliy hujayralaridan
limfa tugunlari orqali ajralib turadi.
Bo`lakchalarni ko`ndalang kesganida uning markazini jigar venasi egallagini, uning
atrofini esa radius bo`ylab jigar hujayralari yotganligini ko`rishimiz mumkin. Bo`lakchalar
orasida bo`shlik bo`lib, u erdan qon va o`t suYukligi o`tadi. Bo`lakcha chetlarida jigar
arteriyasining va darvoza venasining tarmoqlari o`tganligini ko`rishimiz mumkin. Jigar
arteriyasi va darvoza venasi orqali keluvchi qon bo`lakchaga tushadi va markazga
intiluvchi Yul orqali markaziy jigar venasiga quyiladi. Markaziy venalardan jigar venasiga
quyiladi, ulardan esa pastki kovak ienaga quyiladi.
Bo`lakchalar orasidan qo`shuvchi to`qima qavatiga o`tadi, chetda ular birlashib
Glisson kapsulasini xosil qiladi. Glisson kapsulasi jigar kapsulasi bo`lib, undan qon
42
tomirlari va nervlar o`tadi. Epiteliy to`qimalar jigar parenximasini hosil qiladi. O`t
bo`lakchalarda xujayralararo yo`llardan markaz yo`nalishida xarakat qilib, bo`lakchalar
qirrasida joylashgan o`t naychalariga quyiladi. Bular o`zaro qo`shilib jigarning o`ng va
chap bo`lak o`t naychasini va jigardan chikkanidan so`ng bir-biri bilan qo`shilib, jigarning
umumiy o`t yo`lini hosil qiladi. Jigarning umumiy o`t yo`li esa o`t pufagi naychasi bilan
qo`shilib, 12 barmoq ichakning pastga Yunaluvchi qismiga kuyiladigan umumiy ut Yulini
xosil kiladi. Jigar organizmdagi xazm bezlarining eng kattasi hisoblanadi. U bir vaqtning
o`zida hazm, qon aylanish va moda almashmnmsh a‘zosi bo`lib hisoblanadi. Jigar o`t hosil
qilish funksiyasi axamiyatga ega. Bir kecha kunduz davomida 1 litrga yakin ut xosil
buladi,uning tarkibida ut pigmentlari (ranglar), ut kislotalari va xolesterin kiradi. SHunday
kilib jigar organizmda moda almashinuvida faol ishtirok etuvchi muxim a‘zo xisoblanadi.
Jigar va ut Yullaridagi kasalliklarga asosan gepatitlar, xoletsistitlar, jigar sirrozi, xolangit
kiradi. Bu kasalliklarni asosiy tekshirish usullari:
Surab surishtirish.
Ko`zdan kechirish.
Palpasiya.
Perkussiya.
Laborator tekshiruv.
Endoskopik tekshiruv.
Duodenal zondlash.
Radioizotrop tekshiruv.
Ultratovush tekshiruv usullari.
Biopsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |