O‟pka abstsessi va gangrenasi.
O‘pka abstsessi deb o‘pka to‘qimasining chegaralangan yiringli
yallig‘lanishiga aytiladi. O‘pka gangrenasi esa o‘pka to‘qimasining chegarasiz yallig‘lanib
turishidir.
Etiologiya va patogenezi.
O‘pka abssessini yiring hosil qiluvchi mikroorganizmlar, o‘pka
gangrenasini esa chirituvchi mikroblar vujudga keltiradi.Belgilari. O‘pka abstsessining klinik
ko‘rinishi ikki davrga bo‘linadi: birinchi davrda o‘pka to‘qimasi irib bronxga ochiladi va
kasallikning kechishi davom etadi. Birinchi davr bir necha ko`ngacha cho‘zilishi mumkin. Bu
davrning doimiy belgilaridan biri gavda xarorati ko‘tarilib ko‘p terlashdir. Bemor yotaladi, biqini
og‘riydi, umumiy axvoli og‘irlashadi. Qoni tekshirilganda neytrofil leykotsitoz qayd qilinadi.
Bemor ob`ektiv tekshirilganda ko‘krak qafasining zararlangan tomoni nafas olganda orqaga
ketishi kuzatiladi. Auskultasiya va perkussiya qilinganda aytarli o‘zgarish kuzatilmaydi. Faqat
o‘pkaning zararlangan qismida o‘tmas tovush eshitiladi, shuningdek ba`zan quruq xirillash
eshitiladi. Balg‘am esa yiringli shilimshiq bo‘lib, qo‘lansa xidli bo‘lmaydi. Miqdori xam kam
bo‘ladi. Ikkinchi davrda kuchli yo‘tal paydo bo‘lib, bemor ko‘p balg‘am tashlaydi (sutkada 50-
100 ml, xatto 1-2 l.ga etadi) Balg‘am massasi quYuq, yiringli, ba`zan xira-yashil yoki qon
aralash bo‘ladi. Ba`zi xollarda badbo‘y bo‘lib, bu xol abstsessning gangrenaga aylanishidan
darak beradi. Bal‘am turib qolsa, ikki qatlamga ajraladi. Pastki qatlam bir xil gomogen yiringli
jigar rang yoki ko‘k rangda bo‘ladi. Yuqori qatlami esa suYuq bo‘lib, shilimshik ko‘pik
massadan iborat.
O’pka gangrenasi.
O‘pka abstsessidagi kabi, xarorat Yuqori bo‘ishidan tashqari, ja-rayon
plevraga xam o‘tib yonboshda og‘riq paydo bo‘ladi va uzoq vaqt birday turaveradi. Ay-niqsa
yo‘talganda og‘izdan keladigan qo‘lansa xid gangrenaning doimiy va dastlabki belgi-sidir.
Yo‘tal azobli bo‘lib, ko‘p miqdorda ajralgan balqam kulrang, ba`zan shokolad rangi-ni eslatadi.
Yuqori qatlami-suYuq, ko‘piruvchan, o‘rta qatlami-loyqa, qo‘nqir tusli, pastkisi esa uvoqsimon
massali bo‘ladi. Balqam ayniqsa ertalab ko‘p ajraladi (500 - 800 ml) Oqibati va asorati. O‘pka
abssessi aksariyat xollarda terapevtik davolashga moyil bo‘lib, 4-5 xafta davomida bemor
soqayib ketadi. Ba`zan o‘pkadan qon ketishi mumkin. O‘pka gangrenasini esa davolash qiyin.
Kasallikdan yiringli plevrit asorati keladi. Jiddiy asoratlardan biri piopnev-motoraks (yiringni
plevra bo‘shliqiga yorib o‘tishi) bo‘lib bunda bemorning biqinida to‘satdan oqriq paydo bo‘ladi.
Ba`zan kollaps ruy beradi. Xatto bemor o‘lib qolishi xam mumkin.Davolash va parvarish qilish.
Bemor darxol kasalxonaga yotkaziladi. Asosan antibiotiklar: penitsillin, tetratsiklin, terromitsin,
streptomitsin, kanamitsin, monomitsinlarning biri bilan davolanadi. Bunda mikroblarning
antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini aniqlash katta axamiyatga ega. Sul'fanilamid preparatlari
(sul'fadimezin, norsul'fazol) xam Yuboriladi. Ba`zan bemorda ko‘ngil aynishi, toshma toshishi,
ko‘pincha qichima kabi qo‘shimcha ta`sirot ko‘rsatishi mumkin. Bu xolda sul'fanilamid
preparatlarning dozasi kamaytiriladi, ba`zan berilmaydi. Yotoq yara xosil bo‘lmasligining oldini
olish, balqam ko‘chishiga qulay xolatda yotqizish, ya`ni vaqti-vaqti bilan krovatning oyoq yoki
boshini (20-30 sm) ko‘tarib qo‘yish lozim, bemor taomi kalloriyali ayniqsa oqsilga boy bo‘lishi
kerak.O‘tkir yiringli infektsiyalarni davolash asosan yalliqlanish o‘choqini chegaralashga
qaratiladi.Buning uchun yalliqlanish o‘choqi atrofiga novokain va antibiotiklar Yuborish, vena
yoki mushaklar orasiga antibiotiklar Yuborish, fizioterapevtik muolajalar tavsiya etish va boshqa
12
tadbirlar bajariladi. Bundan tashqari yiringlagan to‘qimani yiringdan tozalash, antiseptik dorilar
bilan Yuvish, gipertonik eritma bilan tampon qo‘yish va boshqa tadbirlar bajariladi.
Organizmning immun tizimini Yaxshilash maqsadida vitaminlar, autogemoterapiya, kaloriyali
va sifatli ovqatlanish tavsiya etiladi. Yarani nekroz massalaridan tezroq tozalanishi uchun
proteolitik
fermentlardan
(ximotripsin,
terrilitin)
foydalaniladi.
Ayrim
qollarda
immunomodulyator preparatlari (timolin, timoglobulin v.b.) beriladi. Antibiotiklar bilan
davolash, faol va passiv emlash usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |