- Boshha misol sifatida avtomobil sotuvchini olish mumkin,
- uning faoliyati avtomobil narxining 15%iga teng daromad
- keltiradi. Avtosalon egasi o’z foydasining bir qismini
- bir xaridorga qurbon qilgani xolda, boshqa xaridorni qo’ldan
- chiqarmaslik uchun yoki u avtomobil pulini aniq narxnomasiga
- binoan to’lashiga erishish uchun harakat qiladi. Avtosalonning
- egasi xaridor haqida darhol bir fikrga keladi, xaridor narxni
- tushirishga erisha olmasa, boshqa erdan mashina qidiradimi
- yoki yo’qmi buni o’ziga aniqlab oladi. Xaridor ketib qoladigan
- va boshqa salondan mashina oladiganga o’xshasa, unga avtomobil
- narxidan katga siylov beriladi (Avtosalon egasi nuqgai naza-
- rida hech bo’lmagandan ko’ra oz bo’lsa-da, foyda olgan ma’qul),
- ammo boshqa savdolashib o’tirmaydigan xaridorga arzimagan siylov
- yoki narxnomadagi to’la narx taklif etiladi. Boshqacha ayt-
- sak, yaxshi ish yuritadigan avtosalon egasi narxni qanday di-
- versifikatsiyalashni biladi.
-
11.3-rasm shunday diversifikatsiyani namoyish etadi. Narx - 11.3-rasm shunday diversifikatsiyani namoyish etadi. Narx
- bozor sharoitida shakllanganda edi, u R4. darajasida o’rnatil-
- gan bo’lur edi.
-
- Buning o’rniga oltita har xil narx belgilanib, ulardan eng
- kami bo’lgan R6 chegarali xarajatlar talab egri chizig’ini kesib
- o’tgan erda joylashgan. Shunday vaziyatda R4, ga teng va undan
- yuqori narxda pul to’lashga qodir bo’lmagan xaridorlar yutib
- chiqadilar, chunki ular har holda tovarni xarid etib, hech bo’lma-
- ganda qandaydir iste’molchi yutug’iga erishadilar. Amalda, agar
- narxlar diversifikatsiyasi etarli mikdordagi yangi xaridor-
- larning bozorga kirib borishiga imkon bersa, yalpi farovon-
- lik ortadi va shunday qilib ishlab chiqaruvchi ham, iste’molchi
- ham yutuqqa erishadi.
-
- Unda berilganlarni yaxlitlab,
- ko’rishimiz mumkin-ki, narx va ishlab chiqarish hajmi kuyidagi
- tenglikni ta’minlashi zarur:
- MR,= MR, = MS (11.1)
- Yana yangidan har ikkala navli mahsulotlar chegarali daromadlari
- o’zaro va chegarali xarajatlarga teng bo’lishi zarur
- bo’ladi.
- Firma rahbarlariga har bir navli mahsulotga o’rnatiladi-
- gan narxlarni o’zgartirish uchun ularni talab o’zgarib turishiga
- qarab hisoblab chiqish osondek tuyulishi mumkin. Biz yana bir
- bor chegarali daromadning talab o’zgarib turishi orqali kuyidagicha
- ifodalanishini yodga olamiz.
- MR= R (1 + 1/E„)
- Bunda MR,= R, (1+1/E,) va MRj = R2 (1+1/E2) hosil bo’ladi.
- Bu erda E, va E 2 tegishli ravishda birinchi va ikkinchi navli
- mahsulotlarga talabning o’zgaruvchanligini bildiradi. Endi
- MR, va MR3 ni tenglashtirib kuyidagi narxlar nisbatiga ega
- bo’lamiz:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |