Nazorat uchun savollar.
1.Bolalar kiyimida qanday taqilma turlari mavjud ?
2.Adip qirqimi bort qismiga necha sm kant hosil qilib tikiladi ?
17-Mavzu: O'tqazma qopqoqli va molniya tasmali taqilmani tikish texnologiyasi.
Reja:
O'tqazma qopqoqli taqilmani tikish texnologiyasi.
Molniya tasmali taqilmani tikish texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
O'tqazma qopqoqli taqilma, molniya tasmali taqilman, o'tqazma, reglan, kiyim old va ort bo'laklari, aralash bichilgan. chuqur o'yilgan, kvadrat.
Asosiy detalning o'ng tomoniga uchta chiziq bilan taqilma o'rni belgilab olinadi (46- b rasm).
Belgi-chiziqlar orasidagi ortiqcha gazlama qirqib tashlanadi. Bunda belgi- chiziqdan 1 sm qoldiriladi, taqilma uchida burchak hosil qilib kertib qo'yiladi. Qopqoqning o'ngini ichkariga qaratib uzunasiga ikki buklab, yuqori burchagi ag'darma chok bilan tikiladi (46- d rasm).
Burchakdagi chok haqidan 0,2-0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va qopqoq o'ngiga ag'dariladi, to'g'rilab dazmollanadi.
Taqilma uchiga asosiy detalning teskari tomoniga ip gazlamadan bo'ylama qo'yiladi. Detal o'ngiga qopqoqlarning ochiq qirqimlarini taqilma markaziga qaratib, belgi chiziqlar bo'ylab ulanadi (46- e rasm).
Taqilma uchida qaytma baxyaqator yuritib ko'klanadi.
Taqilmaning oxirgi uchidagi gazlama bahyaqatorga 0,1 sm yetkazmay, qo'shimcha qirqib qo'yiladi. Qopqoq ochiq qirqimlarini detal teskarisiga o'tkazib, ikkala qopqoqni bir-birining ustiga to'g'rilab qo'yiladi va asosiy detalni qaytarib turib, taqilma uchi universal mashinada qaytma bahyaqator yuritib, puxtalanadi (46- f rasm).
Taqilma qirqimlari maxsus mashinada yo'rmaladi. Tayyor taqilma dazmollanadi.
Ramkali taqilmani tikish (47- a rasm). Bu taqilmaga ikkita mag'iz qo'yib tikiladi. Mag'izning ichki qirqimlari maxsus mashinada yo'rmaladi yoki teskari tomoniga 0,5-0,7sm bukib, ziyidan 0,lsm kenglikda universal mashinada bukib tikiladi (47- b rasm).
Mag'izning tashqi qirqimlari teskari tomonga 1-1,2sm kenglikda bukib dazmollanadi. Detalning o'ng tomoniga taqilmaning o'rta chizig'i va undan ikki tomonga ramka kengligida yana ikkita chiziq belgilanadi (47- d rasm).
Mag'izning o'ngini yuqoriga qaratib, bukilgan tomonini asosiy detal o'ngiga qaratib, dazmollangan ziylarini yordamchi chiziqlar tomoniga qaratib qo'yiladi. Mag'iz ziyidan ramka kengligiga teng oraliqda ulanadi. Mag'izlarni qaytarib turib, asosiy detal teskari tomonidan qirqiladi. Bahyaqatorga 1-1,2 sm yetmay, burchak qilib kesiladi, bunda bahyaqatoiga 0,1 sm yetkazmay tugatiladi. Mag'izni asosiy detal teskarisiga ag'darib, uchlarini to'g'rilab, taqilma uchidagi burchagi bo'ylab, ikkita bahyaqator yuritib, taqilma uchi puxtalanadi (47- e rasm). Tayyor taqilma dazmollanadi.
«Molniya» tasmali taqilmani tikish (48- a rasm). Asosiy detal «Molniya» ulanadigan joyida chok haqidan ko'proq qoldirib bichiladi. Ikkala detal qirqimi bezak bahyaqator kengligiga 0,7-1,0 sm qo'shilgan kenglikda teskari tomoniga bukib dazmollanadi. Detalning teskari tomoniga «Molniya» tasmaning o'ngini yuqoriga qaratib qo'yib, to'g'ri sirma qaviqlar bilan ko'klab ulanadi (48- d rasm). „
Keyin detalga maxsus tepki o'rnatib, bostirib tikiladi (48- d rasm). Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, taqilma dazmollanadi.
Choksiz detaldagi «Molniya» tasmali taqilmani tikish. (49- a rasm).
Asosiy detal o'ngiga ikkita chiziq bilan taqilma o'rni belgilab olinadi. Shu belgi-chiziqqa mag'izning o'ngini pastga qaratib qo'yiladi va mag'iz asosiy detalga ulanadi. Chok kengligi modelga qarab 0,3-0,8 sm bo'lishi mumkin. Asosiy detal baxyaqatorlar orasida qirqiladi, taqilma uchiga 1,0 sm yetkazmay burchak qilib, bahyaqatorga 0,1 sm yetkazmay tugatiladi.
Mag'izni asosiy detal teskarisiga ag'darib o'tkaziladi va asosiy detaldan 0,l-0,2sm kant hosil qilib, ziylari ko'klanadi va dazmollanadi yoki ziylari ko'klanmay, to'g'ri dazmollanadi (49- b rasm).
Adip vazifasini o'taydigan ikki bo'lakdan iborat mag'izlarning o'ngini ichkariga qaratib, taqilma boshlanadigan joygacha 0,5-0,7sm kenglikdagi chok bilan biriktirib tikiladi. Taqilma chetida bezak baxyaqator yuritiladigan bo'lsa, biriktirma chokning kengligi bezak bahyaqatordan 0,5-0,7 sm kengroq qilib tikiladi. Biriktirma chokning taqilmadan pastroq joyi yorib, dazmollanadi, taqilma joyida buklab dazmollanadi. Mag'izning ichki qirqimi maxsus mashinada yo'rmalanadi yoki buklab, 0,1 -0,2 sm kenglikda bukma chok bilan tikiladi.
Mag'izning buklab dazmollangan ziyi ichkarisiga «Molniya» tasma ulanadi. Bu baxyaqator tasma chetidan va mag'iz qirqimidan 0,5sm oraliqda yuritiladi.
Tayyor «Molniya» ulangan mag'iz teskarisini asosiy detal teskarisiga qaratib qo'yib, to'g'ri sirma qaviq bilan mag'iz asosiy detalga bostirib ko'klanadi. Asosiy detaining o'ng tomonidan bostirib tikiladi (49- d rasm).
Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, tayyor taqilma dazmollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |