Erkin va yunon-rim kurashi*
Musobaqa talablari
|
Yoshi
|
12-13
|
14-15
|
16-18
|
Boshlarg’ich tayyorgarlik davomiyligi
|
1 yildan bo’lmasligi lozim
|
Nazorat me’yorlarini topshirish sharti bilan 4-5 oydan kam bo’lmasligi lozim
|
2 oydan kam bo’lmasligi lozim
|
Vazn toifalari
|
16 vazn: 32-35, 35-38, 38-41, 41-44, 44-47, 47-50, 50-53, 53-56, 56-59, 59-62, 62-65, 65-68, 68-71, 71-74, 74-77, 77 dan yuqori
|
11 vazn: 42-45, 45-48, 48-52, 52-56, 56-60, 60-65, 66-70, 70-75, 75-81, 81-87, 87 baland
|
Belgilangan sport razryadi uchun me’yoriy talablar
|
II o’smirlar razryadi-raqiblar ustidan 10 ta g’alaba, II o’smirlar razryadi yil davomida
|
I o’smirlar razryadi-raqiblar ustidan 12 g’alaba, II o’smirlar razryadi yoki raqiblar ustidan 6 g’alaba yil davomida I o’smirlar razryadi
|
Musobaqa ko’lami
|
Maktab o’quvchilari orasida
|
Respublika miq’yosida
|
Belgilangan ko’lamda
|
Yil uchun xalqaro musobaqalar soni
|
-
|
-
|
1-2
|
Kurash bo’yicha yil davomidigi musobaqalar soni (kubok)
|
2 martadan ko’p emas
|
4 martadan ko’p emas
|
6 martadan ko’p emas
|
Turli xil nufuzli musobaqalarda ishtirok etish kuni
|
1 martadan ko’p emas
|
2 martadan ko’p emas
|
3-4
|
Yil davomida ochiq birinchiliklarda ishtirok soni
|
Oyiga bir martta
|
Oyiga ikki marta
|
Oyiga 3-4 martta
|
Bellashuv davomiyligi
|
3+3 daq.
|
3+3 daq.
|
3+3 daq.
|
Kunlik bellashuvlar soni
|
Ikkitadan ko’p bo’lmagan
|
Ikkitadan ko’p bo’lmagan
|
Uchtadan ko’p bo’lmagan
|
Bir musobaqada bellashuvlar soni
|
2-4
|
4-6
|
6-8
|
Bir yil uchun taxminiy bellashuvlar soni
|
14-16
|
20-30
|
60-90
|
Musobaqalar orasidagi tanaffus
|
4 oydan kam bo’lmagan
|
2 oydan kam bo’lmagan
|
Oydan kam bo’lmagan
|
Tasnifiy musobaqalar oralig’idagi tanaffus
|
Oydan kam bo’lmagan
|
2 haftadan kam bo’lmagan
|
1 haftadan kam bo’lmagan
|
UJT va MJT bo’yicha kuzgi-bohorgi nazorat musobaqalari
|
Barcha yosh guruhlari uchun ikkita musobaqa
|
O’quv mashg’ulot musobaqalari tayyorgarlik darajasi uchun
|
Yil davomida barcha yosh guruhlari uchun
|
Izox. Bellashuvlar oralig’idagi dam olish – daq; musobaqalar oldidan vazn tashlash taqiqlanadi. Yosh o’smirlar, o’rta va katta yoshdagi yosh guhlari bo’yicha musobaqada ishtirok etishlari mumkin.
*musobaqalar +200 kam bo’lmagan va +300 xaroratdan yuqori bo’lmagan ochiq maydonda tashkil qilinadi.
Ma’lum yosh guruhlariga sport musobaqalarining o’z miqyosi muvofiqdir. 9-10 yoshli bolalar ichki maktab musobaqalariga 11-12 yoshlilar tuman va shahar musobaqalariga, 13-14 yoshlilar viloyat miqyosidagi musobaqalarga yuboriladi. 15 yoshdan boshlab yosh yigit va qizlarga Respublika, 16 yoshdan boshlab Jahon miqyosidagi musobaqalarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Yosh sportchilar uchun musobaqalarning optimal sonini aniqlash ham muhim ahamiyaga ega. Musobaqalarda ishtirok uzoq davom etmagan sport turlarida va bu musobaqadan so’ng yosh sportchi o’z kuchlarini tez tiklaganda, musobaqalarni ko’proq o’tkazish tavsiya etiladi. Chidamlilik va uzoq muddat paytida kuchli zo’riqishni talab qilgan sport turlarida musobaqalarni kamroq o’tkazish lozim.
Yosh sportchilar doimiy tarzda umumiy jismoniy tayyorgarlik va ko’p kurashli musobaqalarda muntazam ishtirok etishlari lozim. Bunday musobaqalar darslarda, jismoniy tarbiya jamoalari seksiyalarida hamda mazkur maktab joylashgan tumanda o’tkaziladi. Musobaqalarning soni yosh sportchining individual xususiyatlariga bog’liqdir. Texnik tayyorgarlik yetarli bo’lmaganida, organizmni tiklanishining uzoq davri talab qilinganida, asabiy notinch bo’lganida yosh sportchi musobaqalarda kamroq ishtirok etishi talab qilinadi va aksincha, a’lo darajada texnik tayyorgarlik bo’lganida, tez tiklanishida, asab tizimi muvozanatli bo’lganida yosh sportchi musobaqalarda ko’proq ishtirok eta oladi.
Tayyorgarlik davrida yosh sportchilar majburiy ravishda nazorat musobaqalarida ishtirok etadilar, bular tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki bular uchun maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Tayyorgarlik davridagi musobaqalar dasturi o’z ichiga yosh sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishiga qaratilgan mashqlarni o’z ichiga oladi.
Musobaqa davrida mashg’ulot darajasini oshirish uchun katta rolni musobaqalar, nazorat mashg’ulotlari va katta yuklamali mashg’ulot mashqlari o’ynaydi. Musobaqa davrining ikkinchi bosqichida, mashg’ulot mashqlarining katta hajmiga qiziqish noto’g’ridir, yuklamaning hajmini asta-sekin pasaytirib, intensivlikni oshirish lozim.
Yosh sportchilarni oddiy musobaqalarda ishtirok etishda, mashg’ulotlarni rejalashtirilishida alohida o’zgarishlarni talab qilmaydi, faqatgina biroz mashg’ulot yuklamasini pasaytirish, bir paytning o’zida unin musobaqa oldidagi oxirgi haftada intensivligini oshirish talab qilinadi. Bundan tashqari, musobaqa arafasida 1-2 kun dam olish va chigalyozdi mashqlar talab qilinadi. Mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik batafsilroq bo’lish kerak. Bu musobaqadan 3-4 hafta oldin nazorat mashg’ulotlari o’tkaziladi va bu mashg’ulotlar musobaqa o’tadigan vaqtga to’g’ri kelishi lozim. Musobaqa kuni yosh sportchi o’zi uchun eng yaxshi natijani ko’rsatishi uchun mashg’ulotlar rejasiga musobaqa sikli kiritiladi
Musobaqadan 24 soat chigalyozdi mashqlarini badarish lozim, ya’ni bu mashg’ulot mashqlari oldidagi chigalyozdi mashqlari bo’lishi lozim. Chigalyozdi mashqlarida haddan ziyod zo’riqish mumkin emas. Bunday chigalyozdi mashqlari yosh sportchining ishchanligini oshishiga ko’maklashadi.
Mavzu: BOLALAR VA O‘SMIRLAR SPORTINING ANATOMIKFIZIOLOGIK ASOSLARI
Reja
1.Sport bilan shug‘ullanish jarayonida inson organizmining funktsiyalari va tuzilishining yoshga oid xususiyatlari.
2. Tayanch harakat apparati va harakat funksiyalari
.3. Sportchilar organizmining yurak qon-tomir va nafas olish tizimini jismoniy yuklamaga moslashuvi va rivojlanish xususiyatlari.
Maktab yoshidagi barcha bolalar 3 yosh guruhiga bo‘linadi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari (7-11 -yosh), o‘spirinlar (11-15 yosh), katta maktab o‘quvchilari (15-17 yosh). Bunday yoshga oid davrlashtirish pedagogika va yoshlar psixologiyasida keng qo‘llaniladi. Ammo maktab yoshidagi bolalarning biologik rivojlanish xususiyatlari quyidagi fiziologik davrlashtirishda yaxshiroq hisobga olinadi: 7 yosh – birinchi yoshli davri yakuniy (8-11 yosh qizlar) va 8-12 (o‘g‘il bolalar) – ikkinchi yoshlik davri. Bu davrlashtirishga ko‘ra, o‘spirinlik davri qizlarda 12 yoshdan. O‘g‘il bolalarda 13 yoshdan boshlanadi. 16 yoshdan boshlab qizlarda va 17 yoshdan o‘g‘il bolalarda o‘spirinlik yoshi boshlanadi. Bolalarning har bir yosh guruhiga oid organizm tuzilishi va tizimlar funksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va psixologik ruhiy xususiyatlar xosdir, ularni ratsional jismoniy tarbiya uchun hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |