82
Irsiyat. YUIK rivojlanishiga oilaviy moyilllik mavjud, bu holat ba‘zi bir xavfli omillarning nasl
suri-shi bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin.
Tamaki chekish.
Qandli diabet.
Xafaqon kasalligi.
Gipodinamiya - kam harakatlik.
Keksa yosh.
Podagra.
Klinik ko‗rinishi- nekroz joylashishiga va uning hajmiga, hamda vegetativ nerv sistemasining
reflektor buzilishlari darajasiga bog‗liq. A. Iirik o‗choqli miokard infarktining tipik klinik
manzarasida jarayon dinamikasini ifodalaydigan 5 davr tafovut qilinadi:
Prodromal davr yoki darak beruvchi davr (infarkt oldi holati). Ilgari bemorda kuzatilmagan
stenokardiya xuruji yoki avval ma‘lum bo‗lgan og‗riq xuruji miqdo-rining va xarakterining
o‗zgarishi (tez-tez tutib turi-shi va kuchayishi), davom etishligining cho‗zilishi (bir necha
soatdan bir oygacha), nitroglitserin ta‘sirining pasayishi yoki yo‗qolishi, zo‗riqish
stenokardiyasiga osoy-ishtalik stenokardiya yoki prinsmetal turining qo‗shili-shi bilan
ifodalanadi. EKGda 8-T oralig‗i o‗rta to‗g‗ri (izo) chiziqdan Yuqoriga yoki pastga 1-1,5 mm
gacha siljigani kuzatiladi.
O‗ta o‗tkir davr - miokard sohasida ishemiya rivoj-langanidan nekroz vujudga kelguncha oraliq
davr, bi-rinchi vujudga kelgan miokard infarktida 95 foiz be-morlarda, takrorlangan miokard
infarktida esa - 76 foizida kuzatiladi. Xastalikning klassik yoki tipik kechishi - anginoz turi to‗sh
suyagi orqasida, ko‗krak qafa-sining chap tomonida joylashgan keskin og‗riq xuruji bilan
ifodalanadi. Miokard infarkti ko‗pincha ertalab (uyg‗onishdan so‗ng katexolaminlar miqdori
ko‗tarilishi), jismoniy taranglashishsiz, tinch holatda^ deyarli sabab-siz rivojlanadi. Og‗riq
bosilayotgandek, ezilayotgandek, kengayayotganlek, kuyayotgandek seziladi, aksariyat chap
qo‗lga, kuraklar oralig‗iga tarqaladi va 20-30 daqiqa-dan 2 soatgacha davom etadi, nitroglitserin
ta‘sirida yo‗qolmaydi. Og‗riqning vujudga kelishi toj arteriyala-rining to‗liq yoki qisman
bekilishi tufayli ishemiya ri-vojlanishi bilan izohlanadi. Ishemiya sohasida modda almashinuvi
buzilishi sababli kuchli og‗riq bilan birga holsizlanish, ko‗ngil aynishi, qayt qilish, bezovtalik,
vahima, o‗lim qo‗rqinchi, havo etishmaslik sezgisi, ter-lash kuzatiladi. Og‗riq xuruji vaqtida
bemor harakati to‗xtaydi, rang-ro‗yi bo‗zaradi, teri sovuq ter bilan qop-lanadi, bo‗yin venasi
bo‗rtib chiqadi, Yurak urishi tezla-shadi (1 daqiqada 100-120 marta). Arterial qon bosim
pasayadi. Miokardning qisqarish faoliyati kuchsizlanishi oqibatida Yurak tovushlari bo‗g‗iq
eshitiladi, Yurak uchida "ot dupuri" tovushi, ekstrasistoliya eshitilishi mumkin. EKGda 8-T
oralig‗i ko‗tarilgan izo chiziqdan Yuqori, T-tishchasi bilan qo‗shilib, monofazali egri chi-ziqni
vujudga keltiradi. Bu holat bir necha soatdan 3 ko`ngacha davom etadi.
O‗tkir davr - nekroz o‗chog‗i va miokard miomalyasiyasi (Yumshashi) shakllanishi vaqtiga
to‗g‗ri keladii va 2 kun-dan 10 ko`ngacha davom etadi. Bu davrda og‗riq ancha kamaya-di yoki
butunlay yo‗qolishi mumkin. Yurak etishmovchili-gi va arteriya qon bosimining pastligi, hamda
Yurak ritmi buzilishining saqlanishi natijasida bemorning umumiy ahvoli og‗irligicha
qolaveradi. Odatda mazkur davr nekroz o‗chog‗iga yaqin bo‗lgan mushak sohalarida
yallig‗lanish holatlari bilan kechadi. Xastalikning 2-3 - kunlari-da tana harorati keskin ko‗tariladi
(38°S gacha) va 5-10 kun davom etadi. Ancha davomli reaksiya infarkt asora-tidan dalolat
beradi. Harorat ko‗tarilishi bilan birga-likda neytrofilli leykotsitoz (10 000 - 12 000) paydo
bo‗ladi va 3-7 kun davomida saqlanadi. Isitmalash va ley-kotsitoz reaktiv holat natijasi
hisoblanadi va infarkt o‗chog‗idan autoliz (emirilish) mahsulotlari so‗rilishiga bog‗liq. Biroz
keyinchalik ECHT ortadi. Nekroz o‗chog‗idan ba‘zi bir fermentlar (asparagin transaminaza-
AsAT, laktatdegidrogenaza - LDG, kreatinfosfokinaza - KFK) ajralib chiqishi natijasida qonda
ularning faolligi ko‗tariladi. Ko‗pincha mo‗‗tadil glikemiya va disprotei-nemiya topiladi
(albumin miqdori kamayadi, globulin va fibrinogen esa - ko‗payadi, patologik S-reaktiv oqsil
paydo bo‗ladi). EKGda ko‗tarilgan 8-T segmenti pastga tusha boshlaydi, izo chiziqqa bir
83
muncha yaqinlashadi, chu-qur O tishchasi paydo bo‗ladi, T tishchasi shakllanadi - manfiy
bo‗ladi.
O‗rtacha o‗tkir davr - 4-8 xafta davom etadi, chandiqlanish jarayoni tugallanadi: nekroz o‗chog‗i
granulyasion (biriktiruvchi) to‗qima bilan qoplanadi. Kollaterallar rivojlanadi, vaskulyarizatsiya
(miokardning tomirlar orqali qon bilan ta‘minlanishi) tiklanadi. Bu davrda stenokardiya xurujlari
bo‗lib turishi mumkin. Yurak etishmovchiligi belgilari ko‗p hollarda kamayadi, lekin
barqarorlashi, gohida kuchayishi ham mumkin. Og‗riq yo‗qoladi, qon bosimi biroz ko‗tariladi. 2-
3 xaftadan keyin ko‗pchilik bemorlarda buzilgan Yurak ritmi tiklanadi. Nekroz so‗rilishi
sindromi kamayadi: tana harorati, leykotsitoz, fermentlar faollanishi asta-sekin pasayadi va
xaftaning oxiriga kelib me‘yorlashadi. Eritrotsitlar cho‗kish tezligining Yuqoriligi va
disproteinemiya nekroz o‗chog‗i butunlay chandiqlanib bitguncha (bir necha xafta) saqlanadi.
EKGda 8-T segmenti izoelektrik chiziqda joy-lashadi, T-tishchasi manfiy, patologik chuqur 0
tishcha-si (08) paydo bo‗ladi.
(5) Infarktdan keyingi davr (funksional tiklanishdavr)-Yurak mushagida sklerotik o‗zgarishlar.
rivojla-nishi (chandiq zichligi ko‗payishi), surunkali anevrizmshakllanishi, Yurak-qon tomir
sistemasining yangi sharoitda ishlashga moslashish jarayoni belgilari bilan ifodalanadi va nekroz
hosil bo‗lgan fursatdan boshlab 3-6oy davom etadi. Miokardning zararlanmagan sohasida kom-
pensatorli gipertrofiya belgilari aniqlanadi. Yurak etishmovchiligi ko‗pchilik bemorlarda
yo‗qoladi yoki kamayadi. Yurak ritmi buzilishi (ekstrasistoliya) qaytadanvujudga kelishi
mumkin. Bemor ahvoli Yaxshilanadi, le-kin harakatda, Yuk ko‗tarishda vaqti-vaqti bilan Yurak
sohasida noxush sezgilar, Yurakning tez urishi, hansirash bezovta qiladi. EKG da 8-T oraligi
izoelektrik chiziqda, O chuqur va keng, T-tishcha bir necha oy yoki yil davomida manfiyligicha
qoladi. Mazkur davr kechishi bo‗yicha surunkali YUIKning har xil turlarini eslatadi. SHuning
uchun bemorlarga "uyga statsionar" buYuriladi yoki shahar chekasidagi kardiologik sixatgohga
Yuboriladi (10-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: