jismoniy va ruxiy tinch holat. Kasallikning boshlanish davri bo‘lsa, jismoniy va ruxiy
toliqadigan ish qilmaslik. Kun O`rtasida qisqa muddatli dam olish. Kasallik xuruj qilsa, yotib
davolanish. Bu vaqtda jarroxlik operasiyalari va emlashlarga faqat vrach nazorati ostida ruxsat
2) parxez stoli № 5 Pevzner buyicha: yoqli go‘sht va baliq, achchiq gazaklar, qovurilgan taomlar,
25
to‘zlangan va dudlangan maxsulotlar yeyish mumkin emas. Ovqatlanish kuniga 4-5 maxal
bo‘lishi kerak; 3) medikamentoz, ya'ni dorilar bilan davolash: 1 gurux-jigar xujayralari
almashinuvini Yaxshilovchi dorilar; 2 gurux-shamollashga qarshi va immunodepressiv ta'sir
ko‘rsatuvchi
preparatlar;
4) jigar xujayralarining almashiuvini Yaxshilovchi preparatlar (gepatoprotektorlar):- vitaminlar:
V-1 (tiamin) 0,01-0,02 ml kuniga 3 marta; teri ostiga-tiamin xloridning 5% li eritmasi 1 ml.dan
yoki tiamin bromidning 6 % eritmasi 1ml. Davolash kursi: 20-30 in'eksiya - vitamin V-6
(piridoksin) 0,025 g/sutkada, teri ostiga 1 ml.dan 50 %li, 20-30 ta in'eksiya; - vitamin 12 va folat
kislota (5 mg dan kuniga 3 maxal): teri ostiga sianobolamin 100 mkg (0,01 % li eritma 1 ml
dan), 20-50 ta in'eksiya;- vitamin S-300-500 mg yoki teri ostiga 5 %li eritma 1 ml dan, 20-30
dona;- kokarboksilaza (tiamin-pirofosfat) 50-150 mg/sutkada kurs 15-30 dona;-lipoevaya
kislotasi (lipamid) rer os ovqatdan so‘ng 1-2 ta tabletkadan 3-4 maxal, 0,025 g li 30-60 kun
ichiladi. qayta davolanish kursi 1 yilda 2-3 marta; vena tomiriga 4-10 mg/sutkada, Bu faqat jigar
xujayralarining keskin yetishmovchiligida qo‘llaniladi;- essensiale ampula 5 ml dan venaga
Yuboriladi. 10 ml li ampulasi venaga tomchilatib glYukoza eritmasi yoki bemorning qoni bilan
birga
Yuboriladi.
Kuniga
3-6
kapsuladan:
30-45
kun.
-aminokislotalar va gidrolizat oqsillar: glYutamin kislotasi 0,25 g dan kuniga 1-1,5 g; gidrolizin
(L-103), gidrolizat kozein, aminopeptid, aminokrovin venaga tomchilatib 250-300-450-500 ml
dan 3. 2) shamollashga qarshi va immunodepressiv vositalar (glYukokortikoid gormonlar,
delogil, plakvinil va b. immunodepresantlar-azatioprin). Levamizol (dekaris)-nospesifik
immunomodulyator, bo‘g‘iq fagosit va limfositlar funksiyalarini normal holatga kelgunicha
qayta tiklovchi immunostimullik xususiyatiga ega. Levamizol tabletka ko‘rinishida 50 yoki 150
mg dan ishlab chiqariladi. U har xil sxemada qo‘llaniladi: 1) 150 mg/s dan xaftada 3 kun; 2) 150
mg/s dan kunora; 3) 150 mg/s dan xaftada 1 marta. quvvatlovchi doza xaftasiga 100-50 mg dan.
Davolash kursi davomiyligi 1 oydan 1 yilgacha. Dispanserizasiya. Surunkali aktiv gepatit bilan
og‘rigan bemorlar dispanser nazoratida bo‘lishlari kerak, unda bemorning jismoniy va emosional
zuriqishlarini nazorat qilish va kasallikning klinik formasini ishlab chiqarish faoliyatini xisobga
olgan holda ishga joylashtirish, preparatlar bilan davolash kurslari 1 yilda 2-3 marta tavsiya
qilinadi. Bemorni nazorat qilish va laboratoriya tekshiruvidan utkazish har 3-4 oyda,
immunodepressiya terapiyaning qullanishida esa oyda 1-2 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: