Qadam №8. Matnning noyoblik darajasini tekshirish
Bu juda muhim bosqich. Agar sizning maqolangiz yuz foiz noyob bo'lsa, internet
maydonida u yangi maqola sifatida indekslanadi. Demak, ushbu mavzudagi boshqa
maqolalar fonida sizning maqolangizning reytingi qidiruv tizimlari nazdida ko’tariladi.
Bu shuni anglatadiki, birinchi pozitsiyaga kirish ehtimoli sezilarli darajada oshadi.
Qidiruv tizimlaridan sizning maqolangizga o’tishlar qanchalik ko'p bo'lsa, sayt ham
shunchalik mashhurlikga erishadi.
Agar maqolada ishlatilgan so'zlarning kombinatsiyasi internetdagi boshqa
maqolalarda topilmasa, matn noyob deb hisoblanadi. Aks holda, birinchi so'zdan
oxirigacha o'zingiz yozgan bo’lsangiz ham, maqolaning noyoblik darajasi past
ko’rsatgichga ega bo’lishi mumkin. Sababi, siz ishlatgan iboralar allaqachon boshqa
mualliflar tomonidan ham ishlatilgan bo’lishi mumkin.
Siz maqola noyobligini tekshirib, uni maxsus dasturlarda yaxshilashingiz mumkin,
shunday dasturlardan biri
Etxt.ru
. Maqolaning yuz foiz noyobligi, bosma nashrlarda
ham talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |