Syujetli (bayoniy) hikoya — voqealarni biron-bir qahramon bilan birgalikda vaqg bo‘yicha ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishni o‘rgatish zarur — dastlab qahramonning nomi aytiladi, ba’zan uning tashkti ko‘rinishi tavsiflanadi, birinchi voqea bayon qilinadi, u qachon va qayerda yuz berganligi tushuntiriladi, so‘ngra ikki-uch lavha keltiriladi va hikoya yakunlanadd.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‘rsatish mumkin:
— qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar
(bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya);
— xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish
paytida nimalarni qabul qilganligi haqida hikoya);
— tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).
Do'stlaringiz bilan baham: |