Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

KAPTAR SOVG‘ASI
(Tamil ertagi)
Qadim zamonda, kichkina qishloqning bir chekkasida Kijavan
ismli bir dehqon yashagan ekan. Uning na bir yaqin qarindosh-
urug‘i, na bir uzoq tanishi bor ekan. Kijavan bo‘lsa, bundan sira
o‘kinmas, odamlarning o‘rniga o‘rmon qushlari, hayvonlari bilan
do‘stlashib yurar ekan. Kimning do‘sti ko‘p bo‘lsa, u zerikarmidi?
Kijavan ham qush-u hayvonlar tilini juda yaxshi bilar, o‘rmonda
yashovchilarning birortasi bilan uchrashib qolsa, suhbatlashib,
ancha yengil tortar ekan. Qushlar Kijavanni ko‘rishlari bilanoq,
shod-u xurramlik bilan chug‘ur-chug‘ur qilishar ekan.
Bir kuni Kijavan juda qattiq och qo‘libdi. Biror narsa tamaddi
qilay desa, hech vaqosi yo‘q. U o‘ylab-o‘ylab, oxiri tayoq olib,
o‘rmonga jo‘nabdi. O‘rmonni aylanib-aylanib, u yerda ham yeydigan
hech narsa topolmay, uyiga qaytibdi. Yo‘lda ketayotib:
— Menga yordam ber, — degan zaif bir tovushni eshitib
qolibdi. Kijavan bunday qarasa, u yerda bir kaptar yiqilib yotgan
emish.
— Men ucholmayman, qutqargin, — deb yalinibdi u Kija-
vanga.
Kijavanning bechora kaptarga rahmi kelibdi. Uni yerdan avaylab
ko‘tarib olib, bag‘riga bosganicha, yo‘lida davom etibdi. Kapasiga
kelib, qushni ehtiyotlik bilan yumshoq o‘ringa yotqizibdi.
— Tuzalib ketguningcha menikida yashaysan. Hech narsadan
qo‘rqmagin, seni xafa qilishlariga yo‘l qo‘ymayman. Qo‘limdan
kelganicha senga yordam beraman. Lekin hozircha senga ovqat beray
desam, uyda yeydigan hech vaqo yo‘q, — debdi xafa bo‘lib Kijavan.
— Qayg‘urma, — debdi kaptar uni tinchlantirib, — o‘rmonda
mango daraxti bor. Daraxt kavagining ichida guruch bor, borib
ana shu guruchni olib kelgin.
Kijavan fursatni boy bermay, mango daraxtini izlab, o‘rmonga
jo‘nabdi. Yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi, ammo negadir
daraxtni uchratmabdi. U oxiri horib-charchab, bir teshik ustida
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 6
o‘tirib, bunday qarasa, ro‘parasida mango daraxti o‘sib yotgan
emish. Kijavan engashib daraxt kavagiga qarasa, bir siqim guruch
turibdi. Uning atrofida esa oltin-u kumush, olmos-u dur va boshqa
har xil qimmatbaho toshlar yog‘du sochib yotibdi. Ammo Kijavan
bu narsalarga parvo qilmabdi. „Bu toshlarni nimayam qilardim,
axir o‘zimni bezatish niyatim yo‘q-ku?“, — deb o‘ylabdi.
U faqatgina guruchni olib, orqasiga qaytibdi. Uyning shundoq
ostonasida yana bir kaptarni ko‘ribdi. U eshikni ochishi bilan kaptar
pir etib ichkariga uchib kiribdi-da, yarador kaptarning yoniga
borib qo‘nibdi. Ikkala qush ham shod-u xurram bo‘lib, sayrab
yuborishibdi. Kijavan ularga guruch beribdi. Qushlar chaq-
chaqlashib guruchni cho‘qilashga tushishibdi. Dehqon bo‘lsa,
ularning yoniga o‘tirib olib, qushlarni rosa tomosha qilibdi.
— Nega sen o‘zingga guruch qoldirmading? — deb so‘rabdi
ikkinchi kaptar.
— O‘zi bir siqimgina guruch bo‘lsa, sizlarga zo‘rg‘a yetadi,
xolos. Hechqisi yo‘q, men chidayman, o‘lmayman, — deb
xotirjam javob qilibdi Kijavan.
Ikkinchi kaptar kulbadan uchib chiqib ketibdi-da, tumshug‘ida
nimanidir ko‘targanicha qaytib kelibdi. Keltirgan narsasi tilla uzuk
ekan.
— Bu uzukni o‘zingga ol. Sen uni qo‘lingdan yechmagu-
ningcha, nimaniki istasang, u sening buyruqlaringni bajo keltiradi,
— debdi kaptar.
— Agar bu gaplaring to‘g‘ri bo‘lsa, senga rahmat! — deb
minnatdorchilik bildiribdi Kijavan. — Menga ozgina non bilan sut
bo‘lsa bas, boshqa hech nimaning hojati yo‘q.
U bu so‘zlarni aytib ulgurmasdanoq, dasturxonda issiq kulcha
non bilan bir piyola sut paydo bo‘libdi. Dehqon Kijavan sutni
ichib, nonning bir burdasini yebdi va qolganlarini kaptarlarga ushatib
beribdi.
Shundan keyin dehqon Kijavan baxtli yashay boshlabdi. Unga
nimaiki zarur bo‘lsa do‘sti kaptar sovg‘a qilgan uzuk hammasini
birpasda muhayyo qilar ekan.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish