Bozor infratuzilmasida marketing faoliyati. Reja


Reklamaning ahamiyati va turlari



Download 30,1 Kb.
bet3/4
Sana21.01.2022
Hajmi30,1 Kb.
#394484
1   2   3   4
Bog'liq
Bozor infratuzilmasida marketing faoliyati.

3. Reklamaning ahamiyati va turlari.

Keyingi vaqtda ishlab chiqaruvchilar tomonidan reklama faoliyatiga alohida e’tibor berilmoqda. Bozor munosabatlarining paydo bo‘lishi korxonalardan jamoatchilik diqqatini o‘ziga jalb etishning yangi usullarini izlab topishni talab etadi. Yaxshi tashkil etilgan reklama ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi. Aksincha, sifatli, yuqori did bilan tashkil etilmagan reklama iste’molchilarning ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Shu sababli reklamaga korxonalar jiddiy munosabatda bo‘lishlari lozim. Reklama ma’lum bozor tadqiqotlariga asoslanishi lozim. Bunda reklama qaysi ijtimoiy qatlamga yo‘naltirilganligi aniq bo‘lishi lozim.

Korxonalar tomonidan berilayotgan reklamada o‘ziga xoslik (firma stili) bo‘lishi lozim. Ushbu o‘ziga xoslik nomlanish, tovar belgisi va slogan (shior) dan tashkil topadi. Tovar belgisi – bu korxonaning chizma ramzidir. Mazkur ramz original bo‘lishi va o‘ta murakkab bo‘lmasligi lozim. Masalan, «Mercedes Benz», «Adidas» firmalarining tovar belgilari o‘zining originalligi bilan ajralib turadi va tovarlarining reklamasida muhim ahamiyatga ega. Slogan – qabul qilingan shior bo‘lib, korxona faoliyatining mazmunini qisqacha aks ettiruvchi jumladir. Masalan, «Johnson and Johnson» firmasining shiori – «Biz Siz haqingizda va sog‘ligingiz haqida qayg‘uramiz»dir. Ushbu shior korxona tovarining reklamasida berib boriladi va u mazkur tovarning omma o‘rtasida mashhur bo‘lishida ahamiyatga ega. Bundan tashqari korxonaning o‘ziga xosligi (firma stili) xodimlarining o‘ziga xos bo‘lgan bir xilda kiyinishi, korxonada ishlatiladigan idora jihozlari va boshqalarning bir xilda va korxona tovarini targ‘ibot qiluvchi shaklda bo‘lishi va boshqa shu kabilarda ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat ham korxona mahsulotlari reklamasida, xalq orasida tanilishida muhim ahamiyatga ega.

Reklamani amalga oshirish usullari quyidagilar:

a) matbuot orqali reklama. Bunda reklama gazeta va jurnallar orqali amalga oshiriladi. Ushbu reklama turiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- diqqatni tortish maqsadida rasmlar ko‘zga tashlanuvchi, yorqin ranglarda, boshqa materiallardan ajralib turuvchi bo‘lishi lozim;

- reklama matni qisqa va aniq bo‘lishi lozim;

- reklama matnida iste’molchilarning diqqatini tortuvchi so‘zlar, masalan, «yangi», «bepul» kabi so‘zlardan foydalanish lozim.

b) radio orqali reklama. Ushbu reklamaning auditoriyasi matbuot orqali reklamaga nisbatan kengroq bo‘lib, unda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

- tinglovchilarning e’tiborini tortishi uchun reklama uzog‘I bilan 40-45 soniya davom etishi lozim, agar reklama uzoqroq davom etsa tinglovchilarning qiziqishi susayadi;

- reklama nima, qayerda, qachon kabi savollarga aniq javob berishi lozim;

- reklama yoqimli musiqa sadolari hamrohligida, mashhur kishilar (aktyorlar, sportchilar va hokazo) ovozlari orqali amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

d) televideniye orqali reklama. Mazkur reklama turining imkoniyatlari ancha keng. Televideniye orqali reklamada quyidagilarga e’tibor berish lozim:

- tovarning biror xususiyatidan bahra olayotgan insonlarni ko‘proq tasvirlash lozim;

- reklamada albatta tovar belgisini ko‘rsatish lozim;

- o‘ylab topilgan narsalar emas, balki hayotiy tasvirlardan foydalanish lozim;

- bajarish mumkin bo‘lgan narsalarni va’da berish lozim.

Ayrim reklama beruvchilar oxirgi ikkita talabga ko‘pincha e’tibor bermaydilar, bu esa pirovard natijada ularning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

e) tashqi reklama. Bu aholi gavjum joylarda, chorrahalarda, ko‘chalarda, jamoat joylarida, turli muassasalar binolarida, jamoat transportining tashqi va ichki tomonida afishalar, vitrinalar, stendlar va shu kabilar orqali amalga oshiriladigan reklamadir. Ushbu reklama keng qamrovli, lekin aniq yo‘naltirilganligi past darajada bo‘ladi.

f) to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali reklama (direkt meyl – direct mail). Bunda ishlab chiqaruvchi o‘zining potensial xaridorlariga pochta orqali o‘z tovari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reklama sifatida yuboradi. Mazkur reklama aniq yo‘naltirilgan, lekin boshqa reklama turlariga nisbatan ko‘p mablag‘ va vaqt talab etadi.

g) reklamaning boshqa turlari. Bunga sotish jarayonida korxona tovarlarini reklama qiluvchi narsalarni qo‘shib berish, sayyor agentlar orqali reklama qilish, ko‘rgazmalar tashkil etish orqali reklama qilish va boshqa shu kabilar kiradi.

Korxonalar reklamani tashkil etishda uning samaradorligiga alohida e’tibor berishlari lozim.

Reklama - bu biror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turini ommalashtirish maqsadida amalga oshiriladigan jarayondir. Shu maqsadda reklama o‘sha korxona yoki ijtimoiy faoliyatining biror-bir mahsulotiga yoki xizmat turiga keng jamoatchilikniing e’tiborini jalb etadi. Yaxshi tashkil etilgan reklama bozor talabini oldindan ko‘ra bilish va bozor sharoitidan xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. Reklamaning tarixi uzoqdir. U uzoq yillar davomida vujudga kelgan mahsulotning xaridorga etib borishning sinovdan o‘tkazilgan usullarini qo‘llaydi. "Reklama - savdoni harakatga keltiruvchi kuchdir" - degan iboraning qo‘llanilishi tasodif emas.

Mahsulotning xaridorga yetib borishi har gal ham avtomatik ravishda amalga oshmaydi. Faqat mahsulot taqchilligi sharoitidagina bozor to‘g‘ri kelgan mahsulotni "yutib" yuborishi mumkin. Bunday holda bozor talabni vujudga keltiruvchi sifat, baho, mavsumiylik kabi mahsulotning muhim omillarini hisobga olmaydi. Shuni ta’kidlash zarurki, mahsulot taqchilliligi paytida ularga va xizmat turlariga bo‘lgan talab qondirilmay qolaveradi. Normal rivojlanayotgan bozor sharoitida esa ko‘pgina mahsulotlar, ularni xaridorlar sotib olishi uchun ma’lum faol tijorat targ‘iboti tayyorgarligidan o‘tish kerak. Mana shunga reklama juda kerak bo‘ladi. U o‘ziga ajratilgan muhim rolni o‘ynaydi, ya’ni reklama eski talablarni sindirib, xaridorlarning qiziqishlari va manfaatlariga ta’sir qilish orqali yangi talablarni vujudga keltiradi. Mana shu tariqa reklama talabni paydo qiladi.

Reklamaning asosiy vazifasi - maxsus axborotlardan foydalanib mahsulot, xizmat turlari va ularning xarid qilish joyi haqida axborot berishdir. Lekin reklamaning vazifasi faqat bu bilan chegaralanib qolmaydi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, reklama axbarotni targ‘ibot va tashviqot bilan birga olib boradi. Shunday qilib, faol reklama axborot beruvchi va ayni vaqtda ishontiruvchi, ma’lum maqsadga yo‘naltiruvchi bo‘lishi lozim. Shu turdagi reklama talabni ma’lum yo‘nalishga soladi, uni bir turdagi xizmat va mahsulotdan boshqasiga ko‘chiradi, talablarni ochadi va xaridorning niyatlariga ta’sir qiladi. Reklama ishlab chiqaruvchi, savdo va xaridor o‘rtasida tijorat axborot almashishiga imkon beradi. Reklama - bu mahsulot va xizmat turining ishlab chiqarishdan savdo va xaridorgacha bo‘lgan yo‘li haqidagi xilma-xil axborotlar oqimidir. Reklamaning oxirgi maqsadi - bozorda taklif qilingan mahsulotlarning xaridor tomonidan qabul qilinishi ehtimolini oshirishdir. Reklama qilinayotgan mahsulotlarning sotilishi, ularning oldindan rejalashtirilgan realizatsiya miqdori bilan hamohang o‘sib bormog‘i kerak. Bu shuning uchun ham muhimki, mahsulotlarga bo‘lgan talabni hisobga olmay reklama qilish talab va taklifning bir-biriga mos kelmasligicha olib kelishi mumkin. Bu maqsad bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda har xil vazifa qo‘yiladi: xaridorlar diqqatini mahsulotga jalb etish, ularda qiziqish o‘yg‘otish, talablarni shakllantirish, xarid imkoniyatini korxonaning xaridor talabini bajara olish imkoniga yo‘naltirish. Biroq reklama yana psixologik omil hamdir. Uning ta’sir kuchi katta. Masalan, ko‘p xaridorlar bahoga mahsulotning obro‘si sifati deb kurashadi. Odamlar qimmatroq to‘lashga tayyorlar, oxir mahsulot alohida xususiyatini taklif qilayaptiku. Reklama sanoat va savdo korxonalari manfaatlarining mos tushishi, aholi talablari va xaridning amalga oshishi, tijorat siyosatining tez amalga oshishiga imkon beradi. Ammo, faqat reklama u yoki bu mahsulotning ko‘payishiga xizmat qilar ekan deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘ladi. Xaridorning qarori sifat, baho, uning joylashtirilishi, hamda sotilgandan keyingi ahvolidan kelib chiqadi.

Reklama, uning samaradorligini oshirish talablariga javob berishi kerak, ya’ni aniq va haqqoniy, ma’noli va ilmiy asoslangan, ko‘proq axborotni o‘z ichiga olgan va didli, foydali bo‘lmog‘i lozim. Reklamani ishlab chiqaruvchi ham, sotuvchi ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda ishlab chiqaruvchi o‘z reklamasini har tomonlama oluvchiga qaratadi.

Savdo xodimlari o‘zlari sotayotgan mahsulotlarni yaxshi bilmog‘i kerak. Shuning uchun ishlab chiqaruvchining reklamasi xaridorlarda kamroq hissiyot o‘yg‘otadi, lekin ko‘proq axborot etkazadi. Savdo reklamasi esa xaridorlarga atalgan bo‘lib, mahsulot haqidagi axborot bilan birga savdo madaniyati va estetikasini oshirishga ko‘maklashishi lozim. Rejalashtirish, tashkil qilish va umuman reklama faoliyati, ayniqsa aniq mahsulotlar reklamasi faqat bozor va talabni o‘rganish sharoitidagina samaralidir. Talab tez o‘zgaradigan yoki hali talab shakllanmagan mahsulotlarga boshqa reklama kerak. Reklama faoliyatining axborot ko‘lami: umuman va alohida mahsulotga bo‘lgan talab haqidagi ma’lumotlardan (miqdor, struktura, shakllanish xususiyatlaridan), umumiy iqtisodiy axborotlardan, ishlab chiqarish va iste’mol to‘g‘risidagi, savdo kon’yukturasidagi o‘zgarishlar va savdo xizmati ko‘rsatkichining joyi haqidagi xabardan iborat.

Talab haqidagi turli axborotlar reklama faoliyatida quyidagilar uchun foydalaniladi:



  1. reklama qilishga tavsiya etilgan mahsulotning tanlovi, mahsulot reklamasining iqtisodiy asoslanganligi va reklama qilishga rejalashtirilganligi;

  2. reklama tadbirlarini o‘tkazish va tashkil qilish;

  3. reklama vositalarining manzilini ishlab chiqish, reklamaning xaridorlar ahvolidan kelib chiqib isbotiyligini ko‘rsatish, reklamani joylashtirish va berish kanallarini aniqlash;

  4. reklama qilish vaqti va oralig‘ini aniqlash;

  5. reklamaning psixologik va iqtisodiy ta’sirini baholash.

Shuningdek, reklamaning vazifasini, uning ijodiy yo‘nalishini (strategiyasini) ham aniqlab olishimiz zarur. Yo‘nalishni asoslashda avvalambor mahsulotni ishlab chiqarishda etarliligini hisobga olish, mahsulot zahiralari, uzluksiz ta’minlab tura olish imkoniyatlarini ham hisobga olish kerak. Shuningdek, boshqa ma’lumotlar ham muhimdir, mahsulot bozorining ko‘lami; uning miqdordagidan oshiq zahiralari, mahsulotning kelajagi va hokazolar.



Download 30,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish