Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
48 
XOTIN-QIZLAR SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASHDA BADAN TARBIYANING 
AHAMIYATI 
Ibragimov A.K., 
katta o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh. 
 
Badan tarbiyada qo’llaniladigan mashqlarning turlari cheksiz ko’p. Shu bilan birga ular quyidagi 
tarbiyaviy tamoyillarni talab etadi, ya’ni: 
1. Insonlarning yoshi; 
2. Jins; 
3. Salomatlik holat; 
O’z navbatida esa mashqlarni qo’llashda quyidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi: 
- sog’lomlashtirish 
- faol harakatchanlikni o’stirish 
- harakat sifatlarini tarbiyalash 
- sportga tayyorlash va mahorat orttirish 
- davolash 
Badan tarbiya inson paydo bo’lish tarixi davridan buyon davom etib kelayotgan ijtimoiy-madaniy va 
tarbiyaviy jarayondir. Bundan 3-3,5 ming yil avval paydo bo’lgan “Avesto” Olloh vahiy qilgan muqaddas 
kitobida ham badan tarbiya va uning vositalari ifoda etilgan.Unda qayd etilishcha inson sog’lom, kuchli va har 
qanday mehnat, jangovarlik faoliyatlarga doimo tayyor bo’lishi lozim. Buning uchun esa bolalikdan 
tarbiyalash, chiniqtirish zarurligi uqtirilgan. 
Buyuk zot-Ollohning yerdagi elchilari, payg’ambarlari va vahiylikka iqtidor bo’lgan aziz avliyolarning 
faoliyatlari va bashoratlarida ham badan tarbiya ustuvor turadi. Shu sababdan bo’lsa kerakki xalq og’zaki ijodi 
durdonalari hisoblangan “Alpomish”, “Go’ro’g’li” turkumidagi barcha dostonlarda, shuningdek “Shohnoma”, 
“Qirq qiz”, “Manas”, .... kabi ulug’vor dostonlarda ham badan tarbiyaning mohiyatlari madh etilgan. 
Tarixiy shaxslar To’maris (eradan oldingi V asr), Spitamen (eradan oldingi 1V asr), Jaloliddin 
Manguberdi (XIII asr) kabi xalq qahramonlari haqida yaratilgan qator tarixiy va badiiy asarlarda ham badan 
tarbiya oldingi o’rinda turadi.
Jahonda bironta maktab, turli o’quv-ta’lim maskani yo’qki, badan tarbiya va uning ilmdagi saboq 
berilmasin. O’rta va katta yoshdagi kishilar va hatto keksalar ham zamonaviy badan tarbiya vositalaridan 
(yengil atletika, gimnastika, suvda suzish, sport o’yinlari, kurashlar va hokazo) maqsadli foydalanishni odat 
qilib olmoqda. Chunki, ular tana (gavda) a’zolarining harakatchanligi, chidamliligini oshirish, jismoniy 
sifatlarni ta’minlash, ularni uzaytirish va eng muhimi ish qobiliyatini mustahkamlashda muhim ahamiyatga 
egadir. Ularni o’rganish, barchasiga amal qilish yo’llarini esa hayot sinovlaridan o’tgan katta tajribalarning 
natijasi bo’lmish badantarbiya ilmi bilan bog’laydi va asoslanadi. 
Badan tarbiya haqidagi ilm (bilim) tushunchasi. 
Ilm (bilim) deganda hayot sinovlari tajribasidan o’tgan va mazmun hamda mohiyat jihatdan ehtiyojga 
molik bo’lgan tarbiya vositasidir. Ularning qamrovi keng va cheksiz bo’lib, turli yo’nalishlardagi fanlarda o’z 
mazmunini topgan. Ularning tarkibida “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati”, “Jismoniy madaniyat va 
sport tarixi”, “Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish” kabi fanlar o’ziga xos xususiyatga egadir. 
Mazkur fanlarda ta’kidlanishicha, badan tarbiya ilmi insonlarning harakat malakalarini tarbiyalovchi va 
faol harakatlarni (mashqlar bilan shug’ullanish, sport mahoratini egallash va hokazo) takomillashtiruvchi 
pedagogik jarayonlardan saboq berishdir. Bu yo’lda o’rta asrlar va keyinga davrlarda yaratilgan badan tarbiya 
ilmini nazarda tutish adolatdan bo’lar edi.

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish