Sport maktabiga bolalar va o’spirinlarni jismoniy sifatlar rivojlanish ko’rsatkichi asosida saralash uchun namunali me’yorlar
(A.A. Gujalovskiy bo’yicha)
Jismoniy sifatlar
|
Jinsi
|
Yoshi va me’yorlar
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
Muskul kuchi-gavda kuchi (kg)
|
B Q
|
65
45
|
75
60
|
80
70
|
100
80
|
110
90
|
120
95
|
Tezkotlik – mashqni 6 marta takrorlash (asosiy turish: qo’llarga tayangan holda, cho’qqayib o’tirish. 1-oyoqlarni orqaga cho’zib, ko’krakni yuqoriga cho’zamiz. (s)
|
B Q
|
8,7
9,0
|
8,6
8,9
|
8,5
8,8
|
8,4
8,7
|
8,3
8,6
|
8,2
8,5
|
Tezkor-kuch sifati:
|
Joydan turib uzunlikka sakrash (sm)
|
B Q
|
170 150
|
175 155
|
180 160
|
185 165
|
190 170
|
195 175
|
Joydan turib balandlikka sakrash (sm)
|
B Q
|
40
40
|
40
40
|
50
50
|
55
55
|
55
55
|
60
60
|
Chidamlilik sifati:
|
Statik – 900 burchak ushlash (s)
|
B
Q
|
30
20
|
35
25
|
40
30
|
45
30
|
50
35
|
55
40
|
Dinamik – yotgan holda qo’llar bosh ortida, tirsaklarni tizzaga tekkazamiz (pres, marta)
|
B
Q
|
55
30
|
60
35
|
65
40
|
70
45
|
75
55
|
80
60
|
Umumiy – 500m. ga yugurish sportcha yurish bilan (daq)
|
B
Q
|
1,45,0 1,50,0
|
1,42,5 1,47,5
|
1,46,0 1,45,0
|
1,37,5 1,42,5
|
1,35,0 1,40,0
|
1,32,5 1,37,5
|
Egiluvchanlik:
|
Tik turgan holda oldinga egilish (sm)
|
B
Q
|
+8
+10
|
+9
+11
|
+11
+12
|
+11
+13
|
+11
+14
|
+13
+15
|
Chaqqonlik:
|
60m va 4x15 m. ga moksimon asosiy yugurish natijalarining farqi (s)
|
B
Q
|
5,5
5,8
|
5,4
5,7
|
5,3
5,6
|
5,2
5,5
|
5,1
5,4
|
5,0
5,31
|
Nazariy va eksperimental ishlanmalarining tahlili sport maktablariga bola va o`spirinlarni tanlashda quyidagi pedagogik mezonlarni shakllantirish imkoniyatini beradi: jismoniy hislat va sport mahorati rivojining darajasini tavsiflovchi ko`rsatkichlar, ularning shakllanish sur’atlari, bola va o`spirinlarning koordinatsion imkoniyatlarini namoyon qiluvchi ko`rsatkichlar. Yosh sportchilarni keskin sport kurashi sharoitida harakat vazifalarini samarali hal qilishga bo`lgan vobiliyatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar kiradi. Tanlovning tibbiy-biologik tizimi o`z ichiga morfofunktsional xususiyatlar, organizmning analizator va funktsional tizimlarining holati, oliy asab faoliyatining individual xususiyatlari, sportchi sog’lig’ini o`z ichiga kiritishi lozim. Bola va o`spirinlarni tanlashning ruhiy mezonlar tizimi o`z ichiga individni sport turi talablariga ko`ra, turli ruhiy holatlarni takomillashtirishga bo`lgan xususiyatlarini tavsiflovchi ko`rsatkichlarni kiritadi, bundan tashqari, irodali hislatlar – xarakter temperamenti darajasini rivojlantirishni ham o`z ichiga oladi. Tanlashning sotsiologik mezonlar tizimiga sport manfaatlarining motivatsiyasi, ularni shakllanish uslublari va shu kabi ma’lumotlar kirishi lozim.
Sport turlarining quyidagi 4 guruhida tanlov mezonlarini umumiy tarzda tavsiflab beramiz: sportning tsiklik turlari, texnik jihatdan murakkab sport turlari; sport yakka kurashlari, sport o`yinlari.
Qisqa masofaga yugurish kabi sportning tsiklik turida tanlov jarayonida qolgan sharoitlarning barchasi teng bo`lsada, bo`yin baland, mushaklari yaxshi rivojlangan va qulay konstitutsion xususiyatlar (oyoq va tana uzunligining mutanosibligi)ga ega o`spirin va yoshlarni afzal deb topish lozim. Tanlov jarayonida start signaliga reaktsiyaning vaqti, tezlik-kuch hislatlarining rivojlanish darajasi maktab yoshidagi bolalarning koordinatsion imkoniyatlar darajasi ham hisobga olinishi lozim. mashg’ulot mashqlarining 1,5 yillik davomida bola va o`spirinlarning etakchi jismoniy hislatlarni o`sishining yig’indi sur’atlari bilan tavsiflanadigan integral ko`rsatkichni ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bo`lg’usi sprinterning printsipial imkoniyatlari jismoniy hislatlarning dastlabki darajasidan kichikroq darajada bog’liq, ammo bu hislatlarni rivojlanish sur’atlariga kattaroq darajada bog’liqdir.
Etakchi jismoniy hislatlarni rivojlanish sur’atlari yosh sportchilarni rivojlanish darajasi yuqori bo`lgan holdagina, istiqbollikni taxmin qilishda birinchi darajada ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. Agarda ularning dastlabki darajasi past bo`lsa, rivojlanishning hattoki yuqori sur’atlari sport natijani bola va o`spirrinlarni rivojlanishining ma’lum yosh davrida talab qilinadigan zaruriy darajasigacha ko`tarish imkoniyatini bermaydi. Bola va o`spirinlarni tanlash jarayonida sport ko`rsatkichlarini o`sish sur’atlarini hisobga olish bola va o`spirinlarning biologik yoshini individual xususiyatlarini hisobga olgan sharoitida o`zini oqlaydi. SHunday qilib, faqatgina jismoniy hislatlarni rivojlanishining nisbatan yuqori dastlabki darajasi va biologik yoshni hisobga olgan holda, ularning rivojlanishining optimal sur’ati u yoki bu sportchining istiqbolliligi haqida ishonchli taxmin qilishda oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi.
Eksperimental yo`l bilan sportning tezlik va tezlik-kuch turlarida (xususan, sprintda) ixtisoslashadigan yosh sportchilar uchun mashg’ulotlarning birinchi 1,5 yilligida tezlik va sakragich hislatlarini o`sishining optimal sur’atlari 10,5-12,5%ga teng ko`rsatkchilar bo`ladi.
Sport maktabining engil atletika turiga tanlash jarayonida quyidagi me’yor va sinovlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`lar edi (jadval-45-46).
45-jadval
Sport maktabiga yengil atletika sport turi bo’yicha bolalar va o’smirlarni saralashning test me’yorlari (to’siqlar osha va qisqa masofaga yuguruvchilar)
Do'stlaringiz bilan baham: |