«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»



Download 2,81 Mb.
bet55/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139
K-t 9020 «Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
Sotilgan tovarlar va ustama qiymatini hisobdan chiqarish quyidagi o’tkazma bilan aks ettiriladi:
D-t 2980 «Savdo ustamasi»
D-t 9120 «Sotilgan tovarlarning tannarxi»
K-t 2920 «Chakana savdodagi tovarlar».
Muomala chiuimlari hisobi 9410-9430 «Davr xarajatlari» schyotida yuritiladi. Ushbu schyot debetiga oy davomida savdo korxonasining xarajatlari jamlanadi. Oy oxirida ushbu xarajatlar o’tkazma bilan hisobdan chiqariladi:
D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija».
K-t 9410-9430 «Davr xarajatlari».
Aholidan sotish uchun tovar qabul qilinadigan tijorat dukonlarida uning hisobi 004 «Komissiyaga qabul qilingan tovarlar» balansdan tashqari schyotida yuritiladi. Qabul qilinayotganda tovar qiymati ushbu schyot debetiga yoziladi, tovarlar sotilganida bu schyot kreditlnadi. Sotish uchun tovar topshirgan korxona komitent deb nomlanadi. Har bir komitent uchun komitent varaqasi ochiladi, komitentdan tovar olinishi yuk xatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Sotish narxlari bo’yicha tovarlarni sotish quyidagi o’tkazma bilan aks ettiriladi.
D-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
K-t 9020 «Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
K-t 6990 «Boshqa majburiyatlar».
Kassadan komitentga beriladi:
D-t 6990 «Boshqa majburiyatlar».
K-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari».
Do’kon daromadi quyidagi o’tkazma bilan uayd etiladi:
D-t 9020 «Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar».
K-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija».

  1. Korxonaning boshqa daromadlari hisobi

Boshqa daromadlar asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlardan tashkil topadi. Ular quyidagilardan iborat:
- xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganligi uchun qarzdordan undirilgan yoki tan olingan jarimalar, penyalar, boqimandalar va boshqacha jarimalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha daromadlar;hisobot yilida aniqlangan oldingi yillar bo’yicha foy-
dalar;
- ishlab chiqarish va mahsulot (shshgar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan muomalalardan olingan daromadlar, ya’ni renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uoshidagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan olingan daromadlar;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini sotishdan daromadlar;

  • da’vo qilish muddati utib ketgan kreditorlik va deponenglik qarzlarini hisobdan chiqarilishidan olingan daromadlar;

  • tovar-moddiy boyliklar qiymatini oshirish, tovar-moddiy boyliklar qiymatini oshirish bo’yicha so’mmalar mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilib borilishi mobaynida soliqua tortiladigan bazaga kiritiladi;

  • davlat subsidiyalaridan olinadigan daromadlar;

  • beg’araz ko’rsatilgan moliyaviy yordam;

  • boshqa operatsion daromadlar.

Hisobot davri mobaynida uayd etilgan xarajatlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks ettiriladi, hisobot yilining oxirida esa ular yakuniy moliyaviy natijaga hisobdan chiqariladi.
Daromadlarning keyingi turlari - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlardir. Ular quyidagilardan iborat
-olingan royalti va kapitalning transferti;
-O’zbekiston Respublikasi va uning tashqarisidagi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo’yicha dividendlar, hujalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lgan obligatsiya va boshqa uimmatli uog’ozlardan olingan daromadlar;

  • mol-mulkni Uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar;

  • valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutasi bilan amalga oshirilgan muomalalar bo’yicha musbat kurs farqlari;

  • qimmatli qog’ozlar, shu’ba korxonalari va boshqalarga qo’yilgan mablag’lar qayta baholanishini olingan daromadar;

-moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Hisobot yili davomida yuqorida uayd etilgan daromadlar
9500 «Moliyaviy faoliyagdan keladigan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarning kreditida hisobga olinadi, hisobot davrining oxirida esa ular yakuniy moliyaviy natijaga hisobdan chiuariladi.
Shuningdek, favquloddagi foydalar ham daromadlar tarkibiga kiritiladi. Favquloddagi foydalar bandlari - bu kuzda tutilmagan, g’ayriodatiy tavsifga ega bo’lgan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetda bo’lgan vouyealar yoki muomalalar natijasida olingan va olinishi kutilmagan foydalardan iborat. Bo’larga asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi lozim bo’lgan oldingi davr bo’yicha daromadlar yoki foydaning ayrim bandlari kiritilmaydi.
Hisobot davri mobaynida favqulodda foydalar 9710 «Favqulodda foydalar» schyotining kreditida aks ettariladi, hisobot davrining oxirida esa ushbu foydalar yakuniy moliyaviy natijaga kiritiladi.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish