74
3.1. Nazariy qism
Stenokardiya
bilan ogrigan bemorlar to‗sh ortida yoki Yurak soxasidagi sikuvchi, bosuvchi
xarakterdagi chap ko‗l, elka va kurakka uzatiluvchi (irradiatsiyalovchi), jismoniy zo‗rikish bilan
boglik bo‗lgan, 10-15 daqiqa davom etuvchi, nitroglitserin kabul kilgandan so‗ng 5 daqiqa ichida
o‗tib ketuvchi ogriklarga shikoyat kiladi. Aksariyat xollarda ogrik issik xonadan sovukka
chikkanda, yoki ma‘lum bir mikdordagi jismoniy zo‗rikishda paydo bo‗ladi.
Lekin ayrim xollarda aterosklarotik bilakchalar shishib, u atrofida yalliglanish rivojlanii sababli
kasallik o‗z xarakterini keskin o‗zgartiradi: jismoniy zo‗rikishga tolerantlik pasayadi,
nitroglitseringa sezuvchanlik kamayib, dori kabul kilish soni oshadi, ogrikni koldirish uchun 2-
3 ta va undan ko‗p tabletka kabul kilishga to‗gri keladi. Bu ogir infarktdan oldingi xolat- nostabil
stenokardiya rivojlanganidan dalolat beradi va bemorni tez maxsus shifoxonaga yotkazishni
talab etadi. SHu bilan bir katorda umumiy amaliyot shifokori ko‗krak kafasidagi ogrik nafakat
stenokardiyada, balki bir kancha kasalliklarda xam kuzatilishini yoddan chikarmasligi lozim.
Ko‗pincha keksalarni ko‗krak kafasining chap tomonida, doimiy simmillovchi xarakterdagi,
ma‘lum bir xarakatlarda kuchaYuvchi ogriklar bezovta kiladi. Ko‗krak kafasini paypaslaganda
umurtka pogonasi yoki kovurgalar bo‗ylab ogrikli nuktalar aniklanadi. Bu mushak, asab tolalari
yalliglanishi, kovurkalararo nevralgiya, miozitni klinik belgisi bo‗lib, shomollashdan keyin
ko‗zgaladi. Ayrim xollarida ko‗krak kafasida ogrik kuchli ovkat egandan keyin yoki ovkatlanib
yotganda paydo bo‗ladi. Bu ogrik korin dam bo‗lishi (Remgelt sindromi) sababli diafragma
taranglashishi belgisi bo‗lishi mumkin. Keksalarda diafragmal churra uchrab turadi – gorizontal
xolatda qizilo‗ngach o‗tadigan teshik kengayib oshqozonning bir qismi ko‗krak bo‗shligiga
o‗tadi. Bunda vertial xolatda utib ketuvchi ogriklar paydo bo‗ladi. Bunday bemorlar ogrik
tufayli yarim o‗trgan xolatda uxlaydi. Aksariyat xollarda Yurak soxasidagi ogrik klimaks davrida
gormonal muvozanatni buzilishi sababli Yuzaga keladi. Agar ayollarda klimakterik davr
menopauza rivojlanishi bilan tugasa, erkaklarda bu davr ancha kechrok 60-75 yoshlarda
rivojlanadi. Erkaklarda klimakterik davr uncha yaqqol namoyon bo‗lmasada, ularda xam qizib
ketish, to‗satdan Yuzni qizarib ketishi, qo‗l- oyoqlarda jimirlashish, sababsiz qaltirash xurujlari
kuzatiladi. Bir vaktning o‗zida ko‗krak kafasining chap tomonida uncha kuchli bo‗lmagan,
aksariyat xollarda azob beruvchi ogrik paydo bo‗ladi. U jismoniy zo‗rikish bilan boglik bo‗lmay,
aksincha tinch xolatda paydo bo‗lib, soatlab davom etadi. Bu ogriqlarga nitroglitserin ta‘sir
kilmay, valokordin, korvalol, valeriana Yaxshi samara beradi. Gormanal xolatni buzilishi sababli
rivojlangan ko‗krak kafasidagi ogriklar miokard infarkti yoki Yurak etishmovchiligiga olib
kelmaydi va ertami kech o‗zi mustakil ravishda o‗tib ketishi mumkin. Yurak nekrozining
patologik anatomik kurinishiga kura kuyidagi turlarga bulinadi:
1.Nekroz kattaligiga ko`ra: yirik uchoqli (transmural, intramural), mayda uchoqli (subepikardial,
subendokardial).
2.Nekroz joylashuviga ko`ra: oldingi, cho`qqi, yon, septal, diafragmal, orka bazal.
Do'stlaringiz bilan baham: