Qizlar ko’ylagida ko’proq qanday yoqa tikiladi?
A) tik yoqalar;
B) bir qavat yoqalar;
C) ikki qavat yoqalar;
D) Qotirmali yoqalar.
linadigan yoqa sxemasini ko’rsating?
10-Mavzu: Yoqa o’miziga mag’iz qo’yib va qo’yma burma qo’yib tikish.
Reja:
Yoqa o'miziga mag'iz qo'yib tikish.
Yoqa o`miziga qo'yma burma qo'yib tikish.
Yoqa omizining o`ziga xos xususiyatlari.
Tayanch iboralar:
Yoqa o'mizi, ko`tarmali qaytarma yoqa, qirqimlar, ko`klagan, yelim, qotirma.
Asosiy detalning o'ng tomoniga mag'izning o'ngini qaratib qo'yib, 0,5-0,7 sm kenglikda yoqa o'mizi ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni ag'darma chok atrofidan aylantirib, detal teskarisiga o'tkaziladi va bir xil kenglikda ramka hosil qilib, yoqa o'miz ziylari to'g'ri sirma qaviq bilan ko'klanadi. Mag'izning ochiq qirqimi maxsus mashinada yo'rmaladi. Detalning o'ngi tomonidan mag'iz ulangan chokdan 0,1 sm oraliqda bahyaqator yuritib, mag'izning ochiq tomoni puxtalanadi (54- b rasm). Ziylari ko'klangan iplar so'kib tashlanadi va dazmollanadi. Yoqa o'miziga ham mag'iz, ham qo'yma burma qo'yiladigan bo'lsa (54- d rasm) burma hosil qilingan tayyor qo'yma burmani oldin mag'izga 0,3-0,5 sm kenglikda ulab olinadi. Keyin qo'yma burma ulangan mag'izning o'ngini asosiy detal teskarisiga qo'yib, qirqimlarini to'g'ri keltirib, yoqa o'mizi ag'darma chok bilan tikiladi. (Mag'izni oldin ko'klab olish ham mumkin). Mag'izni detal o'ngiga ag'darib, undan 0,l-0,2sm kenglikda kant hosil qilib, ziylari qiya sirma qaviq bilan ko'klanadi. Mag'izga qo'yma burma ulangan tomoni asosiy detalga bostirib ko'klanadi va 0,l-0,2sm kenglikda asosiy detalga bostirib tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, tayyor yoqa o'mizi dazmollandi.
Yoqa o'mizini mag'iz chok bilan tikish (55- a rasm). Yoqa o'mizini tikishda mag'iz bir qavat bo'lsa, maxsus tepki yordamida tikiladi. Buning uchun mag'izning ikkala qirqimi buklagich yordamida ichkariga qaratib buklanadi, uning orasiga asosiy detalni joylab, mag'iz bir yo'la asosiy detalga bitta bahyaqator bilan ulanadi (55- b rasm).
Yoqa o'miziga ikki qavat mag'iz qo'yib, mag'iz chok bilan tikishda (55- d rasm) mag'izning o'ngini tashqariga qaratib, uzunasiga ikki bukib dazmollanadi. Ochiq qirqim tomonini asosiy detal o'ngiga qo'yib, 0,3-0,4 sm kenglikdagi ag'darma chok bilan tikiladi. Mag'izni detal teskariga aylantirib, 0,5-0,7 sm kenglikdagi ramka hosil qilib ziylari ko'klanadi. Mag'iz ulangan chokdan 0,1 sm oraliqda bahyaqator yuritib, mag'izning ichki bukilgan tomoni ilib puxtalanadi. Ko'klangan iplarini so'kib tashlab, yoqa o'mizi dazmollanadi.
Yalang qavat yoqalarni tikish va yoqa o'miziga o'tqazish. Yalang qavat yoqaga to'r qo'yib tikish (56- a rasm).
Yoqa atrofidagi qirqimlarni 0,3 sm bukib, siniq bahyaqator mashinada to'r ulab chiqiladi. (56- b rasm).
Tayyor yoqa o'ngini asosiy detal teskarisiga qaratib, yoqa qirqimini asosiy detal qirqimidan 0,5-0,6 sm chiqarib qo'yib, yoqa o'miziga ko'klab o'tqaziladi. Qaviqqatordan 0,1 sm oraliqda mashinada o'tqaziladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yoqa qirqimini 0,3-0,4 sm ga bukib, bukilgan ziydan 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi. Tayyor yoqa dazmollanadi.
Yalang qavat yoqaga mag'iz qo'yib, mag'iz chok bilan tikish (57- a rasm).
Mag'iz detalni tanda ipiga 45° burchak ostida bichib olinadi. Yoqa qirqimiga maxsus buklagich tepki yordamida mag'iz qirqimlarini ichkariga buklab, orasiga yoqa detalini joylab bitta bahyaqator bilan mag'iz chok tikiladi (57- b rasm).
Tayyor yoqa asosiy detalning o'ngiga yoqaning teskarisini qaratib qo'yiladi, uning ustiga qirqimlarini to'g'rilab, mag'iz qo'yiladi. Bunda mag'izning o'ng tomoni yoqa va o'ngiga qaratiladi, yoqa, mag'iz yoqa o'miziga ko'klab o'tqaziladi. Mag'izning detal teskarisiga qaytarib, yoqa detalidan 0,2-0,3 sm kant hosil qilib ko'klanadi. Mag'izning ochiq qirqimini 0,5-0,6 sm teskarisiga bukib, asosiy detalga 0,1-0,2 sm kenglikda bostirib tikiladi. Ko'klangan iplarni so'kib tashlab, yoqa dazmollanadi.
Nazorat savollari:
Yoqa o'miziga mag'iz qo'yib tikish qanday amalga oshiriladi?
Yoqa o`miziga qo'yma burma qo'yib tikish nima?
Yoqa omizining o`ziga xos xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |